Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

CO
2
lazeri TEA lazeri deb ataladi.
TEA inglizcha 
so‘zlarning bosh harflaridan tashkil topgan bo‘lib, atmosfera bosimidagi 
gazlarning ko‘ndalang uyg‘otilish lazeri demakdir (TEA — tranversly 
excited atmospheric pressure Lasers). TEA- lazerida gazorazryad rezo-
nator o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda sodir bo‘ladi, ya‘ni CO
2
molekulalarini 
uyg‘otish 
lazer 
nurining 
tarqalish 
yo‘nalishiga 
perpendikulyardir. Shu xildagi lazerlar impulsli rejimda ishlaydi. TEA 
rejimda ishlaydigan lazerning impulsi 1’20
mks
davom etib, energiyasi 
5’10
kJ 
ga yetadi. 58-rasmda TEA CO
2
– lazerining elektr sxemasi 
ko‘rsatilgan.
Lazer kamerasi shisha plastinalarni yelimlab yoki organik shishadan 
yasaladi. Lazer kamerasida CO
2
, N
2
va Ne gazlarning aralashmasi 5’10 
atmosferagacha kameraga berladi. Lazer kamerasining ikki tomonida 
elektrodlar o‘rnatilgan, elektrodlarning uzunligi 60
sm
, kengligi 25
mm
va 
elektrodlar orasidagi masofa 25
mm
. Anod va katod elektrodlariga parallel 
ravishda har birining ikki tomoniga qator qilib 20 ta dan 
S
l
kondensatorlar 
joylashgan. 
12-rasm.
CO
2
lazerining sxematik tuzilnshi.
Shu tuzilishi va impuls rejimda ishlashni
ta‘minlaydi. 
Kondensatorlarning uchlari yo‘nilgan va o‘tkir uchlari oralig‘ida elektr 
chaqmoqchalari hosil bo‘ladi. Chaqmoqchalar lazer kamerasidagi gaz 
aralashmasini qisman ionlashtiradi. Gazlarning qisman ionlashishi asosiy 
elektrodlar orasida bir jinsli gazorazryadni ta‘minlaydi. Bir jinsli gazoraz-


ryad CO
2
molekulalarini rezonator o‘qi bo‘ylab bir tekis uyg‘otadi, ya‘ni 
inversion ko‘chganlik hosil qiladi. 
58-rasmdan ma‘lumki, yuqori 
U
kuchlanishli elektr manbai 
R
qarshilik 
orqali kondensatorni zaryadlaydi. Kondensatr 
S
n
tegishli kuchlanishgacha 
zaryadlagandan keyin, 
K
razryadlovchiga tashqi generatordan elektr 
impulsi beriladi. Elektr impulsi qisqa muddatli bo‘lib, (
K

razryadlovchidagi 
gazni 
ionlashtiradi 
va 
(
S
n

kondensatorni 
zaryadsizlangiradi. 
S
n
kondensatordagi to‘plangan elektr energiyasi 
S
n
kondensatorga 
va 
asosiy 
elektrodlarga 
uzatiladi. 
Avval 
S
l
kondensatorlarning uchlaridan uchqunlar chiqadi va shundan keyin, tezda 
asosiy elektrodlar oralig‘ida razryad boshlanadi. Kuchli elektrorazryad 
CO
2
va 
N
2
gazlarini uyg‘otadi va samarali inversion kuchirish hosil qiladi. 
Lazer kamerasining o‘qi bo‘ylab majburiy nurlanish boshlanadi va 
ko‘zgulardan bir necha yuzlab qaytib, kuchayib, lazer nurlanishi 
ko‘zgularning biri orqali tashqariga chiqadi. TEA lazeri katta bosim ostida 
ishlagani uchun, generasiya keng spektrli bo‘ladi. Keng spektrli CO
2
lazeri 
nurlanishini dispressiyali rezonatordan foydalanib, sillik ravishda to‘lqin 
uzunligini (chastotasini) o‘zgartirish va spektral kengligini toraytirish 
mumkin. TEA lazerida modalar sinxronizmini hosil qilish va generasiya 
nurlanish muddatini qisqartirish mumkin. 
Uzluksiz ishlaydigan CO
2
lazerining sxematik ko‘rinishi 59-rasmda 
keltirilgan. CO
2
, N
2
, He gaz aralashmasi joylashgan shisha nayi lazer 
kamerasi vazifasini o‘taydi, Shu tipdagi lazer kamerasida gazorazryad nay 
o‘qi bo‘ylab sodir bo‘ladi. O‘sha razryad tufayli issiq ajralib chiqadi va 
nay qiziydi. Nayni sovutish uchun. diametri katta bo‘lgan shisha nay 
kiritiladi va suv ikki nay orasidan o‘tib, lazer kamerasini sovutadi. 
13-rasm. CO
2
lazerining uzluksiz rejimda 
ishlash sxemasi

Lazer kamerasida gaz aralashmasi bo‘ylama razryad yordamida 
uyg‘onadi va generasiya nay o‘qi bo‘ylab tarqaladi. Bu xil uzluksiz 
ishlaydigan CO
2
lazerlarning quvvati 40–50
Vt
ni tashkil qiladi. CO
2
lazerlari metallarni kesish, tirqish ochish va payvandlash ishlarida 


qo‘llaniladi. O‘sha lazerlar mashina detallarini chidamli qilishda ham 
ishlatiladi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə