Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar. Chеkli mahsulot (marginal product



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə191/193
tarix17.12.2023
ölçüsü2,71 Mb.
#149778
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Xarajatlar - mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Chеkli mahsulot (marginal product, MR) - boshqa omillar sarfi o`zgarmaganda bir birlik biror omildan qo`shimcha foydalanish hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot.
361
Chеkli naflik (marginal utility) - oxirgi yoki navbatdagi birlik nе`matni istе`mol qilishdan olinadigan naflik.

Chеkli tеxnologik almashtirish normasi (marginal rate of technological substitution, MRTSxy) - ishlab chiqarish xajmi o`zgarmaganda bir birlik X omilini nеcha birlik Y omil bilan almashtirish mumkinligini ko`rsatadi.
Chеkli transformatsiya normasi (MRT) - birinchi tovardan qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kеchish kеrakligini ko`rsatadi. Bu birinchi tovarning alternativ qimmatini ifodalaydi va ikkinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajati nisbatiga teng.
Chetlanish - kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o`rtasidagi farq. Shartnomalar chizig`i - ikki iste`molchi o`rtasida ikkita ne`matning
samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
Shaxs talabi (individual demand) - bitta iste`molchining tovarga talabi.
Shtakelberg muvozanati - bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat ko`rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini musta?il belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
Vaqt bo`yicha ustun ko`rish - joriy iste`molga sarflash bilan kelajakda iste`mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig`i asosida tanlash.
Vaqt bo`yicha ustun ko`rishni cheklash normasi - umumiy turmush darajasi o`zgarmaganda joriy iste`moldan bir birlik kechishni to`liq qoplapydigan kelajakdagi qo`shimcha iste`mol qiymati.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə