Kreativ-pedagog pdf


-xato: Darsni bir xil suratda olib borish



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/15
tarix17.08.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#120644
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

3-xato: Darsni bir xil suratda olib borish
O’quvchilar ba’zan darslarda uxlab qolish holatlari ham uchrab
turadi. Bunga asosiy sabab mashg’ulotlar bir xilda davom etishi.
Jismoniy tarbiya darslarini yomon ko’radigan o’quvchi bo’lmasa
kerak. Sababi, ushbu darsda barcha harakatlarni ularning o’zlari
bajarishadi. Boshqa fanlarda ham o’qituvchi yo’nalish berib
qolganini o’quvchilarning o’zlariga qo’yib bergani ma’qul.
O’qituvchi har doim ijodkor bo’lmog’i kerak! 
4-xato: Faqat tushuntirish
Faqat gapirib, tushuntirib maqsadga yetib bo’lmaydi. Nemis
pedagogi Distervegning fikricha: «Nоqоbil o’qituvchi haqiqatni


shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshi o'qituvchi esa uni tоpishga
o’rgatadi».
5-xato: Rivojlanishdan to'xtab qolish
Ko'pchilik ustozlarimiz yo'l qo'yadigan eng katta xatolaradan biri bu
o'zini rivojlantirmaslik. Eski dars muhiti allaqchon o'z samarasini
yo'qotib bo'lgan. Shunday ekan hech qachon rivojlanishdan to'xtab
qolmang! Darsingizga kreativlik bilan yondoshing va samaraga
erishing!
Aktiv dars muhitini hosil qilishning 5 ta usuli
1. Darslaringizga "sir" qo'shing
O'quvchilar ularni darsda nima kutayotganini bilishmasa, o'rganish
judayam qiziqarli bo'ladi. Darslaringizni jumboqli va sirli savollar
bilan boshlashga harakat qiling. Yoki yangi mavzuni boshlashdan
avval bo'lganingizda, o'quvchilarga darslikda bo'lmagan butkul
yangi ma'lumotni bering.
2. O'quvchi hayoti bilan bog'lang
O'quvchilaringiz o'rganayotgan narsalarga real aloqani yaratishga
harakat qiling. Bu ularga mavzuni nega o'rganishi kerakligini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Misol uchun, "Siz pul haqida
o'rganyapsiz, chunki hayotda siz qanday qilib oziq-ovqat sotib olib,
to'lovingizni to'lashni bilishingiz kerak". Bunday aniqlik mavzuni
muhimlilik darajasini oshiradi va o'quvchi yanada diqqatliroq
bo'ladi.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə