Lazerlar fizikasidan laboratoriya ishlari


kovaklar hosil  bo`ladi. Kovaklar  musbat



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/30
tarix29.11.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#141668
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-Lazerli va optik sisteme (1)

kovaklar
hosil 
bo`ladi. Kovaklar 
musbat
zaryadli zarrachalarga ekvivalent xisoblanadi.
Yarim o`tkazgichning temperaturasi oshgan sari, tobora ko`proq 
elektronlar o`tkazish zonasiga o‘tadi va valent zonasidagi kovaklar soni 
shuncha ko`p bo`ladi. Agar shu yarim o`tkazgichga kuchlanish qo‘yilsa 
undan elektr toki o‘tganini kuzatamiz.
O`tkazish toki hosil qilishda, o`tkazish zonasidagi elektronlar xam, 
kovaklar xam ishtirok qiladi. Chunki kovaklar valent zonasidagi 
elektronlarni o`tkazish zonasiga o‘tmasdan holatlini o`zgartirish imkonini 
beradi yoki valent zonasida kovaklarning xarakati yuz beradi. Shuning 
uchun, elektronlarni xam, kovaklarni xam zaryad tashuvchilar deb 
atashadi. Ideal kristalllda o`tkazish zonasida elektronlar bilan valent 
zonasidagi elektronlar soni uzaro teng bo`ladi.
Asosiy moddadagi atomlarning bir qismi boshqa elementlar bilan 
almashtirilgan yarim o`tkazgichlarda (kirishmali yarim o`tkazgichlarda) 
kirishmalar muxim rol o‘ynagani uchun, manzara o`zgaradi. 
Birinchidan,
valent zonasi va o`tkazish zonasidan tashqari taqiqlangan zonada joylashga 
qo‘shimcha energetik satxlar hosil bo`ladi. 
Kirishmalar va ularga 
tegishli energetik satxlar donorlarga va akseptorlarga bo’linadi

Donorlarda kirishmalarning energetik satxlari, o`tkazish zonasiga 
yaqin joylashgan bo`ladi (tegishli satxlar donor satxlari deb ataladi).
Donorlar o‘z elektronlarini osonlik bilan o`tkazish zonasiga beradi. 
Akseptorlarda kirishmalarning energetik satxlari valent zonasiga 
yaqin joylashgan bo`ladi.
Akseptorlar osonlik bilan valent zonasidagi 
elektronlarni qabul qiladi va valent zonasida kovaklar hosil qiladi. Odatda 


kirishmalarning satxlari tegishli markazlar yaqinida joylashgan bo`ladi, 
zonalardagi energetik satxlar esa, butun yarim o`tkazgichga tegishli 
bo`ladi. Kirishmali yarim o`tkazgichning energetik satxlari 64-rasmda 
keltirilgan. Unda o`tkazish zonasi va valent zonasidan tashkari, uchta 
kirishma satxi xam ko‘rsatilgan. Bu sathlar markazlar yaqinida joylashgan 
bo`ladi, zonalardagi energetik satxlar esa, butun yarim o`tkazgichga 
tegishli bo`ladi.
18-rasm. Yarim o`tkazgichdagi energetik
satxlar va nurlanishli o`tishlar sxemasi.
Ikkinchidan,
kirishmali yarim o`tkazgichlarda zaryad tashuvchilarning 
soni, asosan kirishmalarga bog`liq. Masalan, yarim o`tkazgichda donorli 
kirishma bo‘lsa, elektronlar donor kirishmaning energetik satxidan 
o`tkazish zonasiga o‘tadi Bu xildagi elektronlar soni valent zonasidan 
o`tkazish zonasiga utgan elektronlar sonidan ko`p bo`ladi va temperatura 
oshgan sari, ularning soni oshib boradi.

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə