Laboratoriya ishi marshrutizatorlarda nat, pat texnologiyasini sozlash



Yüklə 38,42 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü38,42 Kb.
#180455
  1   2   3
Laboratoriya ishi marshrutizatorlarda nat, pat texnologiyasini s


8 – LABORATORIYA ISHI
MARSHRUTIZATORLARDA NAT, PAT TEXNOLOGIYASINI SOZLASH
Ishdan maqsad: Manzillarni translatsiya qilish (NAT) tamoyillari va vazifalarini tadqiq qilish va amaliy ko`nikmaga ega bo’lish.
Topshiriq

  • Cisco packet tracer muhiti asosida tarmoqni tuzilishini yarating

  • Tamoqdag har bir R1, R2 marshrutizatorlarining interfeyslarini sozlang va tekshiring

  • Statik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring

  • Dinamik NAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring

  • PAT bo`yicha tarmoq konfiguratsiyalarini sozlang va tekshiring



Qisqacha nazariy ma’lumotlar
NAT (Network Address Translation) - bu TCP / IP tarmoqlarida tranzit paketlarning IP-manzillarini translatsiya qilish (o’zgartirish, almashtirish) imkonini beradigan mexanizm. NAT bu TCP/IP tarmoqlarida, paketlarning IP addressini bir tarmoq segmentidan boshqa tarmoq segmentiga o'tish paytida o'zgartirish texnologiyasidir. NAT da xususiy (Private) IP manzilni ro'yxatdan o'tkazilgan ommaviy (Public) IP manzilga translatsiya qilishdan iborat. Umuman olganda, tarmoqda 2 xil ip adreslar ishlatiladi:
1.Public - ommaviy adreslar(Белый ip-аdres)
2.Private – xususiy adreslar(Серый ip-аdres)
Xususiy ip adreslar – bu lokal tarmoqda ishlatiladigan ip adreslar hisoblanadi. Deyarli barcha ishxonalarda quyidagi 3 xil diapozondagi xususiy ip adreslar ishlatiladi:
10.0.0.0/8 (10 dan boshlanadigan ip adreslar)
172.16.0.0/12 (172.16.0.0 dan 172.31.255.255 gacha)
192.168.0.0/16 (192.168.0.0 dan 192.168.255.255 gacha)
Public (ommaviy) adreslarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Nimaga bunday bo’lingan? Lokal tarmoqdagi ip adreslar marshrutizatsiyalanmaydi. Public ip adreslar marshrutizatsiyanadi. Bu degani yuqoridagi 3 ta diapozondagi ip adreslarga internet orqali boshqa joyidan turib ulanib bo’lmaydi. Public ip adreslarga ulanib bo’ladi. Shuning uchun veb-serverlar, onlayn o’yin serverlari va boshqalar public ip adresga ega.



8.1-rasm. Manzillarni translatsiya qilish

NAT texnologiyasining 2 ta asosiy vazifasi mavjud:


1. Ichki tarmoq ip adreslarini tashqi tarmoqqa ko'rsatmaslik.
2. Ipv4 adreslarning yetmay qolish muammosini ma'lum darajada hal etish.
Bundan tashqari NATning bir necha nomlari bor: IP Masquerading, Network Masquerading va Native Address Translation. Translatsiya IP-manzil yoki port raqamlari bo`yicha amalga oshiriladi. Ushbu texnologiya bir tomondan, IPv4 manzillarining yetishmasligini oldini oladi hamda boshqa tomondan tarmoqning xavfsizligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
NAT ko'pincha korporativ tarmoqdagi qurilmalar uchun, Internet tarmog’iga ulanish uchun yoki aksincha Internetdan LAN tarmoq ichidagi istalgan manbaga kirish uchun qo’llaniladi.
Manzillarni translatsiya qilishning uchta asosiy turi mavjud:



8.2-rasm. Manzillarni translatsiya qilish mexanizmi




  1. Yüklə 38,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə