Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari


Logistik tizim faoliyat yuritishini baholash



Yüklə 32,53 Kb.
səhifə3/5
tarix25.01.2023
ölçüsü32,53 Kb.
#99259
1   2   3   4   5
mavzu

Logistik tizim faoliyat yuritishini baholash.
Boshqarishning muhim omillaridan biri - materiallarni o’z vaqtida yetkazib berish. Buning uchun kerakli operatsiya bajarilishiga (masalan, yuk ortish, yukni eltish va boshqa) qancha vaqt ketishini va operatsiyani boshlash uchun qancha vaqt kerakligini aniqlash zarur.
Buyurtmalarni bajarish muddati resurslarga bo’lgan ehtiyoj miqdoriga, ta’minot jarayonining ishonchliligiga ta’sir qiladi, buyurtmalarni bajarish muddati uzoq bo’lsa, u mintakaviy omborlardagi katta nomenklaturali zaxiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi. Lekin boshqa tomondan qaraganda, buyurtmalarning shoshilinch, qisqa vaqtda bajarilishi har xil xatolarga olib kelishi mumkin. Masalan, olingan resurslar miqdori yanglish bo’lishi, sifati to’g’ri kelmasligi, yoki umuman kerak bo’lmagan mahsulot yetkazishi mumkin. Masalan, AQShda taqsimlash doirasida buyurtmalarning eng kam bajarilish muddati (ishlab chiqarish vaqti ham hisobga olinadi) - 7 kun, eng ko’p muddati - 72 kun.
Buyurtmaning bajarilishiga ketadigan vaqt taqsimlash kanallarining holati va rivojlanishiga bog’lik. Bu taqsimlash kanallari mahsulot ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni bog’laydigan vositaga aylanayapti va xilma-xil bir-biri bilan bog’lik vazifalarni bajarayapti. Unga: sotish, marketing, kredit berish va boshqa xizmat turlari kiradi. Firmalarning ko’pchiligi taqsimlash jarayonini faqat qisman nazorat qiladi, demak, ularning butun tabiiy taqsimlash tizimiga qiladigan ta’siri ham qismandir.
Logistika texnologiyasining o’zgarishi, mahsulot va xizmatlar sifati ahamiyatining o’sishi, taqsimlash kanallarining tuzilishi va vazifalarining o’zgarishiga olib keladi, texnologiyani takomillashtirishga intilish tug’diradi.
Logistika tizimi samarasining ortishi: taqsimlash doirasining asosiy kapitaliga quyiladigan sarmoyalar mikdori ortishiga olib keladi, logistika tizimi tuzilishi va obyektlari joylashishining o’zgarishiga olib keladi. Hozirgi kunlarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarni farqlash juda ham qiyin. Logistika tizimi qismlari vazifalarining o’zgarishi katta qiyinchiliklar bilan o’tayapti. Integrasiya ayrim xo’jalik turlarining ahamiyati ortayapti, boshqalarining ahamiyati pasayib yoki umuman yo’q bo’lib ketayapti. Bu jarayonlarga yana xalq xo’jaligining holati, davlatning iqtisodiy siyosati ham ta’sir qiladi.
Ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faqat ulgurji savdo jarayonini nazorat qilibgina qolmay, bevosita iste’molchiga sotish jarayonini ham o’z nazoratiga olayapti. Iste’molchilarga to’g’ridan-to’g’ri yuk yuborishga moslashtirilgan qo’shimcha omborlar qurilayapti. Ko’p kompaniyalar taqsimlash kanallari, zaxiralar miqdori va sotish hajmidan xabardor bo’lish maqsadida ulgurji savdo tizimi bilan bevosita aloqa o’rnatgan.
3-reja: Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi

Yüklə 32,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə