Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

v
yuq - 
v
past
deb belgilanadi. 
Yuqoridagi energetik kvant o‘tishlarni oydinroq tushunish uchun
molekulani ikki atomli deb qaraymiz. Atomlar bir-biridan cheksiz 
uzoqlikda (r→

) yoki uzoq masofada joylashgan bo‘lsa, energetik sathlar 
yakka atomlarning energetik sathlaridan iborat bo‘ladi. Atomlar 
yaqinlashishi bilan atomlarning o‘zaro tortishish ta‘siri tufayli energetik 
sathlar siljiydi. Avval boshida atomlar orasidagi masofa katta bo‘lgan edi, 
endi esa, atomlar yaqinlashish tufayli, atomlarning bir-birini tortish kuchi 
ro‘yobga chiqadi. Atomlar orasidagi masofa juda ham kichik bo‘lganda 


esa, atomlarning o‘zaro itarilishi kuchi ustun keladi. Potensial (ichki) 
energiyadan masofa bo‘yicha olingan hosila, atomlarning o‘zaro ta‘sir 
kuchini ifodalaydi. Atomlar orasidagi masofa r
0
–ga teng bo‘lganda, 
atomlarning o‘zaro ta‘sirini belgilovchi potensial energiyasi minimal 
qiymatga ega bo‘ladi. r
0
-shunday masofaki, atomlar shu masofani 
egallashga intiladi. Atomlar r
0
-masofani egallaganda, molekula hosil 
qiladi. 55-rasmda atomlarning molekula hosil qilish potensial chuqurligi 
va energetik sathlari ko‘rsatilgandir. 
Atomlar r

masofada muvozanatda bo‘lib, undan chetlanganda 
tebrana boshlaydi. Bir atom ikkinchi atom potensialida joylashgan bo‘lib, 
r
0
masofadan chetlashganda molekula tebranish erkinligiga ega. 
Molekulaning erkin tebranishini botiq sferik sirtga tashlangan sharchaning 
tebranishiga o‘xshatish mumkin. Molekulaning tebranishi (bir atomning 
ikkinchi atomga nisbatan tebranishi) garmonik ossillyatorning tebranishiga 
o‘xshash. 
9- rasm. Ikki atomli molekulaning potensial
chuqurligi va energetik sathlari. a) Tebranish
energetik sathlari. b) Tebranma-aylanish
energetik sathlari. 
Molekulaning ichki potensial energiyasi bir necha egri chiziq bilan 
ifodalanadi. Molekulaning tebranish energetik sathlari 
v
q0,l,3,... va hokazo 
belgilanadi. Tebranish energetik sathlari bir-biriga teng masofada 
joylashadi va energetik oraliqlar 
hv
v
– ga teng.Shuni aytish lozimki, 
v
q 0 
energiyaning minimal qiymati ustiga tushmaydi va u energiyaning 
minimal qiymatidan bir muncha yuqori joylashadi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə