Korxonalarda maxsulot ishlab chiqarish va sotish jarayoni hisobi



Yüklə 22,05 Kb.
səhifə1/2
tarix05.10.2023
ölçüsü22,05 Kb.
#125575
  1   2
Korxonalarda maxsulot ishlab chikarish va sotish jarayoni xisobi (1)


KORXONALARDA MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH JARAYONI HISOBI
Sulaymonov Biloldin Baxtiyorjon o’g’li, Andijon Mashinasozlik instituti, “Iqtisodiyot” fakulteti, “Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi 3-bosqich talabasi.
O’zbekiston Respublikasida mulkiy munosabatlar tizimining o’zgarishi, ko’p islohodli iqtisodiyotning vujudga kelishi, tashqi iqtisodiy aloqalarning kengayishi buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritishni taqozo etadi.
Iqtisodiyotimizning barcha jabxalarida bo’lgani kabi buxgalteriya hisobida xam ulkan uzgarishlar sodir bo’lmoqda. Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to’la–to’kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko’plab islohodlar amalga oshirilmoqda.
Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo’shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi, sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o’rtasida erkin xarakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon standartlariga moslashtirishni yanada kuchliroq talab qilmoqda. Qolaversa buxgalteriya hisobi va xisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun xam tobora dolzarb vazifaga aylanmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish borasida respublikada xalqaro standartlarga to’la to’kis mos keluvchi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari ishlab chiqilmoqda va amaliyotga keng tatbiq qilinmoqda.
Xozirgi kunda Respublika hisob va xisobot tizimi mavjud iqtisodiy sharoitlarga moslashgan va jamiyat tomonidan buxgalteriya hisobi va xisobotlariga qo’yiladigan talablarni qondirmoqda.
Iqtisodiy aloqalarning muloqot tili sifatida buxgalteriya hisobi davlat iqtisodiy siyosati bajarilishini kafolatlashi zarur. Shu bilan birga, tadbirkorlik rivojlanishiga mulkiy va iqtisodiy munosabatlarni uyg’unlashishiga xizmat qilishi, manfaatdor bo’lgan aktsiyadorlar, banklar, investorlar, fondlar, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar, davlat tashkilotlari tomonidan muxim iqtisodiy qarorlarni qabul qilish, shu jumladan kapitalni investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini kengaytirish, hisob kitob qilish kabi axborotlarni o’z vaqtida va ishonarli xolda to’liq yetkazib berishi kerak.
Buxgalteriya hisobini yuritish butun dunyoda umumiy qabul qilingan tamoyillar asosida olib boriladi. Ular o’zgarmas bo’lib, quyidagilardan iborat: ikki yoqlama yozuv, extiyotkorlik, uzluksizlik, xisoblash, aniqlik, qiyoslanuvchanlik, mazmunining shaklidan ustunligi, moliyaviy xisobotning holisligi, ishonchlilik, ko’rsatkichlarni taqqoslash, aktiv va majburiyatlarni pulda baxolash va boshqalar. Bu tamoyillar ko’plab yillar davomida shakllanib kelgan bo’lib, fundamental asos tariqasida tan olingan. Shu bilan bir qatorda, xar bir mamlakat o’zining buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunini, standartlarini va shunga talluqli meʼyoriy xujjatlarni ishlab chiqqan va qabul qilgan.
Mamlakatimizda yaratilgan iqtisodiy erkinliklar tadbirkorlarni amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan barcha faoliyatlar bilan shug’ullanishga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Foyda olishni maqsad qilib olgan xususiy va boshqa mulkchilik shakllari subʼektlari albatta qaysidir: ishlab chiqarish, savdo, xizmat ko’rsatish va boshqa turdagi faoliyatning biri bilan shug’ullanadi.
Korxona va tashkilotlar sanab o’tilgan faoliyat turlarining qaysi biri bilan shug’ullanishidan qatʼiy nazar albatta davlat bilan soliqlar yuzasidan, xaridor va buyurtmachilar bilan yetkazib berilgan maxsulotlar yuzasidan, ishchi xodimlar bilan ish xaqi yuzasidan hisob-kitoblarni olib borishni taqozo etadi. Bu esa o’z navbatida xar qanday korxona va tashkilotlarda hisobni tashkil etish va to’gri yuritish zaruriyatini tug’diradi.
Xozirgi kunda korxona va tashkilotlarning aksariyat qismi xalq isteʼmoli maxsulotalrini ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanmoqda. Ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga keladigan xo’jalik muomalalarini to’gri aks ettirish va ularni xisobini tashkil etish korxonaning kelgusi istiqbolini belgilash imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati juda keng xo’jalik jarayonini o’zida qamrab oladi, yaʼni, ishlab chiqarishni uzluksizligini taʼminlash uchun taʼminot, ishlab chiqarish va sotish jarayonini bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish hisobi va maxsulot tannarxini to’g’ri kalkulyatsiya qilishni tashkil qilmasdan turib, sanoat korxonalari ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarish mumkin emas.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor maxsulot, uni ortib junatish vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Maxsulot (ish, xizmat) sotilishi bilan bog’lik bo’lgan hamma xo’jalik operatsiyalarini hisobda to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirish;
2. Maxsulot (ish,xizmat) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o’rnatish;
3. Sotilgan maxsulotning assortiment va xajmi bo’yicha xamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish;
4. Sotilgan maxsulot uchun olingan tushumni aniq xisob-kitob qilish;
Ushbu vazifalarning muvafaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga, ombor xo’jaligi va maxsulot sotishning to’gri tashkil qilinishiga, xo’jalik operatsiyalarining xujjatlarda o’z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog’liqdir.

Yüklə 22,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə