M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


 ZIG‘IRNI O‘RIB OLISH VA YIG‘ISHTIRISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

4.1. ZIG‘IRNI O‘RIB OLISH VA YIG‘ISHTIRISH
Unib chiqqandan 8—10 kundan keyin asta-sekin o‘sayotgan zig‘ir 
poyasida sekin uzayayotgan katakchalarni – ingichka devorchalarni va 
katta kanalli tolalarni ko‘rish mumkin.
Tola 2—3 qatorli xatosiz qo‘shma zanjirday tarqaladi. Gullash 
davrida tolalar soni tez ko‘payadi va tutam shaklini oladi, tola devorlarni 
qalinlashadi, ichki o‘lchamlari qisqaradi.
Gullash oxirida tolalar soni ko‘paymaydi, lekin elementar tolalar 
pektin moddasi yordami bilan aloqalar kuchayadi. Bu aloqa gullashdan 
2—3 hafta keyin yoki ekishdan 11—12 hafta keyin juda mustahkamlikka 
erishadi. Bu paytda tolalarning daraxtlanishi (dag‘allashuvi) kam bo‘ladi. 
Shuning uchun tola olinadigan zig‘irni ana shu davrda yig‘ishtirib olish 
kerak, bu davrda zig‘ir tolasining umumiy ko‘rinishi yaltiroq-sariq, pastki 
qism barglar so‘ligan, qolgan barglar sarg‘ayayotgan, faqat eng ustki 
3.10-rasm. ALT rusumli titish-yuvish mashinasining texnologik chizmasi:
1 — ta’minlovchi transportyor; 2 —qayiruvchi mexanizm (poya uchun);
3, 6 — titish barabanlari; 4, 7 — birinchi va ikkinchi seksiyadagi qisib olib yuruvchi 
transportyorlar; 5 — seksiyalararo uzatuvchi mexanizm;
8 — pressga o‘tkazuvchi transportyor; 9 — siquvchi press.
2
1
4
3
6
5
7
8
9


123
barglar hali yashil holida bo‘ladi. Bu esa yuqori hosildorlik va sifatli tola 
olishni ta’minlaydi, garchi urug‘ni ishlatib bo‘lmasa ham, lekin qurish 
to‘g‘ri olib borilsa, bu urug‘lar to‘lishishi va ularni ekishda ishlatish 
mumkin. Keyinroq, zig‘ir sariq holida urug‘ batamom olib tashlanadi, 
lekin tola tezda yopishqoq legnin moddasi borligi tufayli dag‘allashadi 
(yopishqoq – tez qotuvchan).
Zig‘irni yig‘ishtirib olishda uning to‘liq uzunligini saqlab qolish 
uchun ildizi bilan qo‘porib olinadi, bog‘lab keyingi ishlov uchun 
dalada qoldiriladi. Buning uchun zig‘ir qo‘poruvchi mashinalar va zig‘ir 
kombaynlari ishlatiladi.
Zig‘ir poxoli — urug‘ boshog‘i olingan zig‘ir. Ular kaltak lash jarayonida 
ajratiladi. Ajratishda poyadan avval boshoqlar, keyin esa urug‘ olinadi. 
Kaltaklashda boshoqlar buziladi va urug‘lar ajratiladi. Olingan zig‘ir poxoli 
yerga yotqiziladi (tresta olish uchun) yoki birinchi ishlov berish uchun 
zavodlarga yubo riladi.
Poya va zig‘ir tolasi
Zig‘ir poyasining o‘rtacha uzunligi 60—100 sm, o‘rtacha diametri esa 
d = 0,8 - 1,4 mm. Poyaning o‘rtacha sifati M = Lt/d = 400 - 700. M > 700 
bo‘lganda poyadan eng sifatli tola olinadi, M < 400 bo‘lsa, sifatsiz tola 
bo‘ladi. Poyaning diametri d < 1,5 mm gacha kattalashsa, tola ko‘payadi 
(kattalashadi), diametr d > 1,5 mm dan keyin tolalar soni o‘zgarmaydi.
Poyaning ust qismi plyonka bilan qoplangan (4.4-rasm).
Uning tagida teri va o‘zak joylashgan bo‘lib, bular birgalikda (zig‘irni) 
3.11-rasm. a — uzun kanop tolasi quritiladigan dorlar.
b — tuzilish chizmasi:
1 — tros yoki sim uchun teshiklar; 2 — tirgak.
f
50
800
600
1
25x25
d
T
=50
2
400
1700
2100
350
a
)
b
)


124
lubni tashkil qiladi. O‘zak ingichka devorli parenxim katakchalardan 
tuzilgan. Ular o‘zakning hamma elementlarini birlashtirishga xizmat 
qiladi, o‘zakda, shuningdek, prozenxim (uzaytirilgan) katakchalar bo‘ladi, 
ular o‘zlarida elementar tola larni ushlab turadi.
Po‘stloq tagida, markazga yaqin joyda o‘simta (4.4-rasm) joy lashgan, 
u qalin devordan iborat va po‘stloqdan yupqa qatlam bilan ajralib 
turadi. O‘simta tolali tutamlar bilan birgalikda poyani sinishdan saqlaydi. 
Poyaning o‘rtasida o‘zak joylashgan.
Elementar tolalar 10—25 mm uzunlikka ega, diametri 15—20 mkm 
va chiziqli zichligi 0,125—555 teks. Qisqa tola bitta dalada yetishtirilgan 
uzun poyalardan 3—5 mm uzunlik ajratiladi. Yo‘g‘onlik va mustahkamlik 
poyaning pastki qismidan tepaga qarab kamayib boradi. Birinchi 
ishlov berish bilan poyadan olinadigan texnik tola bir-biri bilan yon 
shoxobchalar va po‘stloq qatlamlari bilan birlashgan elementar tola 
tutamlari kompleksini namoyon qiladi. Elementar tola tutamlarining 
aralashuvi bilan uning uzunligi 50 dan 250 mm gacha yetadi. Ba’zan 
yakka tutam lar bir-biriga tegib turgan ust qismlari yoki yon shoxobchalari 
bilan birlashgan elementar tolalari orqali birlashib, texnik tolani tashkil 
qi ladi. Uning uzunligi 40—125 sm, o‘rtacha o‘lchami d = 150—250 
mkm, chiziqli zichligi 1,8—8 teks. Texnik tolaning mustah kamligi 
tutamning mustahkamligiga, uzunligiga, qalinligiga, ele mentar tola 
soniga bog‘liq.
Zig‘ir poxoliga birinchi ishlov berish quyidagi jarayonlardan iborat: 
tresta olish; quritish; trestani ezish; zig‘irni kaltaklash; chiqindilardan 
tozalash; navlarga ajratish; qisqa va uzun tolalarga ajratib, toylarga 
presslash. Birinchi ishlov berishda, 2/3 qism uzun tola va 1/3 qism qisqa 
tola olinadi.
Zig‘irga ishlov berish zig‘ir zavodlarida va jamoa xo‘jaliklarida 
boshlanadi. Xomashyo zavodga poxollar shaklida yoki tresta shaklida 
kuzda va qishning boshlarida olib kelinadi, u bir necha oy mobaynida 
yopiq joylarda saqlanadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə