“kreativlik va innovatsiyalar” fanining nazariy asoslari



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə3/4
tarix23.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#123579
1   2   3   4
Menejer faoliyatini rejalashtirish

Muzokaralarning asosiy jarayoniga tayyorgarlik ko'rishda muammolar va ishtirokchilarni ularni hal qilishidan manfaatdarligi tahlil qilinadi; muzokaralarga umumiy yondashuv shakllantiriladi, ularda shaxsiy nuqtai nazarlar va natijalarning ehtimol bo'lgan variantlari belgilanadi.Ko'zda tutilmagan holatlarni hotirjamlik bilan tartibga solish uchun, asosiysi esa - muzokaralarda hamkorlikka tegishli bo'lgan barcha masalalar ko'rib chiqilishi uchun reja tuzish zarur.Keyin esa tasavvurdagi sherik bilan suhbatni "o'ynash", unga tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiqdir.

Muzokaralarning asosiy jarayoniga tayyorgarlik ko'rishda muammolar va ishtirokchilarni ularni hal qilishidan manfaatdarligi tahlil qilinadi; muzokaralarga umumiy yondashuv shakllantiriladi, ularda shaxsiy nuqtai nazarlar va natijalarning ehtimol bo'lgan variantlari belgilanadi.Ko'zda tutilmagan holatlarni hotirjamlik bilan tartibga solish uchun, asosiysi esa - muzokaralarda hamkorlikka tegishli bo'lgan barcha masalalar ko'rib chiqilishi uchun reja tuzish zarur.Keyin esa tasavvurdagi sherik bilan suhbatni "o'ynash", unga tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiqdir.


Suhbatga sinchiklab tayyorlanish kerak. Sherikning savollariga nafaqat javob qaytarish, balki mo'ljallangan tadbirning barcha asosiy jihatlarni, texnik detallarni to'liq bilish bilan izohlab berish zarur. Hammadan yaxshisi uchrashuvchi sherik ustida ishlay olishi uchun sherikning tilida tayyorlangan prospekt yoki maxviy maxviy ma'lumotli materiallar bilan borish zarur. Alohida e'tiborni bo'lgusi bitimning yuridik jihatlari - qo'shma korxonalar va eksport-import bitimlari haqidagi qonunlar va mintaqaviy hokimiyatlar qarorlariga mos keluvchi qonunchilik hujjatlarini o'rganishga qaratish kerak. Xorijiy sheriklarni ko'pincha biz oddiygina nazarga ilmagan narsalar sho'baiqtiradi, masalan, qo'shma korxona tashkil qilinayotgan tumandagi yo'l qoplamasining sifati.Muzokaralarni muvaffaqiyatli olib borish uchun birinchi uchrashuvning oldida noq sherik firma haqidagi barcha ehtimol bo'lgan axborotlarni yig'ish zarur.
O'zaro ishonchga erishishda shaxsning jihatlari juda muhim rol o'ynagani sababli, sherik firmaning rahbari haqida, muzokaralar olib borish kerak bo'ladigan shaxslar haqida bilib olish foydalidir. Va agar firma vakili bilan suhbatda siz uning firmasi ishlaridan xabardarlikni nomoyon qilsangiz, bu, shubhasiz, yaxshi taassurot qoldiradi. Muzokaralar mavzusi hususiyatlarini oldindan o'rganish sherikka yanada samaraliroq ta'sir ko'rsatadi.Sherik bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotganda, o'zining taktik yo'lini belgilab olish zarur. Buning uchun ma'lum taktik yo'llarni o'zlashtirish foydalidir, ularni muzokaralarni borishida qo'llash mumkin.
Menejer ishini rejalashtirish va tashkil qilishda maxsus qurollardan foydalaniladi.
Vaqtning kundaligi - bu ishni boshqarishning uni soatlar bo'yicha bajarilishini rejalashtirish, umumiy maqsadning bir qismi sifatida kundalik vazifalarni belgilash va ulardan eng muhimlarini ajratishga imkon beruvchi vositadir.
Kundalik maxsus papka - tez taqqichdan tashkil topadi, unga foydalanuvchi ning istagi bo'yicha maxsus varaqachalar, grafiklar, jadvallar va moliyaviy hisobatlar solib qo'yilishi mumkin. Varaqachalarda yillik rejalar (uzok muddatli rejalar haftalar bo'yicha kiritilgan kataklarga ajratilgan setka) va barcha ishlar yarim saotgacha aniqlik bilan taqsimlangan kunlik rejalar mavjud bo'ladi. Shunday qilib, kundalik dasturning har bir bandini kengroq vaqtli vazafalar bilan solishtirish mumkin. Avval tegishli kataklarni to'ldirish va kerakli ishlarning ro'yxatini tuzish uchun qat'iyat va intizom talab qilinadi. Ammo bu ro'yxatni tuzish, oldinda turgan vazifalar va faoliyat turlarini ranjirovkalash mehnatni tashkil qilishni yaxshilash va vaqtdan foydalanishni ratsionallashtirishga yordam beradi.
Vaqtning kundaligi shaxsiy ishchi kartotekasidan iborat bo'lib, unga alohida varaqlar tikilgan va u o'zining ko'rgazmaliligi bilan qulaydir. U bir vaqtda stol kalendari, shaxsiy kundalik, yon daftarga, rajalashtirish va nazorat qilish quroli, manzillar ro'yxati, ma'lumotnoma va g'oyalar kartotekasi bo'ladi.
Vaqtning kundaligi yana har kuni foydalaniladigan barcha kunlik rejalar, xizmat daftari va varaqlarning ishchi jamlovchisidan iborat bo'ladi.
Vaqtning kundaligi - bu shaxsiy maqsadlarga erishish, vaqtdan samarali foydalanish uchun qo'shimcha vositadir. Uning yordamida nafaqat barcha qisqa va uzoq muddatli vazifalar haqidagi, balki barcha rejalar va loyihalar haqidagi to'liq tassavvurni olish mumkin.
Vaqtning kundaligi quyidagi tuzilishga ega. Kalendar qismida oylik, haftalik va kunlik rejalar uchun har xil ishchi daftarchalar joylashadi. Kunlik rejaga alohida ahamiyat beriladi: bir kunga bir varaq. Bu yerda yana tegishli oylar va xaftalar bo'yicha mulohazalar uchun varaqlar ham bo'ladi, ular muddatlarni boshqa davrlarga kuchirishni yengillashtiradilar. Bu varaqlarni foydalangandan keyin tikish mumkin.
Yangi "kiruvchi" kundalik varaqlarda haftalik va oylik varaqlardan barcha muddatlar ko'rsatilishi kerak. Ularga tegishli varaqlardan sanalar-to'lovlar, ta'tilga ketish kunlari, tug'ilgan kunlar, shu jumladan qo'l ostidagilarniki ham ko'chiriladi. Shunday qilib, kundalik muntazam ravishda to'ldirilgan holda hech nima yo'qolmaydi va esdan chiqmaydi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə