Samarqand davlat universiteti



Yüklə 95,22 Kb.
tarix11.03.2018
ölçüsü95,22 Kb.
növüReferat

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


Alisher Navoiy nomidagi

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

Fakultet: Ijtimoiy - iqtisodiyot

Yo’nalish: Ijtimoiy ish

Fan: Ijtimoiy institutlar

REFERAT


Mavzu: Ijtimoiy institutlar, tashkilotlar va tizimlar
Bajardi: Akramov Bobur

Tekshirdi: dost. Negmatov I.

Samarqand -2014

Ijtimoiy institutlar, tashkilotlar va tizimlar


Reja:

Kirish.

Asosiy qism.

  1. Tashkilot tushunchasi va uning belgilari.

  2. Ijtimoiy tashkilot turlari.

  3. Ijtimoiy tashkilotlarning tizimiy guruhlanishi.

  4. Aloka tizimlarini, madaniy xususiyatlarini tashkil kilish/

Xulosa

Foydalanilayotgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
«Tashkilot» atamasi ijtimoiy birlashuvlarning shakli sifatida kullaniladi.

Inson tabiatan ijtimoiy hodisa bulganligi sababli ham turli jamoa hamda uyushmalarda birlashadi. Insonning hamma faoliyati tashkiliy uyushgan xolda kechadi, shuning uchun ham shaxslarning jamoaviy faoliyat kursatishlari va ularning tashkiliy shakllarda, nechoKli uyushganligi urganish muhimdir.

Kundalik amaliyotda tashkilot tushunchasi kup uchrasada, birok u turli ma’nolarda ishlatiladi. Shuning uchun ham ishni tashkilot atamasining mazmunini ochib berishdan boshlaymiz: Rus sosiologi A.I. Prigojinning, tashkilot atamasi uch xil ma’noga ega1, deb izoh beradi.

Birinchidan, tashkilot - muayyan guruh doirasida yangi me’yorlarni ishlab chikishni, barkaror alokalar urnatishni, ijtimoiy guruh a’zolarining sa’y-harakatlarini muvofiklashtiruvchi uyushmadir. Bu kabi faoliyat eng avvalo «tashkil kilish» suzi bilan ifodalanadi. Boshkacha aytganda, bu faoliyat hamkorlik kuchi yordamida guruhda uzaro kelishilgan harakatlar uchun sharoitlar yaratishga karatiladi. Masalan, muayyan korxona rahbari ishlab chikarish jarayonini tashkil kiladi. Bunda u kul ostidagi kishilarni ish joylariga shunday taksimlashi lozimki, buning natijasida ma’lum ishlarning bajarilish tezligi, uzluksizligi, unumdorligi ta’minlanishi kerak buladi. Bundan tashkari, u uzaro almashinuvni ta’minlashi, ishlab chikarishni, ish kuni tartibini, korxona ishchilari va ta’minotchilarining uzaro harakatlari me’yorlarini tashkil kilishi kerak. Bu faoliyat ishlab chikarish jarayonining tashkiloti deb ataladi

Ikkinchidan, tashkilot deganda biror bir obyektning belgisi, uning tartibga solingan strukturaga ega bulish hususiyati nazarda tutiladi. Bu ijtimoiy obyektning bir-biri bilan uzaro boKlangan kismlardan tashkil topishini va kandaydir ichki tuzilishga ega bulishini bildiradi. Bu ma’noda «tashkilot» atamasi tashkil etilgan va tashkil etilmagan strukturalarni farklash uchun ishlatiladi. Agar biror bir ijtimoiy guruh barkaror ijtimoiy rollarga (ya’ni har bir kishi uz vazifasini bajarishi) ega kishilarning xatti-harakatini tartibga soladigan koida va konunlarga, hamda boshka guruhlar bilan tartibli alokalarga ega bulsa, bunday guruhni uyushgan guruh deb ataydilar.

Uchinchidan, tashkilot deyilganda, ma’lum ijtimoiy vazifani bajaradigan sun’iy ravishda tashkil kilingan ijtimoiy guruh tushuniladi. Masalan, maktab - yosh avlodga ta’lim berish vazifasini bajaradigan muayyan mikdordagi kishilardan iborat ijtimoiy guruhdir. Bu ma’noda bank - pulni tuplash, taksimlash va tartibli foydalanish vazifasini bajarishda ishtirok etadigan kishilardan iborat bulgan tashkilotdir.

Yukorida sanab utilgan tashkilot tushunchasining uch ma’nosi bir-biri bilan chambarchas boKlik. Uar kanday uyushgan guruh (bu tushunchaning uchinchi ma’nosi), uni tashkil kilish ya’ni uning ichki strukturasini, aloka tizimlarini, madaniy xususiyatlarini tashkil kilish, hamda ijtimoiy rollarni taksimlash faoliyati davomida vujudga kelishi lozim. Agar ushbu uyushgan guruh shakllanadigan bulsa, u holda biz tashkil kilingan deb ataladigan ichki sifatga ega bulgan tashkilotni nazarda tutamiz.

Jamiyatda «tashkilot» atamasining yukorida kurib chikilgan ma’nolari tashkilot mohiyatini tushunishga va uning ilmiy ta’rifini topishga imkon beradi.

Tashkilotning ta’rifi. Fanda tashkilotning juda kup ta’riflari mavjud. Bu ta’riflarda tashkilot kupincha rasional tizim yoki maksadga erishishga yunaltirilgan tizim sifatida namoyon buladi. Tashkilotga kuyidagicha ta’rif berishimiz mumkin: Tashkilot eng avvalo uzaro boKlangan va uziga xos maksadlarga erishishga yunaltirilgan ijtimoiy guruhdir. Uar kanday tashkilot a’zolarining hatti-harakatini ma’lum ma’noda umumiy natijaga erishish uchun uyKunlashtira olsa, bunday tashkilot maksadga muvofikli hisoblanadi. Masalan, korxona ma’lum turdagi maxsulotni ishlab chikarishni yulga kuyish uchun, siyosiy partiya siyosiy dasturni amalga oshirish uchun, shifoxona esa bemorlarni davolash uchun mavjud buladi.

Bundan tashkari, tashkilotlar - yukori darajada rasmiylashgan guruhlardir. Ularning ichki strukturasi shu ma’noda yukori darajada rasmiylashganki, bunda tashkilot doirasidagi konun koidalar, ish tartiblari amalda uning hamma a’zolarining faoliyatini kamrab oladi. Ular anik va ravshan tuzilgan va hamma rollarni va rolli alokalarni uz ichiga oladi. Tashkilot strukturasida u yoki bu mavkelarni bajarayotgan individlarning shaxsiy sifatlaridan kat’iy nazar, ularga rolli harakatlar takdim etiladi. Rahbar, uning muovinlari yoki ijro etuvchilar shaxsiy sifatlaridan kat’iy nazar uzlarining majburiyatilarini xizmat doirasida uzaro munosabatlarini belgilab beradigan konun koidalarga buysunib bajaradilar.

Yukorida sanab utilgan asosiy hususiyatlardan kelib chikib, tashkilotni ma’lum maksadlarga erishishga yunaltirilgan va yukori darajada rasmiylashgan strukturaga ega bulgan ijtimoiy guruh deb ta’riflash mumkin.

Ijtimoiy tashkilotlarga kuyidagi hususiyatlar xos:

1. Xar kanday tashkilot uz maksadiga ega, chunki u anik maksadlarni amalga oshirish uchun tuziladi va uning faoliyati maksadga erishganlik darajasi bilan baholanadi. Bunda tashkilot kishilar xatti-harakatini tartibga solish va birlashtirish vazifasini bajaruvchi vosita ekanligini anglanadi.

2. Maksadga erishish uchun tashkilot a’zolari uziga xos rol va status (mavke) lar buyicha taksimlanishga majburdirlar. Shunga muvofik, ijtimoiy tashkilot uzining a’zolari tomonidan bajarilishi kerak bulgan ijtimoiy holat va rollarning murakkab uzaro boglangan tizimini ifodalaydi. Ijtimoiy tashkilot kishiga takdim kilingan ijtimoiy status va ijtimoiy rol doirasida, hamda usha ijtimoiy tashkilot doirasida kabul kilingan me’yorlar va kadriyatlar chegarasida uz ehtiyoj va manfaatlarini kondirishga imkon beradi.

3. Tashkilot mehnat taksimoti va uni ixtisoslashtirish asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham ijtimoiy tashkilotlarda turli gorizontal strukturalar buladi. Lekin tashkilotning muhim hususiyatlaridan biri-unda boshkaruvning vertikal (iyerarxiyali, ya’ni pillapoya) shaklda bulishidir. Aynan shu yerda boshkaruvchilar va boshkariluvchilar harakati yakkol kuzga tashlanadi. Boshkaruvning iyerarxiyaga (pillapoya shaklida) asoslanganligi maksadga muvofiklilikni ifoda etadi.

4. Boshkaruv tizimi tashkilot faoliyatini tartibga solish va nazorat kilish uchun uziga xos vositalarga ega. Bu vositalar orasida intitutsional yoki ichki tashkiliy deb ataladigan me’yorlar ya’ni ma’lum vakolatlarga ega bulgan uziga xos institutlarning faoliyati bilan tuziladigan me’yorlar muhim rol uynaydi. Mazkur institutlar me’yoriy talablarni hayotga joriy kiladi va uziga xos ta’siri bilan ularni kullab kuvvatlaydi.

Yukoridavgi turt omil asosida muayyan tashkilot uzaro aloka va harakat munosabatlarni tartibga soladigan maksad, aloka va me’yorlar tizimi sifatida paydo buladi.

Tashkilotning uziga xos belgilarini farklash bilan birga sosiologlar tashkilotlarni ma’lum turlarga ajratishadi. Eng avvalo ijtimoiy tashkilotlar rasmiy va norasmiy tashkilotlarga bulinadi. Bu kabi turlarga ajratish me’zoni bulib, ularda mavjud bulgan aloka, uzaro harakat va munosabatlarni rasmiylashganlik darajasi hisoblanadi. Rossiyalik sosiolog A.I. Prigojin, rasmiy tashkilot - aloka, status va rollarni ijtimoiy rasmiylashtirish asosida tashkil kilish usulidir2, deb izoh beradi. Rasmiy tashkilotning asosida ixtisoslashtirish natijasida paydo buladigan mehnat taksimoti yotadi. Mehnat taksimoti status-mansablar tizimi kurinishida namoyon buladi. Uar kanday status va mansablar ma’lum vazifalarni bajarishga muljallanganki, natijada hamma vazifalar tashkilot a’zolari urtasida taksimlanadi. Mansab statuslari vazifalar buyicha iyerarxiya (pillapoya) shaklidagi struktura asosida, turli tashkiliy bulimlar esa buysunuvchilar tamoyili asosida yulga kuyiladi.

Rasmiy tashkilotning faoliyati rejalashtiradigan va me’yorga soladigan regulyatorlarni, mansab xatti-harakatining me’yor va namunalarini, faoliyat dasturlarini, raKbatlantirish tamoyillarini uz ichiga oladi.

Amerikalik sosiolog A. Etsioni rasmiy tashkilotlarni uch asosiy: majburiy, erkin va utilitar (manfaatli) tashkilotlarga ajratadi3. Erkin tashkilotlar deyilganda kishilar ixtiyoriy ravishda a’zo buladigan va a’zolikdan ixtiyoriy ravishda chikadigan tashkilotlar nazarda tutiladi. Bularga kizil Yarim Oy jamiyati, Yashillar harakati, jamoa tashkilotlari, Xotin-kizlar jamiyati yakkol misol bula oladi. Kishilar erkin tashkilotlarga bush vaktlarini unumli utkazish, uz dunyokarashlariga yakin kishilar bilan aloka urnatish, muayyan ijtimoiy xizmatlarni amalga oshirish, ma’lum ijtimoiy muammolarni hal kilish uchun a’zo buladilar.

Kishilar ba’zan uzlari istamagan holda, yoki majburiy ravishda ba’zi tashkilotlarning a’zolari bulib koladilar. Bunday tashkilotlar majburiy tashkilotlar deb ataladi. Majburiy tashkilotlarga axlok tuzatish shifoxonasi. kamokxona, turma, armiya va boshkalar misol buladi.

Ba’zan kishilar ma’lum amaliy sabablar, foyda yoki manfaat tufayli tashkilotlarga kushiladilar. Bunday tashkilotlar utilitar (manfaatli) tashkilotlar deb ataladi. Universitetlar, Korporasiyalar, birlashmalar, firmalar, davlat muassasalari kishilarning ma’lum manfaatlarini kondirish uchun tuziladigan tashkilotlarga kiradi. Utilitar (manfaatli) tashkilotlar erkin va majburiy tashkilotlar orasida yotadi. Masalan, biz biror-bir tashkilotga majburiy ravishda ishga kabul kilinmaymiz, lekin uzimizning turmush darajamizni yulga kuyish uchun ishlashga mas’ulmiz

Uar kanday rasmiy tashkilot boshkaruv tizimiga ega. Tashkilotning boshkaruv shakllari: ozchilik hokimiyati - aligarxiya; bir kishi hukmronligi - avtokratiya; xalk hokimiyati - demokratiya singari yunonlarning boshkaruv usullaridan kelib chikib, yaratilgan.

Bu tushunchani sosiologik nuktai nazardan olib karasak, boshkaruv - bu institut, administrasiya, korxona yoki boshka maksadli guruhlar faoliyatining yukori darajada aniklik va samarali ishlashini ta’minlaydigan tizimdir. Sosiologiyada boshkaruv tizimining tasnifini baholashda bir-biriga zid bulgan fikrlar mavjud. Nemis sosiologi M. Veber boshkaruvning imkoniyatlarini juda yukori baholaydi va uni ideal tip sifatida tahlil kiladi. M. Veberning fikricha, boshkaruvning ideal tipi kuyidagi hususiyatlarni uz ichiga oladi:



  • boshkaruv faoliyati doimo amalga oshiriladi;

  • boshkaruv organiga kiradigan shaxslar shaxsan erkindirlar, lekin ular bajaradigan vazifalari doirasida harakat kiladilar;

  • mansab va statuslarning iyerarxiya asosida taksimlanishi;

  • har bir mansab va statuslarning vazifalari anik belgilangan buladi;

  • kishilar shartnoma asosida ishga olinadilar;

  • ishchi va xodimlarni tanlash ularning ma’lumotiga karab amalga oshiriladi;

  • boshkaruv apparati tomonidan chikarilayotgan har kanday buyruk, karor, konun koidalar hujjatlashtiriladi va saklanadi;

  • mansabdor shaxslarning hatti-harakati, faoliyati, ma’lum vositalar orkali nazorat kilinadi.

  • boshkaruv faoliyati uziga hos kasbga aylanadi.

  • mansabdorlarni tayyorlash buyicha ta’lim tizimi mavjud buladi.

Boshkaruv tizimi tuKrisidagi Veber ta’limoti zamonaviy sosiologlar tomonidan tankid ostiga olindi, masalan T. Parsons, A. Goldner nuktai nazaricha hokimiyatning ikki tipi - iyerarxiyada tutgan mavke va kasbiy bilim bir-biriga karama-karshi keladi. Boshkaruvchi hokimiyati buyrukka asoslanadi, shuning uchun ham unga buysunish ixtiyoriy bulmaydi Mutaxassisga buysunish uning ijtimoiy va kasbiy statusini tan olish bilan boKlik. Bu ikki asosiy hokimiyat urtasidagi ziddiyat doimiy nizolar uchun asos buladi.

Uozirgi kunda har kanday ijtimoiy tashkilotda boshkaruv apparatining bulishi talab etiladi. Agar ushbu boshkaruv tizimi bulmaydigan bulsa, tashkilot faoliyatini yulga kuyish juda mushkul buladi. Sunggi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi, ayniksa kompyuter tizimining keng joriy kilinishi natijasida boshkaruv tizimida ma’lum sifatiy uzgarishlar ruy bermokda. Bularni tahlil kilish va urganish yangi tadkikot vazifasi hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida ijtimoiy institutlarning yangi turi, u ham bo’lsa, o’z-o’zini boshqarish jamoa va jamoatchilik institutlari paydo bo’lib, ularni nodavlat tashkiliy muassasalar sifatida jamiyatda eng muhim muammo, masalalarni hal etadi.

Ijtimoiy institutlarning eng muhimi jamiyatda, u ham bo’lsa siyosiy hokimiyatni ta’minlaydigan siyosiy institutlar va ularga muvofiqlashgan iqtisodiy institutlar bo’lib, bu institutlar jamiyatda ishlab chiqarish va taqsimot jarayonini va maishiy xizmat va siyosiy boshqaruv sohasini tashkil etadi.

Toshkent Davlat Milliy Universiteti sosiologlari «Umumiy sosiologiya» qo’llanmasida ijtimoiy institutlarning qo’yidagi amal qilish doirasi va vazifalarini va ijtimoiy institutlarining ko’rinishlarini ko’rsatib beradi.

1. Relyasion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to mashg’ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning tarkibini (rolga oid) aniqlab boradi;

2. Regulyativ (idora etish) ijtimoiy institutlar. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va undan chiqib ketgandan keyin qo’llaniladigan sanksiyalarini (ijtimoiy nazoratning hamma mexanizmlari) belgilab beradi;

3. Integrativ (uyg’unlashtiruvchi) ijtimoiy institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas’ul bo’lgan ijtimoiy rollarni ifodalaydi.

4. An’anaviy ijtimoiy institutlar. Bu ijtimoiy institutlar odat, marosimlar va qarindosh-urug’chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog’liqdir.

5. Madaniy ijtimoiy institut. Din, san’at, adabiyot bilan bog’liq sohalardir.

Shu bilan birga o’quv qo’llanma mualliflari sosiologiyada institusional sosiologiyada ijtimoiy institutlarning bajaradigan vazifalarini qo’yidagicha ko’rsatib beradi.

a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish va qaytadan tiklash (bunda oila ko’zda tutilgan bo’lsa kerak – A.Sh.);

b) ijtimoiyizasiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo’lgan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakllari, bu albatta ma’naviy merosni ko’zda tutgan bo’lishi mumkin – A.Sh.);

v) ishlab chiqarish va taqsimot (bu iqtisodiy jarayonni ko’zda tutgan – A.Sh.);

g) tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish. («Umumiy sosiologiya», Toshkent 1999 yil, 75-bet) kabi sohalarni ko’rsatib bergn. Albatta bu ko’rsatishlar bir tomonlama ahamiyatga egadir.

Ijtimoiy institutlarning eng muhimi, bu jamiyatda oila bo’lib, uning faoliyati asosan ota-onalar o’rtasida, ota-onalar farzandlar o’rtasidagi munosabatlar va tarbiya (metodlar) uslublari muammolari bo’lib, ularning natijasi jamiyat uchun qimmatli bo’lib, ijtimoiy jamiyatning huquqiy norma va qadriyatlarini, axloq-ma’naviyatini aniqlab beradi.

Ulardan tashqari ijtimoiy institutlar ichida jamiyatda ijtimoiy funksiyalar bajaradigan ijtimoiy-madaniy institutlar bo’lib, ularga xalq maorifi, Oliy ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniy-tarbiyaviy muasasalar, fan-texnika, diniy muassasalar va boshqa sistemalar kiradi.

Ijtimoiy institutlar ijtimoiy muhit bilan uzviy aloqada bo’lib, ijtimoiy jamiyatni vujudga keltiradi va rivojlantiradi. Bu munosabatlar normal holatda yuz bersa, jamiyat rivojlanishi ham normal holatda taraqqiy etadi yoki bu normal holatda bo’lmay, buzilsa aksincha inqilobiy ijtimoiy vaziyat yuz beradi.

Ijtimoiy institutlarning jamiyatdagi ijtimoiy muhitdagi o’zaro aloqalari eng muhim funksiyani – konkret ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishdir.

Jamiyatda bu jarayon, ya’ni konkret ijtimoiy ehtiyojlar doimo, nafaqat personlashgan shaxsning hatto yoki ijtimoiy gruppada, qatlamlar, sinflar o’rtasida ham o’zgarib turadi. Bu jamiyatga ham ta’sir etib turadi. Ijtimoiy institutlarda ikki holat muhim rol o’ynaydi.



  1. Disfunksiya

  2. Depersonasiya

Ulardan a) ijtimoiy institutlarning jamiyat manfaatlariga muvofiqlashmagan faoliyatlari jamiyatda disfunksiya holatini vujudga keltiradi va u sohani disfunksiya deyiladi.

(Disfunksiya – faoliyatsizlanish degan ma’noni beradi, bu jamiyat uchun zararli sohadir).

Bu holat jamiyatda ham tashqi, ham ichki (tashkiliy) holatda mazmunda yuz berish mumkin.

I. Ijtimoiy institutlarning disfunksiya jarayonining tashqi holatda yuz berishi, bu ko’pincha kadrlar orqali, moddiy vositalar va:



    1. tashkiliy tartibsizlik;

    2. ishqollik – kelishmovchilik; janjallik – niqof;

    3. nizolik va ixtiloflik kabi uchta holatda yuz beradi. Bu esa jamiyatni tashqaridan buzilishiga olib keladi. (Shu sababli jonkuyar kadrlar, kuchli intizom, stabil moddiy holat kerak).

II. Ichki holatda- mazmunli holat ijtimoiy holatlarning disfunksiyalashuvining yuz berishi eng xavfli va muhim bo’lib, u maqsadsiz faoliyatlarning (hozirgidek go’yo hyech maqsad yo’q), noaniq funksiyalar-vazifalar, ijtimoiy qiyofasining, obru-e’tiborining jamiyat a’zolari oldida tushib ketishidir.

Ijtimoiy institutlar faoliyatining noaniqligi ijtimoiy ehtiyojlar harakterini yo’qotadi, hizmat faoliyati ahamiyati yo’qoladi, faqat simvolik, namoyishkorona xizmat holati figuraga o’xshab muallak bo’lib qoladi.

Disfunksiyalashishning bu ijtimoiy institutlarda depersonizasiyalashuvi oqibatida ham yuz beradi. (Shaxslashtirish jarayonining buzilishidir). Bu degan so’z butun ijtimoiy institutlarning butun ijtimoiy funksiyalarining (rahbarlik asosan yuqoridan qo’yigacha) bajarilishini shaxs sifatiga qaramasdan, ularning jamiyatga sodiqligini hisobga olmasdan kim to’g’ri kelsa qabul qilish va ularga ijtimoiy institutlar-jamiyat taqdirini mas’uliyatsiz shaxslarga topshirib qo’yish oqibatida yuz beradi va jamiyatni to’liq inqirozga olib keladi, hamma joyda poraxo’rlik, ifloslik, olib sotarlik, o’g’rilik, yashirin mafiya yuz beradi, jinoyatchilik-korrupsiya kuchayadi. Oqibatda ijtimoiy institutlar faoliyat ko’rsatishdan to’xtaydi. (Oila bo’lsa tugaydi). Bu holatning belgilari tezda sezila boradi, dastlab jinoyatchilar boshqaruv apparatlaridan joy olib boradi va bu prosess tezlashadi, ana shu vaqtda oldini olish mumkin. Bu holatlar oldi olinmasa, ijtimoiy institutlarda shaxslashtirish boshlanmasa, ijtimoiy buzilishga-ijtimoiy inqiroz, keyin inqilobga yoki siyosiy davlat to’ntarilishiga olib keladi.

«Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qilish, yurtimiz shon-shahratini yuksaltirish, adolat, insof va diyonat hukmron bo’lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik burchimizdir» - deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz.

O’z Vatanining munosib farzandiman deb bilgan har bir inson, ayniqsa yoshlar farovon kelajak hayotini namunali turmushini yaratish uchun burchlidir. Yoshlar shuni yaxshi bilmog’i lozimki, ularga hyech kim tayyor holda bunday hayotni mukammal turmushni qurib bermaydi. Ularning o’zi bu yo’lda tinmay faoliyat, mehnat qilmog’i va jonbozlik ko’rsatmog’i lozim.

Kishilar turmush tarzi jamiyat hayotining shunday jihatiki, u hyech qachon kun tartibidan tushib qolmaydigan masaladir. Turmush tarzi deganda, kishilarning mehnat sohasidagi ijtimoiy hayotining barcha jabhalaridagi oila va kundalik hayot faoliyatlarining majmuasi tushuniladi.

Jamiyat hayotning bu sohasi sosiologiya fanida muhim o’rin egallaydi. Turmush tarzi sosiologiyasi maxsus nazariya sifatida jamiyat hayotining muayyan bosqichda qo’yidagi jihatlarni o’rganadi:

I) Kishilarning mehnat sharoiti, uning ijodiy harakteri, qo’l mehnatiga nisbatan texnikalashgan, avtomatlashgan mehnat jarayonining salmog’i.

2) Turmushda moddiy ne’matlarni iste’mol qilish darajasi, uning bo’sh vaqti, bunda aholi daromadining ortib borishi darajasi, iste’mol darajasining ortib borishi, yashash sharoiti, uy-joy bilan ta’minlanganligi; aholiga maishiy xizmat ko’rsatish turlari va ularning darajasi, sifati; uy mehnatini, xususan, ayollarning uydagi mehnatini yengillashtiruvchi zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi darajasi.

3) Aholining savodxonlik darajasi, ta’lim darajasi va sifati, turmush madaniyati darajasi va uning zamonaviyligi.

4) Aholi salomatligi darajasi, unda aholiga ko’rsatiladigan tibbiy medisina xizmatning sifati; onalar va bolalar salomatligini saqlash darajasi; o’rtacha umr ko’rish ko’rsatgichi; jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish darajasi.

5) Kishilarning ma’naviy kamoloti darajasi va jamiyat ijtimoiy hayotidagi faoliyati darajasi va shu kabilar.

Sosiologiyada turmush tarzi qo’yidagi tiplarga ajratilib o’rganiladi:


  1. Faol yaratuvchilikka asoslangan ijodiy, sog’lom turmush tarzi;

  2. Iste’molchilikka asoslangan faol turmush tarzi;

Xulosa
Faol yaratuvchilikka asoslangan turmush tarzi-jamiyat hayotning barcha sohalarida ijtimoiy faollik, oliy darajadagi fuqarolik iffati, ahloqiy, ma’naviy va jismoniy sog’lom, mehnatda o’zaro munosabatda, muloqotda yuksak madaniyatlilik, salbiy hodisalarga murosasizlik bilan qarshi kurashish, tabiatga nisbatan oqilona munosabatda bo’lish, atrofdagilarga nisbatan mehr-muhabbatda bo’lish kabi sifatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’ladi.

Iste’molchilikka asoslangan faol turmush tarzining asosiy ko’rsatkichlariga ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi salbiy oqibatlar kiradi. Ishlab chiqarish va iste’moldagi yo’l qo’yilgan isrofgarchiliklar, atrof-muhitning ifloslanishi, yemirilishi, ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib keladi.

Moddiy va ma’naviy boyliklarning isrof qilinishi jamiyatning qashshoqlanishiga olib keladi. Iqtisodning oddiy normalarini saqlamaslik, tejab-tergamaslik, moddiy, ma’naviy, jismoniy, moliyaviy zahiralarni ko’r-ko’rona, o’ylamasdan sarf qilish, isrof qilish, sifatsiz, aholi ehtiyojiga mos kelmagan mahsulotlarni yoppasiga ishlab chiqarish kabi faoliyat turlari iste’molchilikka asoslangan turmush tarzining asosiy salbiy xususiyatlarini tashkil qiladi.

O’rtamiyona turmush tarzi esa faol yaratuvchilikka asoslangan sog’lom turmush tarzi bilan iste’molchilikka asoslangan ijtimoiy faoliyat o’rtasidagi barcha usullari va ko’rinishlardagi ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Uning harakterli xususiyatlariga iste’molning oqilona tarzdagi me’yori o’rtacha faollik, turmush madaniyatining o’rtacha sifat darajasi kiradi.

Turmush tarzining bu ko’rinishi jamiyat a’zolarining ko’pchiligiga xosdir.

Noqonuniy tarzdagi tekinxo’rlikka asoslangan turmush tarzi esa ijobiy ijtimoiy hayot tarziga zid hisoblanadi.



Bunday turmush tarzi o’zgalar hisobiga kun ko’ruvchi, nosog’lom hayot kechiruvchi va mehnatsiz daromad oluvchilarga xosdir. Afsuski, turmush tarzining bu ko’rinishi jamiyatimiz hayotida hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan uning salmog’i yanada oshmoqda.


1 Јаранг А.И. Пригожин Социология организацие. М:1980 39-41 бетлар.

2 Пригожин А.И. Социология организация. 1980. 37 стр.

3 Каранг. James W. Yander Zanden. Sociology. The Core. Osio state Uniyersity 1990.p 208.




Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə