Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə14/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

7-rasm. Investitsiyaning o`sish sur`ati va invetitsiya hajmining YAIMdagi ulushi.

2013 yilning 1 oktyabr’ holatiga ko`ra, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar soni jami 4575 tani, shundan faoliyat olib borayotgan korxonalar soni 4203 tani tashkil etgan. Faoliyat olib borayotgan qo`shma korxonalarning 1600 tasi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shuq’ullanayotgan korxonalar hisoblanadi.


O`tgan yili telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo`yicha ham katta ishlar bajarildi. Bu borada ko`zda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida uzunligi 180 kilometrdan ziyod bo`lgan Boysun-Denov, Urgut-SHahrisabz optik tolali aloqa liniyasi ishga tushirildi.
Farq’ona, Navoiy, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida teleuzatish moslamalarini o`rnatish orqali bosqichma-bosqich raqamli televideniega o`tish amalga oshirildi. Bu aholini mamlakatimiz bo`yicha raqamli televidenie bilan qamrab olish darajasini 42 foizga etkazish imkonini berdi.
O`zbekiston xorijiy sarmoyadorlarni, avvalo, mamlakatdagi barqaror siyosiy vaziyat bilan o`ziga jalb etadi. Ushbu mamlakatda tatbiq etilayotgan barcha yangilanishlar respublikani yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va gullab-yashnatishga kafolat bo`ladi”6.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotan investitsiyalar manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o`zgarishlari ro`y bermoqda. Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to`xtaladigan bo`lsak ( 2-jadval), 2014 yilda umumiy investitsiyalar hajmida davlat byudjeti mablaq’lari 5,1 foiz; chet el investitsiyalari 25,3 foiz; korxonalar va aholi mablaq’lari 49 foizni tashkil etgan.
O`zbekiston jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hukm surayotgan bir sharoitda ham ulkan xorijiy investitsiyalar yo`naltirilayotgan mamlakatlar guruhidan joy olmoqda. Bunga, albatta, mamlakatimizda olib borilayotgan va uzoq strategik maqsadlarni ko`zlagan investitsiya dasturlari hamda qulay investitsiya muhiti yaratilgani asosiy omil bo`lmoqda. Davlat investitsiya dasturlari doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 2014 yilda 2010 yilga qaraganda qariyb to`rt barobarga ko`paygan. 2014 yilda to`q’ridan-to`q’ri investitsiyalar umumiy xorijiy investitsiyalarning qariyb 78,8 foizini tashkil etgan. Bu eng avvalo Prezidentimiz tomonidan mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotni diversifikatsiya etish jarayonining to`q’ri va aniq olib borilayotgani natijasidir.

Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə