Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə9/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

3-rasm.O`zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui.
Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta`minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o`rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo`li bilan qo`llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste`mol tovarlari, ish joylarga bo`lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta`minlashga erishish yo`lida quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash;
-to`lov qobiliyatiga ega bo`lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish tuzilmalarini yaratish;
-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar yuqori darajada foydalanishni ta`minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash va uni kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat ko`rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyq’unlashtirish;
-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo etish;
-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to`liq shakllantirish.
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab chiqarilgan bo`lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub`ektlar rivojlanishini qo`llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur ishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo`lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta`riflari bo`yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar yaratilmoqda, o`nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining asosiy yunalishlari orasida kuyidagilarni alohida ta`kidlab ko`rsatish mumkin:
-investitsiya jalb qilish uchun xalqaro me`yorlar va konventsiyalarga mos keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochiq eshiklar siyosatini izchillik
bilan amalga oshirish;
-ishlab chiqarish bilan boq’liq investitsiyalarni kiritishga ko`maklashish;
-mamlakatning kredit qobiliyatini qo`llab-quvvatlash;
-mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish.



Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə