Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari



Yüklə 219,14 Kb.
səhifə6/28
tarix07.04.2023
ölçüsü219,14 Kb.
#104486
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Korxonaning investitsion faoliyatini rivojlantirish yo`llari

YAngi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
Faoliyat yuritayotgan korxonanikengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi tsexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Qayta tiklash - bu, faoliyat yuritayotgan korxonani ma`naviy va jismoniy eskirgan qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo`q’inlar va yordamchi xizmatdagi nomutanosibliklarni yo`qotish yo`li bilan almashtirish yordamida to`liq yoki qisman o`zgartirishni anglatadi. Qayta tiklashda eski tsexlar o`rniga yangi tsexlarni qurishga ruxsat beriladi.
Texnik qayta qurollantirish alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo`li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasidir. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo`naltirilgan.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatli qoq’ozlarga (masalan, aktsiyalar, obligatsiyalar) qo`yilishi mumkin. Investitsiyaga ketgan xarajatning miqdori ikki omilga boq’liq: birinchisi – sof foydaning kutilayotgan me`yori, qaysiki uni tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni mo`ljallaydi; ikkinchisi – foiz stavkasi. Agarda, kutilayotgan foyda me`yori foiz stavkasidan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me`yoridan yuqori bo`lsa, investitsiyalash foydali bo`lmay qoladi.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavkasi narxlar darajasining o`zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko`rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16%ga teng bo`lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12% ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%-12%) ni tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me`yoridan past bo`lsa, investitsiya xarajatlari o`sib boradi.
Investitsiya talabining egri chiziq’iistalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o`rtasidagi boq’liqlikni o`rnatadi. Real foiz stavkasi, ya`ni pul kapitalini qarzga olish narxi qanchalik yuqori bo`lsa, investitsiyalashni xohlovchilar shuncha kam bo`ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past bo`lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko`p bo`ladi. SHuning uchun ham investitsiya funktsiyasi grafigi pasayuvchan ko`rinishda bo`ladi (1-rasm).
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o`rtasidagi mavjud boq’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o`zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasini ko`tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo`lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi. O`z navbatida, investitsiya xarajatlarining qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «CHet el investitsiyalari to`q’risida»gi O`zbekiston Respublikasi qonunining 3-moddasida «CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad

Yüklə 219,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə