Logistik tizim tushunchasi va uning konsepsiyalari


Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi



Yüklə 32,53 Kb.
səhifə4/5
tarix25.01.2023
ölçüsü32,53 Kb.
#99259
1   2   3   4   5
mavzu

Logistik tizimning menejment va marketing bilan bog’liqligi
Iqtisodiy rivojlanishning G’arbdagi andozalariga ko’ra, "logistika" "marketing" va "menejment"dan ajralib chiqib, alohida ilmiy yo’nalish olishi uchun qariyb yarim asr talab etilgan edi. Logistika tizimi boshqarish vazifalari bilan uzviy bog’liq. Lekin logistika tizimiga eng katta ta’sir ko’rsatadigan vazifalardan biri - marketing siyosati va taktikasi. Logistika tizimining servis chegaralarini marketing talablari aniqlaydi.
Marketing taktikasi bevosita logistikaning xarajat ko’rsatgichlariga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarishning assortiment bo’yicha ixtisoslashishi marketing yordamida sezilarli darajada rivojlanadi.
Mahsulot assortimenti qancha ko’p bo’lsa, ishlab chiqarishning har bir doirasi, buyurtmalar bilan ishlash, zahiralarni nazorat qilish va boshqarish vazifalari murakkablashib ketadi. Mahsulotlar assortimenti taqsimlash muammolarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Masalan, mahsulotning asosiy modelini texnologik davr qo’shimcha xarajatlari hisobiga kamaytirish jarayonida o’zgartirish mumkin. Bu holda ishlab chiqarish uchun kerakli bo’lgan xom ashyo, materiallar va komplektasiya qismlari assortimenti kamayadi.
Lekin, ko’pincha mahsulotlar faqat marketing talablariga asoslanib ishlab chiqariladi. Unda ko’p hollarda tabiiy taqsimlanish bahosiga qanday ta’sir qilinishi hisobga olinmay, mahsulotlar o’zgarishiga olib keladi.
Mahsulotning yangi turini ishlab chiqarishga joriy qilish, odatda, tabiiy taqsimlanish jarayonida kutilmagan xarajatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, avval ishlatilmagan yangi xomashyo turlariga ehtiyoj paydo bo’lishi mumkin. Hattoki, faqat o’rami o’zgargan mahsulot ta’minot doirasi uchun yangi assortiment birligi deb hisoblanadi. Lekin, shuni aytib o’tish kerakki, xar bir assortimentning o’zgarishi xarajatlarning o’sishiga olib kelavermaydi. Ayrim hollarda ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish darajasi ortishi, mehnatni tashkil qilishining yaxshilanishi mumkin, bular orqali anchagina mablag’ va mehnat tejalishi mumkin. Assortimentning kengayishini rejalashtirish, zahiralarni boshqarish, xarajatlarni kamaytirish doiralarida korxonalar oldiga qo’yilgan vazifalarni murakkablashtiradi.
Amerika va yapon kompaniyalarining assortiment siyosatini solishtirsak, ancha farq qilishini ko’ramiz. Yapon kompaniyalari modellarni cheklangan miqdorda ishlab chiqaradilar. Ayrim komplekt qiluvchi mahsulotlar, masalan, avtomashinalarga o’rnatiladigan kondisionerlar, (namunaviy o’lchovda bo’ladi), avtomashinalarga sotishdan oldin dilerlar tamonidan o’rnatiladi. Amerikalik ishlab chiqaruvchilar esa iste’molchilarni har bir modelning turli xillari bilan ta’minlaydilar, hattoki, maxsus buyurtmalarni ham bajaradilar. Bunday assortiment siyosati xarajatlarning ortishiga olib keladi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilishni, rejalashtirish va nazorat qilishni murakkablashtiradi.
Marketing vazifalaridan yana biri - tabiiy taqsimlanishning servis xizmati doirasida aniq chegaralarini belgilaydi. Uning sifatiga yuk yetkazish tezligi, yuk yetkazish muddatlarining bajarilishi va logistika tizimi talablarini zudlik bilan qondirish qobiliyalari ta’sir qiladi. O’z tomonidan logistika marketingning sotish usullariga juda katta ta’sir qiladi. Agar firma maxsus taklif taktikasi asosida ish olib borsa, ya’ni oldindan belgilangan rejalarsiz sotishlar tashkil qilsa, tabiiy taqsimlanish tizimi: transport, omborlar, buyurtmalarni rasmiylashtirish - sotish jarayonining tezlashishiga tayyor bo’lishi kerak.
Logistika tizimining holati taqsimlanish kanalini tanlashda katta ahamiyatga ega. Logistika qiymatiga oid tahlil ko’pincha xarajatlarni kamaytirish yo’llarini topish uchun qilinadi; bu tahlil ta’sirida ro’y bergan o’zgarishlar marketingga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, omborlar sonini kamaytirish, zahiralar miqdorini kamaytirish, transportning arzonroq turlariga o’tish hisobiga xarajatlarni kamaytirish xizmat ko’rsatish sifati o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Logistika tizimini tahlil qilish asosida marketing xizmati taqsimlanish jarayonining maqsad va vazifalarini aniqroq belgilaydi. Logistikaning tizimli tahlili marketing quroli bo’lib, xizmat ko’rsatish andozalarini o’rnatadi. Rasmdan ko’rinadiki, tadbirkorlik logistikasi menejment va marketing strategiyalaridagi tamoyillarning amaliyligini ta’minlashda muhim zaruriy to’ldiruvchi vositadir.
G’arb namoyondalarining tahlillariga ko’ra, moddiy ne’matlar harakatini yaxlit oqim sifatida boshqarish aylanma mablag’lar aylanuvchanligini tezlashtiradi; moddiy zahiralarning 30 – 50% gacha tejalishiga olib keladi, moddiy ne’matlarning boshlang’ich manbadan pirovard iste’molchiga yetkazish vaqtini 25-45% ga qisqartiradi [1].
Marketing va logistika mahsulot assortimentini tanlashda to’qnashadi. Chunonchi, marketing strategiyasida aniqlangan mahsulot assortimenti logistik zanjir tuzilishining o’zgarishiga olib keladi.










Marketing:
1.Nima? Kim uchun? Qanday usul bilan?
2.Iste’molchi tanloviga ta’sir etish;
3.Bozorda 4R qoidasiga amal qilish;
4.Sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish.




Yüklə 32,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə