40
uzatish tizimining nasos va purkagich oralig‘ida esa, albatta, tozalash
filtri va yoqilg‘i qizitgichi o‘rnatilishi shart.
Issiqlik generatorlarining qiziydigan barcha tarkibiy qismlari va bo‘g‘inlari,
gaz quvurlari issiqlikning sexda sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘y maslik
uchun
issiqlikni o‘tkazmaydigan qoplama bilan o‘ralishi kerak. Xuddi shu
maqsadda o‘t yoqish quvurining shiberi labirintsimon zichlagich bilan
ta’minlanishi kerak (quvur va burilma qopqoq orasi).
1.7-rasmda sanoatda keng tarqalgan 2SB—10 quritgichining
texnologik chizmasi keltirilgan. Paxta ta’minlagich (2)
orqali baraban
(5) ga uzatiladi, quritish agenti esa quvur (1) orqali beriladi, quritiladi
va chiqarish tarnovi (13) tomon suriladi hamda u orqali keyingi qayta
ishlashga uzatiladi. Ishlatilgan quritish agenti quvur (6) orqali atmosferaga
chiqariladi.
1.6- j a d v a l
2SB—10 rusumli quritgichning texnik tavsifi
Paxta quritishning texnologik tartibi
Tayyorlov punktlarida topshiruvchilardan qabul qilingan paxtaga
quritish-tozalash sexlarida ishlov beriladi, bundan maqsad paxtani kerakli
darajada saqlashga tayyorlashdir. Bunda 1, 2 va 3-nav paxtalar – 11 foiz;
4 va 5 – nav paxtalar – 14 foiz namlikkacha quritiladi. Quritgichlarning
ish tartibi paxtaning navi, dastlabki namligi va talab etiladigan namlikni
pasaytirish darajasiga qarab o‘rnatiladi (1.3 va 1.4-jadvallar).
Namligi
19 % gacha bo‘lgan paxta bir marta quritiladi. Namligi 29 % dan ortiq
bo‘lsa, ikki marta quritiladi va hokazo.
Zavodning tozalash sexiga quritish uchun namligi 14 % dan yuqori
bo‘lmagan paxta yuborilishi kerak.
Paxta va tola tozalagichlarida iflos aralashmalardan ajratish jarayoni
qiyin kechmaydigan seleksion navlar uchun paxtaning birinchi sanoat
navlari namligini 8—9, past navlarini esa 9—10 % gacha quritish tavsiya
41
etiladi.
Quritish tozalash sexi sharoitida 2SB—10 va SBO (SBT) quritgichlarida
uzun tolali paxtani quritish xuddi o‘rta tolali paxtani quritishdek amalga
oshiriladi.
Valikli jinlash zavodlarida paxtani qayta
ishlashning maqbul sifat
ko‘rsatkichlariga erishish uchun uzluksiz texnologik jarayonda paxta
6,5—7,0 % namlikkacha quritiladi.
Qiyin tozalanadigan o‘rta tolali paxtani qayta ishlashda maqbul sifat
ko‘rsatkichlariga erishish uchun paxtaning birinchi navlari 6,5—7,0 %
namlikkacha quritiladi. Bunda quritgichlarning
ish tartibi paxtaning
dastlabki namligiga, namlikning pasayishi miq doriga va qayta ishlash
paytidagi ob-havo sharoitlariga qarab belgilanadi.
Namligi 9 % bo‘lgan paxtaga barabanli quritgichda 130° gacha ha-
roratda bir marta termik ishlov beriladi. Namligi 9% va undan ko‘p bo‘lgan
xomashyoni quritish birin-ketin ikki quritgichda — avval issiqlik tashuvchi
bilan jadvalga muvofiq, keyin ochiq havoda
sovuq tashqi havo bilan
ikkinchi quritgichda, agarda bulutli yoki yomg‘irli havo bo‘lsa, 60°—80°
darajagacha isitilgan havo bilan paxtani quritish amalga oshiriladi.
Paxtani quritgichlarda quritish ikki bosqichda bajariladi. Pax taga
1.7-rasm. 2SB—10 rusumli quritgich chizmasi:
1 — quvur; 2 — paxta ta’minlagich; 3 — paxta ta’minlagich;
4 — barabanning ko‘ndalang kesimda ko‘rinishi; 5 — baraban;
6 — ishlatilgan issiq havoni chiqarish quvuri; 7 — qovurg‘a; 8 — mufta;
9 — reduktor; 10 — dvigatel; 11, 14 — tayanch; 12 — quritilgan pax tachiqarish
quvuri; 13 — chiqarish tarmog‘i.
4
Nam
2
3 5
paxta
Issiq
havo
14
I
II
13
12
11
10
9
8
7
6
I
–
I
kesim
II
–
II
kesim
Ishlatilgan
havo
42
ishlov berishning birinchi bosqichida quritgich orqali 18—20 ming m
3
/
soat quritish agenti sarflanadi. Quritish agentining sar fi tutunso‘rgich
oldidagi siyraklanish miqdori bilan belgilanadi.
Ik kinchi bosqichda
paxtaga ishlov berish tutunso‘rgichning yo‘nal tiruvchi apparatini to‘la
ochgan holda amalga oshiriladi.
1-sinf 1 va 2-navli paxtani (ikkinchi bosqichda ishlov bermas dan)
«oliy» va «yaxshi» sinfli tola olish sharti bilan bir marta quritishga
ruxsat etiladi. Namligi 8 % dan yuqori bo‘lgan urug‘lik chigit 7,0—8,0 %
namlikkacha, qiyin tozalanadigan navlar esa 6,5—7,0 % namlikkacha
quritiladi.
Tozalash mashinalari batareyasi va uzluksiz
ishlov berish tizimi
majmuidagi quritgichlarning birida 9 % gacha namlikdagi urug‘lik
paxtani quritish ko‘zda tutilgan. Paxtaning namligi 9 % dan ko‘p bo‘lgan
taqdirda quritish avval issiq quritish agenti bilan birinchi quritgichda,
keyin atmosfera havosi bilan ikkinchi quritgichda quritiladi.
Dostları ilə paylaş: