Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

Birinchi egrilik asosiy 
elektron-tebranish energetik sath deb ataladi. 
Molekula uyg‘ongandagi 
potensial egrilik chuqurligi va chuqurlikning minimumi qiymati birinchi 
potensial egrilikka nisbatan o‘ng tomonga siljiydi. Yuqorida joylashgan 
ikkinchi egrilik uyg‘ongan elektron - tebranish energetik sathdir. 


Molekulaning tebranishi atomlar orasidagi masofaning o‘zgarishi bilan 
xarakterlanadi. Molekuladagi atomlarning katta amplitudali tebranishi 
potensial egrilikning (chuqurligining) parabolik shaklini uzgartirmasdan 
qoldirmaydi va potensial chuqurlik shakli o‘zgaradi. Bu degan so‘z, 
tebranish sathlari yuqori pogonalarga ko‘tarilishi bilan energetik sathlar 
orasidagi masofa qisqarib va tebranish energetik sathlarining boshida 
kuzatilgan ekvidistantlik saqlanmaydi. Shuni ham uqtirib o‘tish lozimki, 
ko‘p atomli molekulalar uchun 55- rasmda keltirilgan energetik sxemadan 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu rasmda molekulaning elektron-
tebranish va aylanish energetik sathlari ham o‘z ifodasini topgan.
55- rasmda ko‘rsatilgan molekula energetik sathlarini uyg‘otish 
uchun energiyasi Δ
ε
1
dan katta bo‘lgan elektromagnit yorug‘lik ta‘sir qilsa, 
u yorug‘lik molekulada yutiladi va molekula parchalanadi (dissosiasiya-
lanadi). 
Shu hodisaga fotoliz deyiladi.
Agar molekulaga tushayotgan
yorug‘lik fotonining energiyasi Δ
ε

-ga teng bo‘lsa, molekula asosiy-
birinchi energetik holatdan uyg‘ongan ikkinchi energetik elektron-
tebranish holatiga o‘tadi. 
Frank-Kondon
prinsipiga
ko’ra, yadrolar 
oralig’idagi masofa, yorug’lik yutilganda ham, yoki molekula 
yorug’likni chiqar-ganda ham o’zgarmaydi. 
O‘sha prinsipga ko‘ra, 
energetik o‘tishlar keng va tik chiziqli strelka bilan ifodalanadi. 
Molekulaning uyg‘onishi asosiy energetik (
v
q0) holatdan, yuqorigi 
energetik holatga o‘tishi, keng va tik strelka chizig‘i bo‘ylab bajariladi. 
Molekula uyg‘ongan (V) tebranish holatda bo‘ladi. O‘sha uyg‘ongan 
molekula juda tezda relaksasiyalanib pastki (S) tebranish energetik sathiga 
tushadi. Molekula spontan ravishda (S) sathdan pastki birinchi – elektron-
tebranish asosiy energetik (D) sathta tushadi va nurlanadi. Oxiri tezda 
(juda qisqa vaqt oralig‘ida) molekula (A) sathga o‘tadi. 50-rasmdan 
lyuminessensiya nurlanishining to‘lqin uzunligi, molekula tomonidan 
yutilgan yorug‘likning to‘lqin uzunligidan katta ekanligi (

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə