Korrupsiya lot. Corrumpere — buzmoq


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi



Yüklə 37,19 Kb.
səhifə10/15
tarix04.05.2023
ölçüsü37,19 Kb.
#108443
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Коррупция 9 10 мавзу лотин Документ Microsoft Word 2

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.

    Qonunchiligimizda pora olganlik uchun eng kam oylik ish haqining
    50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda
    10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
    Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo tayinlanadi.
    Pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun esa eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha jazo belgilangan. Vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
    Korrupsiyaga qarshi samarali kurashish uchun birgina qonun hujjatlarining qabul qilinishi etarli emas. Buning uchun fuqarolik jamiyati ham mazkur ishda faol ishtirok etishi bo‘ladi.
    Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasiga bag‘ishlangan. Haqiqatan ham aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirmasdan korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali natijaga erishib bo‘lmaydi. SHuning uchun ham 18-moddada “Davlat ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim va tarbiyaga, mutaxassislarni kasbiy tayyorlashning sifatini oshirishga, ta’lim dasturlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi”, deb belgilangan.


    Yüklə 37,19 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə