|
Koʻz nurini asraylik nutqiy mavzuning maqsadiMuhokama.
1. Rasmlarni diqqat bilan kuzating. Unda nimalar tasvirlanganligi haqida6. Ko\'z nurini asraylik OʻKMuhokama.
1. Rasmlarni diqqat bilan kuzating. Unda nimalar tasvirlanganligi haqida
gapiring.
Bu savol vizual aloqa orqali berilgan maʼlumotni tushunish, audiomatn hamda
tasvir oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunishga qaratilgan. Oʻquvchilar berilgan
tasvirlarni tinglagan maʼlumotlari asosida izohlab berishlari lozim.
2. Qadimgi odamlarning yorugʻlik va insonning koʻrish qobiliyati haqidagi
tasavvurlari qanday boʻlgan ekan?
Bu savol audiomatnda eksplitsit(ochiq) ifodalangan maʼlumotni topishga
qaratilgan. Oʻquvchilar qadimgi olimlar
odamning koʻzi atrofga yorugʻlik
tarqatishi, koʻzdan chiqqan shu yorugʻlik jismlarga tegib ortga qaytganida
narsalarni koʻra boshlash mumkin deb hisoblashganini
tushunib, aytib bera olishi
lozim.
3. Musulmon olimi Ibn al-Haysam koʻrish qobiliyati haqida qanday nazariyani
ilgari suradi?
Bu savol oʻquvchilarning audiomatndagi maʼlumotlarni taqqoslash
koʻnikmasini shakllantirishga qaratilgan. Oʻquvchilar
olim Ibn al-Haysamning
nazariyasi qadimgi olimlar nazariyasini inkor etib, koʻzdan nur chiqmasligini,
quyoshdan taralgan nur jismlarga urilib, soʻng koʻzlar tomon yoʻnalishini ilgari
surganligini
anglab aytib berishi lozim.
4. Optik qurilmalar deganda qanday qurilmalar nazarda tutiladi?
Bu savol oʻquvchilarning lugʻat boyligini oshirishga qaratilgan. Oʻquvchilar
eʼtiborini “optika” birligiga qaratishi, audiomatn orqali ushbu tushunchani izohlab,
unga qanday qurilmalar kirishini aytib berishi lozim.
Optika – yorugʻlikning aks etish va sinish qonunlariga asoslangan asbob-
uskunalarning umumlashma nomi. Bunday qurilmalarga: koʻzoynak, linza,
fotokameralar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|