Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari. Korrupsiya shakllanishining sabablari



Yüklə 43,17 Kb.
səhifə2/2
tarix19.12.2023
ölçüsü43,17 Kb.
#151185
1   2
KORRUPSIYA VA JINOYATCHILIK

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;
manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boigan vaziyat.
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy prinsiplari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish vajavobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi kabilar mustahkamlab qo‘yilgan.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab qo‘yildi:
  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;


  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;


  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tatbiq etish.



Dunyoda XXI asr boshlariga kelib ham korrupsiyaga barham berish masalalari hal etilgani yo‘q. BMT ma’lumotlariga ko‘ra dunyoda berilgan pora hajmi keyingi uch yil ichida yiliga o‘rtacha 1 trln. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Rossiya Federatsiyasi adliya vazirligi hisobiga ko‘ra korrupsiya Rossiyani 20 foiz yalpi ichki mahsulotdan mahrum qilib, u yiliga 16 trln. rublni tashkil etmoqda. Rivojlangan davlatlarda ham korrupsiyani kamaytirishda hal etilmagan muammolar mavjud. O‘zbekistonda ham mustaqillik davrida korrupsiyaga berilgan mansabdorlar xatti-harakatiga toiiq barham berishning huquqiy va tashkiliy jihatlari o‘z takomiliga yetkazilmadi.


Prezident Sh.M.Mirziyoevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi. Uning 2-yo‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish vazifalarini o‘z ichiga olib, uning 4-bandida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish vazifalari qo‘yildi. Xususan, unda korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish tizimini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyulda qabul qilingan “Qonunchilik ijrosini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tarkibida Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bosh boshqarmasi tashkil etilishi prokuratura organlarining korrupsiyaga qarshi kurash va nazorat faoliyati kuchayishining muhim omiliga aylandi. 2014-2017-yillarda qonunlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan 17 mingdan ortiq tekshiruv yakunlariga ko‘ra prokuratura organlari tomonidan 115228 ta prokuror nazorati hujjati qo‘llanildi, 87094 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid boigan 19578 ta hujjati ustidan arz qilindi. Natijada keyinchalik ushbu hujjatlar bekor qilindi yoki qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-mayda qabul qilingan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yoiidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining qoidalarini so‘zsiz ijro etishga prokuratura organlari tomonidan alohida e’tibor qaratildi. Mazkur farmon, unga muvofiq qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik siibektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivoj lantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni so‘nggi yillarda mazkur sohada qabul qilingan eng muhim normativ hujjatlar boiib qolmoqda. Ushbu qonun hujjatlari tadbirkorlik subektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. biznes olib borishni tashkil etish, nazorat qiluvchi, huqUqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq mazkur subektlar faoliyatining deyarli barcha jihatlariga taalluqlidir.
Ushbu qonun hujjatlarining qoidalarini amalga oshirish maqsadida prokuratura organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining so‘zsiz ijro etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, tadbirkorlik subektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslari javobgarligining muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan kompleks, tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda hamda ro‘yobga chiqarilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15- mayda qabul qilingan farmonini ijro etish maqsadida Bosh prokuratura huzurida fuqarolarning, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining murojaatlarini kechayu kunduz qabul qiladigan elektron tizim yaratildi va samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Murojaatlarni ko‘rib chiqish tezligini ta’minlash maqsadida ushbu tizimga 34 ta idora, prokuratura organlarining viloyat va tuman boiinmalari ulandi. Har bir murojaatning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi oniayn rejimda nazorat qilinmoqda.
Bosh prokuraturaning murojaatlarni kechayu kunduz qabul qiluvchi markazi tashkil etilganidan buyon (2015-yil 1-iyul) markaz telefonlariga 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. Ular bo‘yicha prokuror tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Hisobot davrida prokuratura organlari tomonidan deyarli 16 ming nafar tadbirkorlik subektining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Tadbirkorlarni himoya qilishga qaratilgan nazorat tadbirlari natijasida ularning foydasiga 13 milliard so‘m undirish to‘g‘risida sudlarga 764 ta ariza kiritildi, 6220 nafar tadbirkoming huquqlari tiklandi. Muhokama chog‘ida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash, taiim sohasidagi huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha prokuratura organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga doir taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
2016 yilning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda korrupsiyaga barham berish sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 2017-yil 2-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752- sonli qarori mamlakatda korrupsiyaga barham berish va unga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qarorga asosan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida “2017-2018-yillarga moijallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi tasdiqlandi,
Yüklə 43,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə