|
Leksikologiya haqida suhbat
|
səhifə | 3/12 | tarix | 12.05.2023 | ölçüsü | 56,67 Kb. | | #109858 |
| 5-sinf-tezis G.Siddiqova13.04.2020
|
Ona tili
|
O’zbek tili leksikasining boyish manbalari
|
TILNING BOYISH YO‘LLARI
Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi.
Yangi tushunchalar ko‘proq tilning ichki imkoniyatlari: a) shevalardan so‘z olish; b) so‘z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba'zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so‘z olish yo‘li bilan ham ifodalanadi. Bunday so‘zlar olinma so‘zlar hisoblanadi.
Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan bironta ham til yo‘q. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib bormoqda
|
527 -mashq
|
12
|
14.04.2020
|
Ona tili
|
Eskirgan so’zlar
|
rayon tuman
oblast viloyat
| Tilimizning ma'lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi.
So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi.
1. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi.
2. So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi.
|
531 -mashq
|
13
|
15.04.2020
|
Ona tili
|
Yangi so’zlar
|
Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so‘zlarga yangi so‘zlar deyiladi.
|
535 -mashq
|
14
|
16.04.2020
|
Ona tili
|
Iboralar
|
Og‘zi qulog‘iga yetgan
Oyog‘ini qo‘liga olib keldi
Yog‘ tushsa yalagudek
Ma'nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi.
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni ta'sirchan, jozibali qiladi.
|
539 -mashq
|
15
|
17.04.2020
|
Ona tili
|
Iboralarning qo’shma so’z va so’z birikmalaridan farqi
|
Ma'nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi.
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so‘roqqa javob bo‘ladi va bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni ta'sirchan, jozibali qiladi.
Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi.
|
543-mashq
|
16
|
20.04.2020
|
Ona tili
|
Ma’nodosh so’zlarda umumiy va xususiy ma’nolar
|
Ma'nodosh so‘zlar bir umumiy ma'noni ifodalasa ham, shu umumiy ma'noni qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: shivirlamoq, gapirmoq, baqirmoq, bo‘kirmoq so‘zlari so‘zlash umumiy ma'nosi bilan bir xil bo‘lsa ham, ular ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, to‘ng‘illamoq, ming‘irlamoq, vaysamoq, javramoq so‘zlari ham so‘zlash umumiy ma'nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga egaligi bilan farq qiladi Irod etmoq, bayon etmoq singari so‘zlar kitobiy uslubga xoslanishi bilan farqlanadi.
Ko‘ryapsizki, bir ma'noni o‘zingizning maqsadingizga muvofiq bir necha so‘zlardan bittasini tanlash orqali ifodalash mumkin. Bu bilan nutqning ta'sirchanligini oshirish orqali so‘z sehrini namoyon qilishga erishiladi.
|
515-mashq
|
17
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|