Asosiy qism
1. Ontogenez va filogenez haqida tushuncha
E.Gekkel va F.Myullerlarning biogenetik qonunining mohiyati.
Har bir
hayvon turining tarixiy o`tmishi bilan bog`liq bo`lgan evolyutsion taraqqiyotga
filogenez
deb yuritiladi (4-rasm). Evolyutsion morfologiyaning asoschilaridan
akad. A.I.Seversov (1866-1936) evolyutsion jarayonlarni
biologik progress
va
biologik
regress
yo`llari bilan borishini ko`rsatdi. Biologik progressning bir
yo’nalishi aromorfoz – morfo-fiziologik progressdir. Ushbu biologik progressda
u yoki bu hayvonlar guruhining hayot faoliyatining umumiy shiddati yuqori
bosqichga ko`tarilib yangi taraqqiyot bosqichiga yetadi. Bu holda organizm
muhim sifat o`zgarishlarga duch keladi, uning ko`payib ketishiga va boshqa
joylarga keng tarqalishiga imkoniyat yaratiladi. Hayvonot dunyosida aromorfozga
misol
tariqasida
ko`p
hujayrali
hayvonlarning
kelib
chiqishini,
suv
hayvonlarining quruqlikka chiqishini, issikqonlikning paydo bo`lishini, yurakning
to`rt kamerali bo`lishini, ikkita qon aylanish doirasining hosil bo`lishini va
hokazolarni keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: