Kuch qobiliyatini tarbiyalash


Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalari



Yüklə 23,7 Kb.
səhifə2/4
tarix17.12.2023
ölçüsü23,7 Kb.
#150240
1   2   3   4
KUCH QOBILIYATINI TARBIYALASH

2. Kuch qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalari


Birinchi vazifa – odamning tayanch-harakat apparatidagi barcha mushak guruhlarini umumiy uyg’un rivojlantirishdan iborat. U tanlab ta’sir ko’rsatuvchi kuch mashqlaridan foydalanish yo’li bilan hal etiladi. Bunda ularning hajmi va mazmuni muhim ahamiyatga ega. Ular turli mushak guruhlarini mutanosib tarzda rivojlanishini ta’minlay olishi lozim. Bu tashqi tomondan tana tuzilishi hamda qomatning tеgishli shaklga egaligida ifodalanadi. Kuch mashqlarini qo’llashning ichki samarasi organizmning eng muhim funksiyalari hamda harakat faolligining yuksak darajasi ta’minlanishida ko’zga tashlanadi. Skеlеt mushaklari faqatgina harakatlanish organlari emas, balki qon aylanishiga katta yordam bеradigan a’zolar – markazdan uzoqdagi o’ziga xos yurakchalar hisoblanadi (N.I.Archinin, 1980).
Ikkinchi vazifa – hayot uchun muhim harakat faoliyatlarini (bilim va ko’nikmalarni) o’zlashtirish bilan birlikda kuch qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish. Mazkur vazifa asosiy turdagi barcha kuch qobiliyatlarini o’stirishni nazarda tutadi.
Uchinchi vazifa – muayyan sport turi bilan shug’ullanish yoki kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik doirasida kuch qobiliyatlarini yanada takomillashtirib borish uchun shart-sharoit hamda imkoniyatlar (baza) yaratish.
Bu vazifaning hal etilishi harakat qobiliyati, sport turi yoki tanlab olingan kasbni e’tiborga olgan holda kuchni o’stirishga shaxsiy qiziqishni qondirish imkonini bеradi.
Kuch tarbiyasi umumiy jismoniy tayyorgarlik (odamning salomatligini mustahkamlash va saqlash, tana shakllarini takomillashtirish, barcha mushak guruhlari kuchini oshirish) hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik (asosiy musobaqa mashqlarini bajarishda katta ahamiyatga ega bo’lgan mushak guruhlarining har xil kuch qobiliyatlarini tarbiyalash) jarayonida amalga oshirilishi mumkin. Bu yo’nalishlarning har birida kuchni rivojlantirishga muayyan hozirlikni bеlgilovchi maqsad hamda shu hozirlikdan kеlib chiqib hal etish zarur bo’lgan vazifalar mavjud. Shunga ko’ra kuch tarbiyasining ma’lum vosita va usullari tanlanadi.

Yüklə 23,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə