sufizm
vakillari o‘rtasida
murosasiz
to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Xaqiqatni bilishni
inkor qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yoMi bilan yaqinlashish mumkin
deyuvchilar (Al-Ashiriy, g‘azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun
qo‘yuvchi mashhur faylasuflar Farobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta’limoti vujudga keldi.
Evropa madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e’tiqodning ajralishi sodir
bo‘ldi. Uilyam Okkam (XVI asr)-e’tiqod va idrok, falsafa va din o‘rtasida hech
qanday umumiylik yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-
biridan mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deb,
asoslaydi. Bu g‘arbda oliy qudrat sifatida ayniqsa, «XVII asr ilmiy inqilobi» davrida
tabiiy inson idrokini o ‘stirishning katta g‘alabasi uchun turtki bo‘ldi. Musulmon
SHarqida boshqacharoq yo‘nalish ustunlik qildi. Bunda ilm, idrok har doim faqat
ma’naviy yuksalish yo‘lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa
maqsadga qaratilishi mumkin emas. SHuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab
tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlaming barchasi
dindan ajralmagan holda sodir bo‘ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun zarur
hisoblangan ma’naviy asosni qidirishda davom etgan.
g‘arb va SHarq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarii farqlar ham
mavjud. o ‘rta asr Evropasida cherkovning ahamiyati alohida o ‘rin tutadi. CHerkov
xudo va inson o‘rtasidagi vositachi bo‘lib, faqat u insonning ruhini ilohiy
«mo“jiza» yordamida xalos qilishi mumkin (cho‘qintirish, tavba, nikoh
udumlarida). CHerkov, o‘zining yozma an’analariga ega boMmagan Evropadagi
56
qabilalar uchun bilimlami to‘plovchi va saqlovchi joy bo‘lib, ta’lim tizimining
shakllanishida, jamiyatning ijtimoiy tuzilishida, huquqiy va axloqiy mezonlari
shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Islomiy an’analaming asosiy o‘ziga xosligi
shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovutga ajratmasdan,
mutloq «sof diniy» mazmunda ekanligidir. Islomda hech qachon xristianlikdagi
diniy aqidalami qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo‘lmagan.
Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi alohida diniy
institutning (cherkovni) mavjud g‘oyalari bilan muvofiq kelmagan. E’tiqod
aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash davlat yoki diniy muassasaning,
xalifalaming sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik fikrining shakllanishi
xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida boiib, ulaming obro‘yi
diniy bilimlarga asoslangan. Din masalalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirish huquqiga
har bir musulmon ega boigan, faqat u qur’on va hadisga zid boimasligi lozim edi.
Xristianlik shaxsning bir qadar maishiy mustaqilligini ta’minladi. Diniy va dunyoviy
ibtidoning bir qadar mustaqilligi xususida Injilda shunday deyilgan: «qaysarga
hokimiyat, taqvodoiga esa Xudoni bering». Islomda kishi faqat va so‘zsiz Xudoga
tegishlidir. Musulmon kishi islom buyurganicha fikr yuritadi, shunga muvofiq «din»
va «mentalitet» tushunchalarini ajratish mumkin emas. Agar xristian uchun injilga
madaniyat yodgorligi sifatida munosabat bildirishi mumkin, musulmon uchun qur’on
biron-bir madaniyatga qiyos qilib boimaydigan, ilohning beqiyos timsoli, balki
sifatidir. Xristianlikda «qism» va «butun»ning maqsadi o‘zaro munosabatda bir-birini
taqozo qiladi (dindor va cherkovning, individ va umumning), o‘z iroda kuchidan xoli
boiganidek, cherkovdan tashqarida shaxsiy najot mumkin emas. Islomda alohida
individning taqvodorligini uning qanchalik shaxsiy zohidligi emas, umma
(musulmonlar qavmi) ishlarida shunchalik qat’iy yoi-yo‘riq asosida ishtiroki
belgilaydi, busiz najot topishi mumkin emas, ya’ni islomda ayrim butunga qo‘shilgan
kabi seziladi.
Diniy va dunyoviy asosdagi bir qadar avtonomiya oqibatda dunyoviy hokimiyat
vu cherkov o‘rtasida kurashni keltirib chiqardi. Evropada butun o‘rta asrda davom
ctgun bu kurash Reformatsiyani vujudga keltirdi. Reformatsiya jarayonida (XVI
n»r) Evropada ruhoniylar guruhisiz (ilohiyat xizmatchilari) yangi cherkovlar
vujudga keldi. Dindorlar o 'z oralaridan va’zchilarini belgilaydilar, hashamatli
un'unalardan voz kechadilar va o‘z ibodatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xudoga murojaat
i|lludilar. Islohiy cherkovlar dunyoviy alomatlarga ega b o iib siyosiy hokimiyat
i/niida boiadilar. Reformatsiya Evropa xalqlarining milliy madaniyatlar rivojiga,
mllliy lillami qaror topishiga sharoit yaratdi, jumladan, Martin Metor Injilni
lolinchadan nemischaga tarjima qildi. Islom siyosiy madaniyati «maslahatli
ik'inokratiya» shaklini yaratdi, Xalifalik tamoyili qur’ondagi uchta qoidaga binoan
yamtildi. Ulardan birinchisi hukmdomi o‘z fuqorolari bilan «maslahatlashishini»
vu umumning fikrini inobatga olib qaror qabul qilishni talab qiladi, boshqasi
iHinhqurishni va munozaralami adolat bilan hal qilishga chaqiradi, uchinchi qoida
ми «Allohning elchisiga» dindoming bo‘ysunishini talab qiladi. Xalifa monarx
•win. despot ham emas, uning boshqa musulmonlardan farqi, faqat e'tiqodni
evByliisli va shariat me’yorlarini bajarish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan
•lum , Xnlila hokimiyatni- meros tarzda olishi va Qoldirishi mumkin спш*.
57
Xaliflikka da’vogar va jamoat o‘rtasida kelishuv-mubayi asosida xalifa
hokimiyatni olishi mumkin. U barcha musulmonlar jamoasidan yoki ulaming
taniqli vakillari bo‘lgan-mujahitlar tomonidan saylanadi. har bir musulmon singari
xalifa ham musulmon huquqi me’yorlariga to‘la bo‘ysunushi va har qanday
nojo‘ya xatti-harakati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Islom tadqiqotchilari
ta’kidlashicha, xalifa haqidagi shartnoma -k o ‘p asrlar davomida «jamiyat
shartnomasi» (JJ. Russo) g‘oyasini ifoda etib keldi.
Evropada CHerkov qadimgi yozuv sirlarini saqlab kelgani uchun uzoq vaqt
talim sohasida monopoliyaga aylanib qoldi. o‘rta asrlarda Evropaning ko‘p aholisi,
shu jumladan yuqori tabaqalar ham savodsiz edi. Ko‘p ritsarlar o'zining
savodsizligidan faxrlanib, o'qish va yozishga ehtiyoji yo'qligi, bu vazifani mirzo
va monahlar bajaradi deb hisoblaganlar. Evropada shaharlaming qayta tiklanib,
rivojlanishi CHerkovning ta’lim va ilm sohalaridagi monopoliyasiga chek qo'ydi.
X asrdan boshlab savdogar va hunarmandlar bolalari uchun dastlab dunyoviy
maktablar, keyin universitetlar paydo bo‘ldi.
Musulmon SHarqida bu jarayon bir oz boshqacha kechdi. Xar bir e’tiqodli
mo'min-musulmon arab tilini bilishi va qur’onni o'qiy olishi farz bo'lgan.
qur’onni xatga bitilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. VIII
asrda As-Sibavayxiy arab grammatikasiga o id rasar yozadi, XIII asrda arab tilining
ikkita lug'ati yaratildi, bu As-Sag‘aniyning lug'ati va Ibn-Manzuriyning «Arablar
tili» lug'atlaridir. VIII-XI asrlarda qadimgi YUnon olimlarining deyarli barcha
asarlari, shuningdek, hind, shorn va fors mualliflari asarlari ham arab tiliga tarjima
qilingan. Falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyotga oid ilmiy atamalar deyarli
ishlab chiqiladi. Arab tili o'rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri bo'lishi
bilan birga, Xindistondan to Ispaniyagacha bo'lgan xalqlami birlashtiruvchi
xalqaro muomala til b o iib hisoblangan.
Musulmon madaniyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga
muhabbatdir. YAngi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga boigan
ishtiyoqni qondirib, turli fanlaming mazmunini ommabop shaklda ifodalash
imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega boidi.
Musulmon SHarqida m aium otli kishi hokimiyatning eng yuqori pog'onasiga
chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko'pincha SHarq hukmdorlari saroyida
shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar,
munajjimlar saroy xizmatchisi sifatidaga m aium otli kishilarga katta ehtiyoj
boigan. M aium otli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi
bilishi, kiyinishni farqlashi, she’r yozish qobiliyatiga ega bo'lishi, o 'z joyida
askiya, hikoya ayta bilishi, zarur boigan. Turli xil ta iim tizimi: diniy ta’lim
beruvchi maktab va madrasalar, shuningdek, dunyoviy taiim-xususiy maktablar
rivoj lanadi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri
hisoblanadi. o 'rta asrlar davrida davlatchilik, millatlaming yangi shakllari vujudga
kelishi yuz beradi, hozirda muomalada boigan tillar shakllanib, ta’lim va fan
tizimi yanada taraqqiy etadi. Farming turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib
bordi. A. Gumbold aytgani kabi, arablar «tabiiy fanlar ijodkori» bo'lib, ular tajriba
va mezon yo'liga asos soldilar. IX-asrda musulmon SHarqida rasadxona quriladi;
58
yulduzlaming aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya,
optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug‘rofiya sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar
yozildi. Ulug' alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog‘i bo'lgan
algebraga asos soldi. Buyuk SHarq olimlari Xorazmiy, Farobiy, Ibn sino, Ibn
Rushdiy kabi ko'plab alloma asarlaridan Evropaning yangi avlod olimlari ta’iim
oldi. Tabiatni ratsional anglash an’analami o‘zlashtirib va yanada takomillashtirib,
XHI-asrda R. Bekon induktiv mantiq usulini yaratadi hamda ilmiy idrokninig bosh
usuli sifatida malaka va tajribani tasdiqlaydi. VI-XV1- asrlarda badiiy qadriyati
yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-hamrodagi Saroy, qurdoba, Jazoir, Sammadra,
Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotika uslubidagi soborlar, Istambuldagi
Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya
va kitob miniatyurasi, ayniqsa SHarqda she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi.
Bu sohalarda asosiy g‘oya yaratuvchilik, hayotbaxshlik bo‘lib, Muhabbat va Idrok
ijtimoiy taraqqiyotning bosh harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof qilinadi.
Ilohiy ishq va payg‘ambar she’riy san’at va shoirlaming asosiy mavzui bo‘lib
qoladi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib, keyingi asrlar badiiy madaniyatining
mazmunini boyitdi.
Bu davming muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari e’tirof
etgan madaniyat qadriyatlami qo‘yish mumkin. Xristian va Islom dinlari boy va
kambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagi va turli ijtimoiy guruhlami bir-biridan
ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy axloq mezonlari: mo‘minlik,
tavba, yaxshi va rahm shafqatli bo‘lish, gunox qilmaslik kabilar mavjud. o'rta
asrlarda umum
e’tirof qilgan
axloqiy
me’yorlaming mustahkamlanishi
umuminsoniy hulq va axloq mezonlarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega
boidi.
0
O'rta asrlar madaniyatining ko'p qirrali ekanligi yuqorida ta’kidlangan edi. Bu
davr madaniyati ijodkorligi jarayonida ilk marta aholining barcha tabaqalari
ishtirok etib, har bir qatlam o'zining madaniyatini yaratadi va o 'z navbatida
an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining
madaniyatigina namoyon bo'ladi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari
bilan mashg'ul bo'ldilar. Agar birinchilaming ideali bu dunyo farog'atlaridan
batamom foriq bo'lib mangu haqiqatga erishish istagi boisa, ikkinchilarining
ideali kelib chiqish nufuzi, bahodirlik, sobit so'z, burch haqida qayg'urish,
dunyoviy jasoratlarga hamisha tayyorlikdir. Ayni ana shunday ritsarlik fazilatlari
«Nibullinglar qo'shig'i» (Germaniya), «Roland haqida qo'shiq» (Fransiya), «Sid
haqidagi qo'shiq» (Ispaniya)) dostonlari va turbadurlar lirikasida kuylangan. Oddiy
xulq-dehqonlar va shaharliklar yuqoridagilarga muxolifatda edi. Dehqonlar orasida
xristianlik qarashlaming ta’siri o'taboshlagan qadimgi dinlarga xos tasavvur,
шГ ana va rasm-rusmlar saqlanib qoldi. Dehqonlar xalqona madaniyatning
konsevatizmi tufayli dastlabki dinlaming xudolari, afsonaviy qahramonlari haqida
liikoya qiluvchi (Islandlaming «Kukilinlar haqida Saga», inglizlaming-«sovular»i,
ikundinaviyaliklaming «Edda»si) singari qadimgi ertaklar, asotirlar, qo'shiq, odat
mi
udumlar saqlanib keldi. SHahar hayoti odamlarda faollik, hisob-kitobda aniqlik,
Uhhilurmonlik ratsional tafakkur tarzini shakllanishiga turtki berdi. SHaharliklar
omsida ilm, ma’rifatga intilish boshqa tabaqalar mezonlariga tanqidiy yondoshish
59
ruhiyati uyg‘ondi. Yirik asarlar (Ai haqida roman), ixcham hikoyalar (novella,
fabio, shvanklar) da ruhoniylar va ritsarlaming takabburligi, dangasaligi,
nafsibuzuqligi hajv etildi, shaharliklaming sahovati va mehnatsevarligi ulugMandi.
o‘rta asr SHarqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, ikki yirik
madaniyat-shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. SHahar sharoitida
«YUsuf va Zulayho», «Layli va Majnun», «Lubna va Kays» singari dostonlar turli
poetik shakl Va janrdagi (qasida, masnaviy, g‘azal, madxiya, ruboiy makom)
adabiy asarlar, hikoya va ertaklar to‘plamlari, (1001 kecha ertaklari, Kalila va
Dimna) latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa
san’ati va raqsining xilma-xil janrlari xalq orasida keng tarqaldi. Ko‘chmanchilar
orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi va oqinlar
tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari- epos, dostonlar yaratish
ustuvorlik qildi. SHahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiy!ik kabi
submadaniyatlaming paydo bo'lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada
rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb
atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi. Uyg‘onish davri tadqiqotchilar
asarlarida turlicha baholanib, turlicha yondoshuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan,
Uyg‘onish yo‘nalishi umumjahon jarayoni sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda
boshlanib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va YAqin SHarqni qamrab oldi, XIV-
XVI asrlarda Evropada takomiliga etdi. SHuningdek, tadqiqotchilar Uyg‘onish
davrining bosh maslakdoshi haqiqiy gumanizm boMganligini bir ovozdan e’tirof
qiladilar. Xitoyda «insonparvarlik» so‘zining sinonimi «jen», SHarqda «odamiyat»
atamalari hisoblanadi.
Uyg‘onish davri madaniyati- diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika
madaniyati rivojining ko‘prik bogMovchisidir.
Tayanch tushunchalar
Diniy madaniyat, aqliy-mantiqiy tafakkur, ibodatxona, ierarxiya, vassal,
ilohiyot, aqida, taxayyul, madrasa, rasatxona.
Mavzuni takrorlash bo‘yicha savollar
1. Diniy madaniyat deganda, nimani tushunasiz?
2.Diniy madaniyatning asosiy belgilari va ko‘rinishlari.
3 .Diniy madaniyat madaniy tarqqiyotning qaysi davrini ifodalaydi?
4.Diniy madaniyatning o‘ziga xosligi nimada?
5. Madaniy taraqqiyotda xristianlik va islomning tutgan o‘mi.
6.Diniy madaniyat elementlarining ma’naviy hayotgata’siri.
7.Diniy madaniyatning ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini tushuntiring.
8. Diniy madaniyat bag‘rida qanday submadaniyatlar amal qiladi.
9.o‘rta asrning adabiyoti, san’ati va me’morchiligiga oid yodgorliklarni so‘zlab
bering.
lO.Umuminsoniy madaniyatda diniy madaniyatning o‘mi.
60
VI-MAVZU YEVROPA OlRTA ASRLAR MADANIYATI.
XRISTIANLIK DINI.
O'rta asrlar tushunchasi Yevropada V asrdan boshlab to XVII asr-ning birinchi
yarmiga qadar bo‘lgan davmi qamrab oladi. Bu davr antik madaniyatning
inqirozini belgilab bergan Rim davlatining qulashi bilan boshlandi va Yevropa
Uyg‘onish (Renessans) davriga kelib yakunlandi. Ana shu antik va Uyg‘onish
davrlari o‘rtasi zulmat davri (ikki yuksalish davri oraligi) deb nom olgan. U fanda
o‘rta asrlar davri deb atala bosh-ladi.
Yevropada o‘rta asrlami quyidagi davrlarga bo‘!ish mumkin:
Bu davr feodal munosabatlarga o‘tish, feodallar tabaqasining shakl-lanishi,
katolik cherkov ta’sirining kuchayishi, oliy ta’lim muassasalari - universitetlaming
paydo boiish davridir.
Ushbu davrga xos xususiyatlar shundaki, qishloqdagi ishlab chiqa-rish
rivojlanibgina qolmasdan, shaharlarda ham hunarmandchilik sexlari paydo boidi,
shahar infratuzilmasi yaratildi, markazlashgan yirik dav-latlar tashkil topdi. Qirol
hokimiyati kuchayib, uning jamiyat ravnaqiga ta’siri ortib bordi. Kitob nashr etish
yo‘lga qo‘yildi, fanning qator tar-moqlariga asos solindi.
Bu davrda ilm-fan va texnika rivojlandi. Inson turmush tarzida bu-yuk
o‘zgarishlar yuz berdi, yangi qit’alar kashf etildi. Kapitalistik muno-sabatlarga asos
solindi. Demokratik tamoyillar shakllandi.
V-VI asrlarda Rim imperiyasi yerlarida asosan dehqonchilik va chor-vachilik
bilan shug‘ullanuvchi germanlaming dastlabki davlatlari tashkil topdi. Madaniyat
ravnaqi bo‘yicha o‘zidan yuqori boigan xalqlar usti-dan hukmronlik qilish (hunlar
hujumlari natijasida 476-yilda Rim imperi-yasi qulagan edi.) germanlami boshqaruv
tizimim yangi tartibga moslashti-rishga majbur etdi.
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jihatidan bu davr feodalizm bosqi-chiga to‘g‘ri
keladi. Ammo o‘rta asrlar tushunchasining asosiy mazmuni muayyan davrning
vaqt chegaralarini aniqlashtirish bilangina kifoyala-nib qolmasdan, balki bu davmi
madaniyat inqirozi pallasi sifatida qabul qilishidadir. Shu ma’noda o‘rta asrlar
antik davrga nisbatan so‘zsiz yo‘-qotishlar davri deb qaralar edi. 0 ‘rta asrlar
madaniyatiga past nazar bi-Ian qarash ko‘pincha antik davr madaniyatiga
hayrixohlik bilan qarovchi tadqiqotchilar orasida tarqalgan edi. Albatta, bu -
subyektiv va bir yoq-lama yondashuvdan boshqa narsa emas.
0 ‘rta asrlaming “zulmat dunyosi” timsoliga aylanishida ushbu davr
namoyandalari boigan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va davlat
arboblarining ham “hissasi” bor, albatta. Chunki ular o ‘z ijo-dida asosan
zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda
kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norozilik tuyg‘usi sezilib turadi. Shu boisdan
ham, bu muammolardan xalos boiish imkoni sifatida ajal, o iim mavzusi markaziy
o‘rin tutgan. Ular nazarida o ‘rta asrlar bekorga sarflangan davr, behuda ketgan
yuzlab yillar sifatida gav-dalangan. 0 ‘rta asrlami faqat buzg‘unchilikdan iborat,
antik davr mada-niyati yutuqlarini chippakka chiqargan davr, deguvchilar ham
ko‘plab topilar edi. G‘arbiy, “xristianlar dunyosi” “Rim dunyosi”ning tanazzuli
oqibati-da emas, balki Rim va varvarlar dunyolarining o’/xm> muvofiqlashuvi, bi-
61
rikishi natijasida yuzaga keldi. Ammo u haqiqatan ham yemirilish, zo‘ra-vonlik va
shal'qatsizlik, antik dunyo madaniyati va sivilizatsiyasining ko‘p-lab yutuqlaridan
bebahra qolish kabi jiddiy to‘siqlami boshdan kechirdi. Ko‘plab antik davr shaharlari
katta talafot ko‘rdi: ayrimlari buzib tashlan-di, boshqalari (savdo yoMlari o‘z
yo'nalishini o‘zgartirishi munosabati bilan) tanazzulga yuz tutdi. Shunga
qaramasdan, ilk o‘rta asrlardayoq ayrim sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bera
boshladi. Qullikning bekor qilinishi ijtimoiy taraqqiyotda tub o‘zgarishlar yasadi.
Antik davrda asosiy energiya manbayi, bu qullaming jismoniy kuchi bo‘lib,
ushbu manba yo‘qolgach, boshqa imkoniyatlar qidirila boshlandi. Agar antik
davrda nazariy bilimlar muvaffaqiyatli rivojlangan bo‘lsa, o‘rta asrlar davri
mashina va texnika vositalaridan keng foydalanish uchun keng, ravon yo‘llar
ochdi. Bu qullikning bekor qilinishining be-vosita natijasidir. Antik davr ruhan va
jismonan o‘zaro muvozanatda bo‘lgan inson timsolni ko‘rsatishga intildi. Ammo ayniqsa
Rim madaniyatida bu g‘o-yani amalga oshirishda ko‘proq jismoniy kamolotni ta’minlash
borasida muvaffaqiyat qozonildi. Shuningdek, Demokrit, Platon, Aristotel kabi
antik davr mutafakkirlarini ijtimoiy-siyosiy va tabiiy-falsafiy qarashla-rining
Jordano Bruno, Galileo Galiley, Tomas Mor, Tommazo Kampa-nella kabi o ‘rta asr
nazariyotchi-olimlari tomonidan ilg‘or ta’limotlar ya-ratilishiga k®‘rsatgan
bevosita ta’sirini rad etib bo‘lmaydi. Masalan^ Pla-ton, Aristotellar tomonidan ilgari
surilgan ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar Tomas Mor, Tommazo Kampanellalarining
utopik qarashlarida yaqqol na-moyon bo‘ladi. Aynan shu qarashlar asosida keyinchalik
gumanizm, de-mokratiya to‘g‘risidagi yangidan-yangi ta’limotlar rivojlanib,
bugungi kunda ham adolatli, farovon jamiyat qurishda jahon xalqlariga dasturi-
lamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Birgina shu misoldan ko‘rinib turibdiki, xalqlar, avlodlar va davrlar o‘rtasidagi
vorisiylik nafaqat ayrim hududlar, balki jahon sivilizatsiyasi yuksalishida asosiy
omil bo‘lib xizmat qilgan. Demak, o‘rta asrlar mada-niyati bevosita antik davr
madaniyati, ilm-fan va san’ati ta’sirida yuksal-gan hamda o‘sha davrda namoyon
bo‘la boshlangan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalami yanada boyitgan, keyingi
Uyg‘onish davri uchun mustahkam zamin hozirlagan.
0 ‘rta asr Yevropa madaniyati cherkov-diniy g‘oya bilan yaqindan bog‘langan
edi. Cherkov ta’siri o‘rta asr madaniyatining turli sohalarida, chunonchi, fanda,
maktabda, adabiyotda, san’atda aks etdi. Ilm-fan u qa-dar rivojlanmagan ilk o‘rta
asrlar davrida, taxminan XI asming ikkinchi yarmigacha o‘rta asr jamiyatiga
g‘oyaviy rahbarlik asosan cherkov ta-sarrufida bo‘ldi: Kishilarning olam
to‘g‘risidagi bilimlari mahalliy cher-kov ta’Iimoti doirasi bilan cheklanardi.
Boshqa mamlakatlar to‘g‘risida ma’lumotlar juda oz bo‘lganligidan, yevropaliklar
ancha vaqtlargacha olis yurtlar haqida har qanday uydirmalami to‘qishardi. Fan va
texnika ta-raqqiyoti darajasi juda past boiganligidan, odamlar qurg‘oqchilik, toshqin va
kasalliklar oldida ojiz edilar.
Jismoniy ehtiyojlar va lazzatlar mutlaqlashtirilgan
- Rim jamiyatining achchiq saboqlariga tayanib, xristianlik insondagi ruhiyatga,
uning ichki dunyosiga asosiy e’tibomi qaratdi. U insonni hamma narsadan o‘zini
ti-yishga, ko‘ngilli ravishdagi javonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg‘ulami
so‘ndirishga chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolotdan ustunligini e’lon qilib,
62
xristianlik kishining chuqur ma’naviyatini
shakllantirishga, uni axloqan
yuksaltirishga katta hissa qo‘shdi.
Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo'lda
birlashtirishga urinish g‘oyasi kuzatiladi. Bunga Rim papalarining (Sharqda - Arab
xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovlarini o‘z qo‘llariga olishga intilishlari misol bo'la
oladi. Cherkovning qudratli ta’siri o‘laroq, Rim papalari xudoning yerdagi noiblari
hisoblangan. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlami himoya qilish
diniy faoliyat bilan sigisha olmaydigan o‘ziga xos soha ekanligi ayon boia bordi.
Talabalarga diniy masalalaming eng muhim jihatini diniy taiim ot - dogmatika
tashkil etishini ta’kidlash darkor. Chunki har bir dinning asosida ishonch, e’tiqod
yotadi. Xristianlik ta’limotining asoslari -
Dostları ilə paylaş: |