Korxona pul oqimlarini operativ rejalashtirish jarayonida foydalaniladigan



Yüklə 1,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/31
tarix05.07.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#119284
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
8 kapitalni boshqarish

Uchinchi bosqichda 
hamkorlik qiladigan bank belgilab olingandan soʻng 
kredit olishning tegishli shartlari kelishilgandan soʻng korxona tomonidan yuridik 
hujjatlar, moliyaviy hisobotlar, texnik-iqtisodiy asosnoma yoki biznes-reja va boshqa 
hujjatlar taqdim etiladi: Talab qilinadigan hujjatlar tarkibi bank talablari va kreditning 
aniq parametrlariga bogʻliq hisoblanadi. Mazkur bosqichning davomiyligiga barcha 
zaruriy hujjatlarning mavjud emasligi yoki talabga javob bermasligi sezilarli darajada 
ta’sir koʻrsatadi.
Yuqorida qayd etib oʻtilganidek bank mutaxassislari tomonidan koʻp holatlarda 
taqdim etilgan loyihalarning biznes-rejalari va texnik-iqtisodiy asosnomalari 
sifatining pastligini aniqlanishi ham bosqich davomiyligiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. 
Shuning uchun ham kredit maqsadini asoslashga boʻlgan jiddiy yondashuv mos 
ravishda kredit olish jarayonining soddalashuviga xizmat qiladi. Bunda qoʻshimcha 
ravishda korporativ miqyosda moliyaviy boshqaruv sifatining yuqoriligi kredit 
komissiyasining yakuniy qaror qabul qilishida muhim rol oʻynashini unutmaslik 
lozim. 
Toʻrtinchi bosqichda 
zarur
 
hujjatlar bankka taqdim etilgandan soʻng qarz 
oluvchini baholash jarayoni boshlanadi va asosiy e’tibor kreditga layoqatlilikni 
aniqlashga yoʻnaltiriladi. 
Odatda banklar qarz oluvchi va kredit arizasi boʻyicha koʻp tomonlama 
ekspertiza oʻtkazadi. Bu jarayonda asosiy uchta omillar guruhi baholanadi: huquqiy, 
moliyaviy va boshqa ijtimoiy omillar. 
Huquqiy omillar tahlili jarayonida yuridik xizmat ta’sis hujatlarini, bank bilan 
shartnoma imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslar vakolat doiralarini, ta’minot 
boʻyicha hujjatlarni tekshirib chiqadi. Agarda kredit investitsion loyihalarni 
moliyalashtirish uchun, aniq shartnoma va kelishuvlar boʻyicha hisob-kitoblar uchun 


146 
moʻljallangan boʻlsa bank majburiy tartibda bu hujjatlar boʻyicha yuridik ekspertiza 
oʻtkazadi. 
Moliyaviy baholash biznes-reja ma’lumotlari va korxona moliyaviy hisobotlari 
asosida oʻtkaziladi. Har bir bank oʻz uslubi boʻyicha baholashni amalga oshiradi, 
lekin aniqlanadigan koʻrsatkichlar barcha banklar uchun amalda bir xil – likvidlilik, 
rentabellik, toʻlovga layoqatlilik koeffitsientlari. Amaliyotda koʻplab banklar tovar 
realizatsiyasi boʻyicha tushum, bozorda egallagan ulushi va boshqa baholash 
mezonlari asosida korxonaning faoliyat koʻlamiga ham jiddiy e’tibor qaratadi. 
Shuningdek, qarz oluvchi korxonaning asosiy hamkorlari, ta’sischilari, shoʻ’ba 
korxonalari ham oʻrganib chiqiladi. 
Boshqa ijtimoiy omillarga korxonaning nufuzi, kredit tarixi va boshqaruv sifati 
kabilarni kiritish mumkin.
Umuman, mamlakatimiz va xalqaro bank amaliyotida qarz oluvchining 
kreditga layoqatliligini baholash mezonlari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 
- qarz oluvchi korxona faoliyatining qonuniyligi; 
- qarz oluvchi korxonada boshqaruv sifat darajasi; 
- kredit amal qilish muddatidagi shart-sharoitlar; 
- kreditning ta’minlanganligi; 
- korxonaning xususiy kapitali holati va moliyalashtirilayotgan operatsiyaga 
oʻz kapitalini yoʻnaltirish darajasi; 
- kredit olgach moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida qarzni uzish uchun pul 
oqimi harakatining tashkil etilish sifati. 
Barcha banklarda kredit taqdim etish jarayoni deyarli bir xil. Bank 
xizmatchilari taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va oʻz xulosalarini beradi. 
Agar xulosalar ijobiy boʻlsa, kredit taqdim etish toʻgʻrisidagi masala bank kredit 
qoʻmitasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi. Kredit qoʻmitasi tasdiqlagach, 
korxona bilan kredit shartnomasi tuziladi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, mahalliy 
korxonalarda loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit resurslariga boʻlgan talab juda 
yuqori. 
Tijorat 
banklarining 
investitsiya 
faoliyati 
kengaytirilishini 
yanada 
ragʻbatlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik 
qayta jihozlashga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalash 
hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida 2009 
yil 28 iyulda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining 
investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari 
ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida” gi PQ-1166 sonli Qarori qabul qilingan edi va unga koʻra: 
- zamonaviy sharoitda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, korxonalarni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʻyicha bankning kredit 
hamda investitsiya siyosatini va investitsiya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash 
mexanizmlarini yanada takomillashtirish; 
- investitsiya loyihalarini moliyalashga oʻz moliya mablagʻlarini sarflash va 
ulardan samarali foydalanish, loyihalarning amalga oshirib borilishini doimiy 


147 
monitoring qilish, qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilishini 
ta’minlash; 
- tavakkalchilik, garovlar va ta’minlashning boshqa turlari bozor qiymatini puxta 
baholashni hisobga olgan holda, berilgan kreditlarning oʻz vaqtida hamda toʻliq 
qaytarilishini ta’minlaydigan ishonchli mexanizmlardan keng foydalanish; 
- investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan banklar boʻlinmalarini 
professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, investitsiya 
loyihalarini tanlab olish, ekspertiza qilish va amalga oshirish masalalari boʻyicha 
bank mutaxassislarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish sifatini tubdan 
yaxshilash kabi vazifalar investitsiya faoliyatini kengaytirish sohasida tijorat 
banklarining eng muhim vazifalari hisoblanishi belgilangan edi. Shuningdek, 2015 
yilning 1 yanvarigacha tijorat banklari kredit portfeli tarkibida quyidagi jadvalga 
muvofiq uzoq muddatli investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab 
tabaqalashtirilgan stavkalar boʻyicha foyda soligʻi toʻlashlari belgilab qoʻyilgan edi 
(9-jadval). 
9-jadval 

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə