Molekulaning tebranishi atomlar orasidagi masofaning o‘zgarishi
bilan
xarakterlanadi. Molekuladagi atomlarning katta amplitudali tebranishi
potensial egrilikning (chuqurligining) parabolik
shaklini uzgartirmasdan
qoldirmaydi va potensial chuqurlik shakli o‘zgaradi. Bu degan so‘z,
tebranish sathlari yuqori pogonalarga ko‘tarilishi bilan energetik sathlar
orasidagi masofa qisqarib va tebranish energetik
sathlarining boshida
kuzatilgan ekvidistantlik saqlanmaydi. Shuni ham uqtirib o‘tish lozimki,
ko‘p atomli molekulalar uchun 55- rasmda keltirilgan energetik sxemadan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu rasmda molekulaning elektron-
tebranish va aylanish energetik sathlari ham o‘z ifodasini topgan.
55- rasmda ko‘rsatilgan molekula energetik sathlarini uyg‘otish
uchun energiyasi Δ
ε
1
dan katta bo‘lgan elektromagnit yorug‘lik ta‘sir qilsa,
u yorug‘lik molekulada yutiladi va molekula parchalanadi (dissosiasiya-
lanadi).
Shu hodisaga fotoliz deyiladi.
Agar
molekulaga tushayotgan
yorug‘lik fotonining energiyasi Δ
ε
1
-ga teng bo‘lsa, molekula asosiy-
birinchi energetik holatdan uyg‘ongan
ikkinchi energetik elektron-
tebranish holatiga o‘tadi.
Frank-Kondon
prinsipiga
ko’ra, yadrolar
oralig’idagi masofa, yorug’lik yutilganda ham, yoki molekula
yorug’likni chiqar-ganda ham o’zgarmaydi.
O‘sha prinsipga ko‘ra,
energetik o‘tishlar keng va tik chiziqli strelka bilan ifodalanadi.
Molekulaning uyg‘onishi asosiy energetik (
v
q0)
holatdan, yuqorigi
energetik holatga o‘tishi, keng va tik strelka chizig‘i bo‘ylab bajariladi.
Molekula uyg‘ongan (V) tebranish holatda bo‘ladi. O‘sha uyg‘ongan
molekula juda tezda relaksasiyalanib pastki (S) tebranish energetik sathiga
tushadi. Molekula spontan ravishda (S) sathdan pastki birinchi – elektron-
tebranish asosiy energetik (D) sathta tushadi va nurlanadi. Oxiri tezda
(juda qisqa vaqt oralig‘ida) molekula (A) sathga o‘tadi. 50-rasmdan
lyuminessensiya nurlanishining to‘lqin
uzunligi, molekula tomonidan
yutilgan yorug‘likning to‘lqin uzunligidan katta ekanligi (
Dostları ilə paylaş: