Kuchlanish stabilizatorlari Reja


Kuchlanish stabilizatorlarining vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi



Yüklə 33,87 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü33,87 Kb.
#133254
1   2   3   4   5   6   7
Kuchlanish stabilizatorlari Reja-fayllar.org (1)

Kuchlanish stabilizatorlarining vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili, energiya samaradorligi.

Elektromexanik rostlagichlar. O’tgan asrning 60-80 ─ inchi yillarida kuchlanishni rostlash uchun elektromexanik rostlagichlar qo’llanilgan. Bunda chiqish kuchlanishini rostlash qo’lda amalga oshirilgan. Oqibatda chiqish kuchlanishini ko’rsatuvchi pribor (strelkali yoki yorug’lik lineykasi)ni muntazam kuzatish va zarur paytda qo’lda nominal kuchlanish miqdoriga keltirish talab etilgan. Hozirgi vaqtda chiqish kuchlanishini korrektsiyalash avtomatik ravishda ─ bu ish reduktorli elektrodvigatelь yordamida amalga oshiriladi.


Bunday elektromexanik kuchlanish stabilizatorlarining afzalligi stabilizatsiya aniqlik darajasining yaxshiligi, ya’ni 2-3 %. Kamchiligi esa dvigatelь inertsionligi oqibatida rostlashning past tezligi va shovqin darajasining yuqoriligi ─ dvigatelning shovqini amalda doimiy, chunki kuchlanishning o’zgarish qadamlari 2-4 volьtni tashkil etadi va shovqin manbaidir. Tarmoq kuchlanishining keskin o’zgarishi yuz bergan holda qurilma yuklamani vaqtincha uzib qo’yadi, chunki chiqish kuchlanishining ruxsat etilgan maksimal qiymatidan ortib ketadi. Bunda aksariyat hollardagidek bunchalik
aniqlik talab etilmaydi, eng keng tarqalgan maishiy elektropriborlarning pasportlarida ko’rsatilganidek 5-7% yetarli. Eng arzon maishiy stabilizatorlar sifatida tarqalgan.
Ferrorezonansli stabilizatorlar. O’tgan asrning 60-inchi yillar o’rtalarida ishlab chikilgan. Ferrorezonansli stabilizatorlarning ishlash printsipi transformator yoki drossellar ferromagnit o’zaklarinining to’yinishi hodisasidan foydalanishga asoslangan. Bunday qurilmalar maishiy texnika (televizor, radiopriyomnik, xolodilьnik va shu kabilar)ni oziqlantiruvchi kuchlanishni stabilizatsiyalash uchun qo’llanilgan.
Ferrorezonansli stabilizatorlarning afzalligi shundaki ─ stabilizatsiya aniqligining yuqori aniqligi 1-3 % va (o’sha davr uchun) rostlashning yuqori tezligi. Kamchiligi ─ shovqin darajasining yuqoriligi va stabilizatsiya sifatining yuklama kattaligiga bog’liqligi. Zamonaviy qurilmalarda bu kabi kamchiliklar yo’q, biroq ularning narxlari xuddi shunday quvvatli uzluksiz oziqlantirish manbai narxiga teng yoki undan yuqori. Oqibatda bunday stabilizatorlar maishiy qurilmalar sifatida keng tarqalmay qoldi.
Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’am. CHiqish kuchlanishini asta o’zgartirish uchun avtotransformatorda qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amdan foydalanish. SH-shaklidagi magnit o’tkazgichning o’rta sterjenida ikkita ro’para ulangan bir xil (I va II) chulg’am hamda harakatlanuvchi qisqa tutashtirilgan chulg’am (bir tekisdagi ramka shaklida tayyorlangan) joylashtiriladi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amning balandligi I va II chulg’amlar bilan bir xil. Qisqa tutashtirilgan chulg’am qaysi

1-rasm. Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amli avtotransformator


chulg’am ustida bo’lsa, u transformatorning ikkilamchi chulg’ami sifatida birlamchi chulg’am qarshiligini nolgacha kamaytiradi. Qisqa tutashtirilgan chulg’amli rostlagichning asosiy kamchiligi ─ kirish bo’yicha quvvat koeffitsientining kichikligi (cos φ = 0,7 ÷ 0,8) va massa-gabarit ko’rsatkichlarining yomonligi.
Invertor tipidagi stabilizatorlar. Bu tipdagi stabilizatorlarning afzalliklari:
  • Kirish kuchlanishi diapazonining kattaligi (115-dan 300 V-gacha).


  • CHiqishda kuchlanishning stabil parametrlari.


  • SHovqinsiz.


  • Tranzistorlar, kondensatorlar va mikrosxemalardan foydalaniladi, transformatorning yo’qligi ─ yengil vazn va o’lchamlar.


  • Tarmoqdagi turli shovqinlar va yuqori chastotali xalaqit beruvchilar filьtratsiyasi.


  • Yuqori darajadagi FIK (90 foizdan ortiq).


  • Tok rostlashning yuqori tezligi.


  • Kuchlanishni mo’’tadillashщtirishning yuqori darajasi (bir protsentdan ortmaydi).


Kamchiligi:


  • Asosiysi qimmat. Har bir invertorli stabilizator har qanday boshqasidan qimmatroq.


  • Yuklama ortganida, ya’ni ushbu stabilizatsion qurilmaga ulangan quvvat iste’moli ortsa kirish kuchlanish diapazoni kamayadi.


Uzluksiz oziqlantirish manbalari. Uzluksiz oziqlantirish manbalari invertor tipidagi stabilizator kabi energiyani to’playdi, biroq energiyani sig’imga emas, balki akkumulyatorga to’playdi. Yuklamaga ulanganida esa o’zidagi generator yordamida yuklamaga kerakli xarakteristikalarga ega bo’lgan kuchlanishni beradi. Uzluksiz oziqlantirish manbalari avariya holatlarida hisoblash mashinalari, aloqa texnikasini oziqlantirishga qo’llaniladi.


Induktsion tipdagi rostlagich. Induktsion rostlagichlar nisbatan sodda va ishonchli agregat hisoblanadi. Biroq rostlash jarayonining inertsionligi bu rostlagichlarni qo’llash sohalarini jiddiy cheklaydi.
Elektromagnit stabilizatorlar. Eng ko’p tarqalgan bu stabilizatorlarning asosida tarkibida nochiziqli volьtamper xarakteristikali kondensatorlar va reaktorlar bo’lgan zanjirlardagi ferrorezonans hodisasi yotadi. Ular ketma-ket ulanganida kuchlanish rezonansi, parallel ulanganida esa tok rezonansi yuz beradi.
  1. rasmda kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi keltirilgan. Bunday stabilizatorda yuklama toki kirish tokiga nisbatan kichik bo’ladi. SHuning uchun kondensator C va reaktor L orqali bir xil Ikir toki oqadi.



2-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi Kondensatorning volьt-amper xarakteristikasi (3-rasm) US = f (Ikir) chiziqli,


reaktorning volьt-amper xarakteristikasi esa UL = f (Ikir) nochiziqli, chunki u magnit o’tkazgichlarning to’yinishiga bog’liq holda ishlashga mo’ljallangan. Kirish kuchlanishi Ukir kondensator C va reaktor L o’rtasida

3-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizatorning VA tavsifi


taqsimlanadi. Agar kirish kuchlanishi noldan ortsa, unda Ikir toki orta boshlaydi. Reaktor to’yinmaguncha uning induktivligi juda katta, tok Ikir induktiv xarakterga ega bo’ladi, ya’ni kirish kuchlanishi Ukir dan faza bo’yicha orqada qoladi. Kondensatordagi kuchlanish va reaktordagi kuchlanishlar o’zaro qarshi fazalarda bo’ladi, shuning uchun UL = f (Ikir) va US = f (Ikir) ga Ukir = f (Ikir) egri chizig’i mos keladi.

Yüklə 33,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə