M. A. Axmatov Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat insti tuti kafedra mudiri, t f. n, dotsent


JUNNING SINFLANISHI VA STANDARTLASHTIRISH



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/49
tarix22.03.2024
ölçüsü3,01 Kb.
#183342
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
tabiiy tolalarga dastlabki ishlov berish

5.2. JUNNING SINFLANISHI VA STANDARTLASHTIRISH
Tabiiy qo‘y juni chorvachilik xo‘jaliklarida yetishtirilib, asosan, 
qo‘ylarning junini qirqib olish yo‘li bilan tayyorlanadi. Jun olish vaqti 
asosan ikki faslda amalga oshiriladi.
a) bahor paytida (issiq vaqt boshlanishida);
b) kuz paytida (sentabr oyida).
Mayin jun olinadigan qo‘ylar bir yilda faqat bir marotaba — bahor 
faslida, dag‘al jun olinadigan qo‘ylar esa bir yilda ikki maro taba 
olinadi. Qo‘yning tana qismidan olingan jun bosh, oyoq hamda dum 
qismidan olingan junga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Qirib 
olingan junlar sinflarga ajratiladi. Kasal qo‘ylardan ajratib olingan junlar 
barcha kasalliklarning (Sibir yaz vasi, brutsillyoz) oldini olish uchun 
dezinfeksiya qilinadi. Jun runo ko‘rinishida ajratib olinib, tayyorlov 
punktlariga topshiriladi. Har bir partiya o‘zining veterinar ko‘rigidan 
o‘tgan guvohnomasi va ser tifikatsiyasi bilan bo‘lishi shart. Jun tayyorlash 
punktlariga og‘irligi 150—200 kg qilib toy ko‘rinishida presslanadi. 
So‘ngra JDI fabrikalariga jo‘natiladi. Jun tashqi ko‘rinishiga, qalinligi va 
uzun ligiga qarab sinflarga ajratiladi.
Albatta, qirqib olingan mavsumi ham bir xil bo‘lishi shart. Tolaning 
tarkibi bo‘yicha jun bir tekisda va aralash ko‘rinishda bo‘ladi.
Texnologik xususiyati bo‘yicha jun mayin, yarim mayin, yarim dag‘al 
va dag‘al bo‘ladi.
Junni sinflarga ajratishda Angliyada Bralford tizimi joriy etilgan bo‘lib, 


138
u faqat bir tekisdagi junlar uchun qo‘llaniladi.
Ushbu tizim bo‘yicha 14 ta sinf mavjud: 90
k
, 80
k
, 70
k
, 64
k
, 60
k
, 58
k
, 56
k

50
k
, 46
k
, 44
k
, 40
k
, 36
k
, 32
k
, 28
k
.
Ko‘rsatilgan son qancha kichik bo‘lsa, jun tolasi shuncha yo‘g‘on 
bo‘ladi, agar ikki sinf orasida bo‘lsa, unda kasr ko‘rinishida bo‘ladi, ya’ni 
58/56
k
.
Ilmiy-texnik sinflanishi bo‘yicha junning nafaqat qalinligi, balki uning 
uzunligi, yigirilish xususiyati va ilashuvchanligi ham hisobga olinadi.
5.1-j a d v a l
Junning qalinligi bo‘yicha sinflanishi
Tolalar 
soni
3,75 
Tola qalinligi 
Dag‘al jun
Mayin jun


139
Tayyorlov punktlaridan JDI fabrikalariga jo‘natishda jun sinflarga va 
navlarga ajratiladi. Dag‘al jun asosan uch sinf va navga ajratiladi. Junning 
tashqi ko‘rinishi orqali me’yorli, sarg‘aygan, repey bilan ifloslangan
sarg‘ayib repey bilan ifloslangan guruhlarga bo‘linadi. 
Junlarni saralash — uning turlari bo‘yicha saralanadi. 
Merinos junlari Davlat Standartlari bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi 
(uzunligi bo‘yicha).
I — 70 mm va yuqori.
II — 50 — 70 mm.
III — 40 — 50 mm.
IV — 25 — 40 mm.


140
Qalinligi bo‘yicha: 80
k
, 70
k
, 64
k
, 60
k
. Junlar mayin, yarim mayin, dag‘al, 
yarim dag‘al turlarga bo‘linadi.
Dag‘al qo‘y junlari 19 turga hamda 4 ta navga bo‘linadi.
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha me’yorli /N/, sarg‘aygan /P/, repey bilan 
ifloslangan /S/ sarg‘ayib repey bilan ifloslangan /SP/, iflos va nuqsonli /
SRD/ sinflarga bo‘linadi.

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə