Lolayev abrorning geodemografiya fanidan mustaqil ishi


RIVOJLANGAN DAVLATLARDA AHOLI JOYLASHUVINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI



Yüklə 39,32 Kb.
səhifə3/9
tarix08.02.2023
ölçüsü39,32 Kb.
#100445
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 MUSTAQIL ISH

6

RIVOJLANGAN DAVLATLARDA AHOLI JOYLASHUVINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Jamiyat taraqqiyotining XIX asrida sanoat inqilobi natijasida aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘plab ko‘chib borishi, yirik shaharlar sonining ko‘payishi, shahar aholisi salmog‘ining ortib borishi va qishloq joylarga shahar turmush tarzi hamda madaniyatining kirib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan urbanizatsiya 48 jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlana bordi. 1800-yilda Yer shari aholisining 3 foizi, 1900-yilda 13,6 foizi shaharlarda yashagan bo‘lsa, XXI asrga kelib bu ko‘rsatkich 50 foizdan ortib ketdi. 2009-yilda jahon shahar aholisining soni 3.4mlrd ni tashkil etib, ilk marotaba qishloq aholisi soni bilan tenglashdi. 16 Shu yildan e ’tiboran, shahar aholisining soni qishloq aholisiga nisbatan yildan yilga ortib bormoqda. 1800-1850-yillar orasida shahar aholisi 50min.ga, keyingi asm ing dastlabdi 50 yili ichida 500mln.ga ko’paygan bo’lsa, so’nggi 50 yil davom ida esa bu ko’rsatkich 2,5mlrd.dan ortiqni tashkil etdi.(2-jadval). 2-jadval Dunyo shahar aholisi dinamikasi Yillar Shahar aholisi soni, mln.kishi Jami aholidagi ulushi, %da 1800 29,3 3,0 1850 80,8 6,4 1900 224,4 13,6 1950 730,4 28,9 1960 1028,0 33,9 1970 1381,2 37,4 1980 1822,3 41,1 1990 2261,3 43,0 2005 3125,6 47,9 2016 3 880,1 ** 53,0 BМТ Aholishunoslik Departamenti mа’lumotlari Xususan, dunyoning qator rivojlangan davlatlarida urbanizatsiya jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda,, “Urban” (lot. urban- shahar), “zatsiya” (pyc.) - jarayon demakdir. Urbanizatsiya murakkab hodisa ekanligi tufayli uni faqat bitta mezon, ko‘rsatkich bilan ifodalash, o‘lchash mumkin emas. Ammo, shunday
bo ‘lsada, barcha uchun qulay bir o ‘lchov kerak. U ham bo‘Isa, mamlakat va boshqa xududlar aholisining qanchasi, qancha qismi shahar joylarda yashashi, ulushi, nisbiy hissasidir. Masalan, O ‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 51%, Tojikistonda, 32%, A fgonistonda 19%, Turkm anistonda 48% va h.k. Urbanizatsiyaning umumiy ko‘rsatk ich i bilan mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasi va uning tarkibiy tuzilishi orasida ma’lum aloqadorlik bor. Chunonchi, agar urbanizatsiya koeffitsyienti taxminan 70-75 va undan ortiq bo‘lsa, u holda ma lakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat hisoblanadi; 50-70% - bu ham rivojlangan, milliy iqtisodiyoti industrial-agrar; 30-50% - rivojlanayotgan agrar - industrial va 30 foizdan past bo‘lsa, sust rivojlangan agrar mamlakat holatida bo‘ladi. Urbanizatsiya va iqtisodiy rivojlanish o ’rtasidagi munosabatlar kompleks bo’lib, iqtisodiy o ’sish urbanizatsiyaning yuqori darajalarida natija berishi mumkin, urbanizatsiyaning yuqori darajalari o ’z navbatida iqtisodiy o ’sishni yanada kuchaytiradi. Milliy iqtisodiyotdagi har bir sektor iqtisodiy faoliyati tabiati urbanizatsiyaga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, qishloq xo’jalik tashkilotlari turli urbanistik makon o’lchamiga, unumdor ekinlar fermer va ishchilarga yaxshi foyda keltirib, intensiv fermerlik tizimi mahalliy urbanistik markazlaring keskin o ’sishiga olib keladi. Madaniy turmush tarzi turlari afzalliklari urbanizatsiya darajasiga ta ’sir ko’rsatadi. Umuman
7

olganda, iqtisodiy rivojlanish darajalari va urbanizatsiya darajasi o ’rtasida qalin bog’liqlik bor ekan, potensial ta ’sir darajasi turli milliy sharoitda turli omillar muhim bo’Iishi mumkinligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, urbanizatsiya darajasiga ta ’sir qiluvchi omillar bog’liqligi muhimligi vaqt o’tishi bilan mamlakatni yanada urbanizatsiyalashgan qilib qo’yadi (M .Pacione, 2009, 134-b.) Ammo, shuni alohida ta ’kidlash joizki, urbanizatsiyaning yuqoridagi ko‘rsatkichi hamma vaqt va hamma joylarda - ham real hududiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettirm aydi, M asalan, Rossiya Federatsiyasining Chukotka o‘lkasida yoki Kamchatka, Magadan viloyatlarida, o‘zimizning Qoraqalpog‘istonda urbanizatsiya ko‘rsatkichi nisbatan yuqori. Biroq, bu hududlar iqtisodiy jihatdan uncha rivojlanmagan va soxta urbanizatsiya” deyiladi.O‘zbekiston bilan Turkmanistonni olaylik: urbanizatsiyaning demografik ko‘rsatkichi Turkmanistonda biznikidan ko‘ra ancha yuqori.Vaholanki.iqtisodiyotda bunday xulosa chiqarish noto’g‘ri bo‘lardi. Urbanizatsiyaning ikkinchi asosiy ko’rsatkichi yirik shaharlarning m avjudligidir. XIX asr boshida jahon urbanizatsiyasining asosiy m anzarasini ko‘rsatuvchi aholi soni 100 mingdan ziyod shaharlar 65ta boMgan boMsa, keyingi asr o ’rtasida ular 360ta va XXI asr bo‘sag‘asida 2000dan ortdi. M illioner shaharlar esa hozirgi kunda 220ta boMdi. BM T prognoziga ko’ra, 2030-yilga borib yer yuzi aholisining uchdan ikki qismi jahon YAIM ning 80 foizini beruvchi yirik shaharlarda yashaydi. Zamonaviy urbanizatsiya yer yuzida shaharlarning U rbanizatsiyaning sifat jihatlari ham kam emas. Bu - shahar turmush tarzi, shahar madaniyatining yoyilishida o ’z ifodasini topadiki, uni qishloq va shahar joylari bilan taqqoslaganda ko’rish mumkin. Demak, u yoki bu mamlakat urbanizatsiya darajasini boshqa mamlakat bilan qiyoslaganda quyidagilarga e ’tibor berish lozim : - shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, Turkmanistonda buning uchun 5 ming kerak, 0‘zbekistonda - 7 ming); -shaharlarning umumiy soni va zichligi; -yirik shaharlarning mavjudligi; -shahar aglom eratsiyalarining rivojlanganligi; -qishloq - shahar va mayatniksimon migratsiya; -aholining bandlik darajasi va tarkjbi; -qishloq joylar urbanizatsiyasi, qishloqliklarda shaharchasiga yashash tarzining mavjudligi va h.k. Yuqoridagilar urbanizatsiyaning naqadar murakkab ijtimoiy iqtisodiy hodisa ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Albatta, urbanizatsiya - bu obyektiv va umuman olganda ijobiy jarayon . Ammo uning salbiy tomonlari ham yo‘q emas. Chunonchi, ekologik va sotsial muammolaring keskinlashuvi hozirgi zamon globalizatsiyasining eng ko‘zga ko‘rinarli salbiy “yo’ldoshlaridir”. Urbanizatsiya- mamlakat yoki boshqa hududlam ing “shaharlashuvini” anglatadi. U o‘ta murakkab, ijtimoiy- iqtisodiy va butun dunyoga xos global jarayondir. Urbanizatsiyaning geografik jihatlari ham kam emas, chunki urbanizatsiya turli mamlakat va rayonlarda o‘zgacha sodir bo’lmoqda. Urbanizatsiya garchi shaharlarning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lsada, u XIX asr oxirlarida sanoat inqilobi natijasida aholinig ish izlab qishloqlardan shaharlarga yoppasiga ko‘chib kelishi asosida jadal rivojlandi. Dastlab urbanizatsiya Yevropada boshlanib, hozirda c ho‘qqisiga yetib orqaga qaytmoqda. Masalan, AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Belgiya kabi rivojlangan davlatlarda urbanizatsiya darajasi
8
80-90 foizga yetdi. Shaharlar nihoyatda kattalashib, aholisi 10-12 m ln.ga etdi. Aholi o‘ta zich joylashgan binolar, shovqin-suron, turli asabbuzarliklar, keskin ekologik - nozogeografik vaziyatdan qochib (dezurbanizatsiya), ochiq tabiat qo‘yniga intilmoqda. Natijada suburbanizatsiya, ya’ni shaharlaring shahar atrofida o‘sishi kuzatilmoqda. Lotin Amerikasida bu jarayon o‘z cho‘qqisida, Osiyo, Shimoliy Afrika mamlakatlarida jadal bormoqda, aholining qishloqlardan shahar, ayniqsa poytaxt shaharlarga ko‘chishi natijasida Mumbay, Kalkutta, Jakarta, Karachi, Qohira, Tehron, Manila, Lagos, Dakka kabi yirik shaharlar aholisi 12-15 mln.ni tashkil etmoqda. Ayrim davlatlarda Afg‘oniston, Nepal, Bangladesh, Butan, Tropik Afrika davlatlarida esa u hali boshlangani yo‘q. 1994-2025-yillarda Osiyo 1.5 mlrd shahar aholiga ega bo’lishi kutiladi. Yoki bu Yevropaning har bir yangi shahar fuqarosiga 23 Osiyolik shahar fuqarosi to’g ’ri kelishiifi bildiradi. Lotin Amerika va Karib havzasida ham umumiy urbanizatsiya darajasi keskin ko’tarilib, 1970-yilda 163 mln. Aholi shaharlarda yashagan bo’Isa, 1994-yilga kelib, 349 mln.ga yetdi. M intaqa shahar aholisi 2025-yilgacha 601 mln. ga yetishi kutilib, bu raqamlar Yevropadagiga nisbatan yuqori bo’lib hisoblanadi - 598 mln. Afrika esa dunyoning har qanday mintaqasidan tezroq o ’sishni namoyish etib, 1970-yilda 84 mln. ga ega bo’lgan bo’lsa, 1994- yilgacha 240 m ln.ga ortdi, 2025-yilgacha 804 m ln.ga yetishi kutiladi. Bu barcha urbanistik ko’rsatkichlami tahlil qilish orqali tasdiqlangan bo’lib, kelgusida m intaqalam ing urbanizatsiya darajasini yaqqol namoyish etib beradi. (M.Pacione, 2009, 69-b.) O'rta Osiyo va O'zbekistondagi urbanizatsiya sharqona xususiyatga ega. Binobarin, bu yerda urbanizatsiya ko'rsatkichini yaqin kelajakda 70 -8 0 foiz b o 'lish in i tassavvu r qilish qiyin va bunday aslo bo'lm aydi ham. Sababi bizda shaharlar 52 rivojlanishi qishloq joylar bilan qadimdan an'anaviy holda bog'liq. Qolaversa, bunday mamlakatlarda, urbanizatsiya ham katta ahamiyatga ega. Boz ustiga, respublikam iz rahbariyati qishloq joylarda ijtimoiy-iqtisodiy tub o'zgarishlarni amalga oshirish, qishloq industriyasi va infrastrukturasiga jiddiy e'tibor qaratm oqdaki, bu ham urbanizatsiya, uning ichkaridan, "yashirincha" rivojlanishidan darak beradi. Demak, urbanizatsiyaning um um iy demografik ko'rsatkichi garchi ma'lum qulayliklarga ega bo'lsa-da, "uning ayrim nozik" jihatlari ham mavjud. Amerikalik shaharshunos olim J.Jibbs urbanizatsiyjarayonini o ‘rganish asosida uni quyidagibosqichlardan iboratligini aniqlaydi. 1-bosqich - qishloq joylarda, qishloq belgilari ustun b o ‘lgan shaharlar vujudga kela boshlaydi, am m o ular hali qishloqlar rivojlanishidan ortda b o 'lad i. 2-bosqich - shaharlar rivojlanishda qishloqlardan o ‘zib ketadi, qishloq areallarida m arkazlar paydo b o ‘ladi. 3-bosqich - qishloqlardan aholi shaharlarga k o ‘chib boradi, areallarning m arkazlarida aholi k o ‘payib, aglom eratsiyalashuv jarayoni ro ‘y bera boshlaydi, atroflarida aholi kam ayadi. 4-bosqich - aholi yirik shahar va aglom eratsiyalarda to ‘planadi, kichik shahar va qishloqlarda esa kam ayadi. 5-bosqich - yirik shaharlardan ahoji kichik shahar va qishloqlarga, shahar atroflariga qaytadi. Demak, urbanizatsiya ana shu bosqichlarni bosib o ‘tadi, biroq u turli hududlarda o‘ziga xos tarzda turli vaqtlarda am alga oshadi.
9

Yüklə 39,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə