Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish va risklarni baholash usullari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix25.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#123795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24-33

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
14-to’plam yanvar 2023 
 
25 
Kirish Jahon amaliyoti keskin raqobat sharoitida har bir korxona oldiga nafaqat 
bugungi kunda, balki istiqbolda ham bozordagi o‘rnini saqlab qolish hamda 
kengaytirishni shart qilib qo‘ymoqda. Bunda global iqtisodiyotdagi tebranishlar 
yangi istiqbolli loyihalar ustida ishlash, loyihalarni moliyaviy ta’minlash 
imkoniyatlarini baholash va tegishli choralar ko‘rish, investitsiya faoliyatidan 
kutilayotgan natijadorlikni ta’minlash, moliyaviy ta’minot va investitsion faoliyatni 
rejalashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni oldindan ko‘ra 
bilish kabilarni shart qilib qo‘ymoqda va bu jihatlar bevosita korxonalarda 
moliyaviy qarorlar qabul qilish amaliyoti bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. “Jahon 
bankining istiqboldagi biznes muhiti, moliyaviy strategiyalar borasida qator 
hisobotlarida ham bevosita moliyaviy qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq jihatlarga 
jiddiy e’tibor qaratilgan” [1]. Shuningdek, “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 
tomonidan ayrim davlatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan moliyaviy rejalashtirish 
bo‘yicha assotsiatsiyalar maqsadi ham korxonalar va mamlakatning 
moliyaviyiqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiladi” [2]. Bunda asosiy e’tibor jahon 
bozoridagi o‘zgarishlarni oldindan baholash orqali moliyaviy rejalarni har 
tomonlama asosli tuzish va to‘g’ri moliyaviy qarorlarni qabul qilishga qaratiladi. 
Xalqaro amaliyotda korxonalar faoliyatida moliyaviy qarorlar qabul qilishga doir 
ilmiy 
tadqiqotlar 
olib 
borilmoqda. 
Ilmiy 
izlanishlarda 
jahon 
bozori 
kon’yukturasidagi o‘zgarishlar, bugungi kundagi biznes muhiti, raqobatning milliy 
doiradan jahon darajasiga chiqqanligi asosida o‘rta va uzoq muddatli moliyaviy 
rejalashtirish, strategik moliyaviy tahlil va strategik rejalashtirishda ta’sir etuvchi 
omillarni oldindan baholash kabilarga alohida e’tibor qaratilgan. Garchi bu borada 
atroflicha tadqiqotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, raqamli iqtisodiyotning keng 
doirada turli sohalarga kirib borishi, jahon bozoridagi keskin o‘zgarishlar moliyaviy 
rejalashtirish borasida atroflicha tahlillar asosida moliyaviy qarorlar qabul qilishni 
talab qilmoqda. Bu jihat o‘z-o‘zidan milliy va xalqaro darajada kompleks tadqiqotlar 
olib borish orqali moliyaviy rejalashtirish amaliyotini samarali tashkil etishni shart 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə