organlar sistemasini
tashkil etadi: ovqat hazm qilish organlari sistemasi (og`iz
bo`shlig`i, tomoq, qizilo`ngach, oshqozon, ichaklar), nafas olish organlari
sistemasi, ayirish organlari sistemasi, qon aylanish sistemasi, jinsiy organlar
sistemasi, nerv sistemasi va sezuv organlari. Bunday organlar sistemalari har xil
hayvonlar tipida turlicha rivojlangan.
Ko`pchilik ko`p hujayrali hayvonlarning tana qismlari bilateral simmetriyali,
ya`ni ma`lum bir tartibda joylashgan. Faqat kamgina hayvonlarda, jumladan
bulutlarda tana ma`lum simmetriyaga ega emas. Qolgan ko`p hujayralilar tanasi
radial simmetriya (kovakichlilar, dengiz yulduzlari va xokazo)li tuzilgan. Radial
simmetriyaga ega bo`lgan hayvonlarda tanani bir necha qismlarga teng bo`lish
mumkin bo`lsa, bilaterial simmetriyalilarda faqat bir chiziq bilan uni teng ikki
qismga ajratish mumkin (3-rasm).
|