Kreditning bozor iqtisodiyotdagi ahamiyati



Yüklə 298,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü298,26 Kb.
#139476
1   2   3   4   5   6   7
 
 
Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities 
Hosted online from Plano, Texas, USA. 
Date: 
1
st
January, 2023 
ISSN: 2835-3196
Website:
econferenceseries.com
36 | 
P a g e
 
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to’lov va hisob-kitoblar bo’yicha
xizmat ko’rsatish (keyinchalik davlat uchun ham). 
- qator maxsus moliyaviy operasiyalarni o’tkazish (veksel va boshqalar). 
Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat 
tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.Davlat mikiyosida kredit 
munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida 
amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat kredit institutlarining paydo bo’lishi naqd 
pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo’l keldi, hamda tijorat banklarining 
operasiyalari va xizmat ko’rsatish ko’lamining kengayishiga olib keldi. Kredit 
munosabatlarining takomillashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit 
munosabatlari yangi sifat darajaga ko’tarilib bu iqtisodiyotda informasion 
texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter texnologiyalari 
va ma’lumotlar bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat ko’rsatishining 
yaxshilanishi va kredit munosabatlarini xalqaro bozorga ham tarkalishi va boshqa 
sifat o’zgarishlar bilan bog’liq.[2] 
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo’lib, quyidagi vaqtinchalik bo’sh pul 
mablag’lari hisoblanadi: 
1.Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga 
mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo’sh pul mablag’lari. 
2.Hisoblangan ish xaki bilan uni to’lash vaqtlari orasidagi vaqtincha bo’sh pul 
mablag’lari. 
3.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish 
uchun mo’ljallangan mablag’lar. 
4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari. 
5.Korxonalar faoliyati natijasida yuzaga keluvchi taksimlanmagan foyda yoki 
undan foydalanish jarayonida paydo bo’luvchi bo’sh pul mablag’lari (to’lanmagan 
devident va boshqalar) va boshqa bo’sh pul mablag’lari. 
Kredit munosabatlari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida 
kredit quyidagi tamoyillarga ega: 
1.Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin 
u o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining 
tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish 
emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik 
obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu 
jumladan moliyadan farq qiladi.Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan 



Yüklə 298,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə