Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash

Yüklə 10,95 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü10,95 Kb.
#167497
1   2   3   4   5

Loyihani moliyalashtirish boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari mustaqil ravishda belgilaydi.

Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil variantlarni taqqoslash va tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda loyihaning ihtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi.

Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga qobiliyatligini asoslash uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga buyurtmachi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi.

Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir qilmasligi yoki juda ham kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.

Yüklə 10,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə