Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari


-rasm. 2009-2015 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo`naltirilgan investitsiyalarning o`sish sur`atlari, foizda



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə13/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

5-rasm. 2009-2015 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo`naltirilgan investitsiyalarning o`sish sur`atlari, foizda.

Mazkur loyihada etakchi xorijiy banklar konsortsiumi, davlat kafolatlarini jalb etmagan holda, loyihalarni moliyalashtirish printsiplari asosida ishtirok etmoqda. Dunyodagi yirik “Tomson Reyter” biznes-axborot agentligining moliya sohasidagi jahonga mashhur “Projekt faynens interneshnl” jurnali ushbu loyihaning noyobligi va ishga novatorlik bilan yondashish natijasi ekanini qayd etib, Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishini neft’-gazkimyo sanoatidagi yilning eng yaxshi loyihasi, deb tan oldi.


2014 yilda Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi va Malayziyaning “Petronas” korporatsiyasi bilan hamkorlikda qiymati 4 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan, tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilq’i ishlab chiqarish bo`yicha katta istiqbolga ega bo`lgan yirik loyihani amalga oshirish boshlandi.
Ushbu loyiha asosida barpo etiladigan zavod dunyodagi sanoqli korxonalardan biri bo`lib, u sintetik suyuq yoqilq’i – suyultirilgan gaz, aviakerosin va “premium klass” toifasidagi, ya`ni evro-4 standartidan kam bo`lmagan dizel’ yoqilq’isi ishlab chiqaradi.O`tgan davrda qariyb 500 kilometrlik to`rt polosali zamonaviy avtomobil’ yo`llarini qurish va rekonstruktsiya qilish ishlari yakunlandi
.


6-rasm.2014 yil Davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning tarmoqlar bo`yicha ulushi.
SHundan 163 kilometri tsement-beton va 335 kilometri esa asfal’t-beton bilan qoplangan yo`llardir.Uzunligi 116 kilometr bo`lgan Guliston-Ohangaron avtomobil’ yo`li, Qo`qon shahrini aylanib o`tadigan avtoyo`l foydalanishga topshirildi,
Samarqandni Toshkent, Qarshi va Olot shaharlari bilan boq’laydigan yo`llar rekonstruktsiya qilindi.2014 yilda uzunligi 240 kilometr bo`lgan temir yo`lni qayta tiklash ishlari davom ettirildi. Uzunligi 70 kilometrdan ortiq bo`lgan Dashtobod-Jizzax temir yo`l tarmoq’i bo`ylab yuk va yo`lovchi poezdlar harakati yo`lga qo`yildi. 2013 yilda hududiy investitsiya dasturi doirasida to`q’ridan-to`q’ri xorijiy
investitsiyalarning mutloq qiymati 402 million dollarni tashkil etgan.
Hududlar kesimida tahlil qiladigan bo`lsak, o`zlashtirilgan to`q’ridan-to`q’ri xorijiy investitsiyalarning katta qismi Toshkent shahri (39,2 foiz) hissasiga to`q’ri
kelgan va xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat olib borayotgan korxonalar soni mazkur yilda 273 taga ko`paygan. Umumiy hisobda mamlakatimiz bo`yicha 2011 yilda xorij sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 372 tani tashkil etgan.
Boshqa hududlar bo`yicha 6-rasmda keltiriladi.
Temir yo`l transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish ishlari, temir yo`l tarmoqlarini elektrlashtirish loyihalari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ishlar poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo`lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish, 830 kilometrlik Toshkent-Termiz temir yo`lini to`liq elektrlashtirish imkonini beradi.




Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə