M I k r o I q t I s o d I y o t


Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zahirasi va uning



Yüklə 4,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/290
tarix21.01.2023
ölçüsü4,97 Mb.
#98926
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   290
Салимов Б. ва бошк. - Микроиктисодиёт - 2010

Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zahirasi va uning
miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni o ‘matishga o'ringanlar. Ularasoslashicha, chegaralangan
resurslar sharoitida, ulaming hajmi narxga ta’sir qiluvchi muhim omillardan biri


hisoblanadi. Ular ketma-ket iste’mol qilinadigan, biror-bir ne'matning nafi kamayish
xususiyatiga ega ekanligi to'g'risidagi qonuniyatni aniqlashdi. Masalan, chanqagan
inson bir stakan mineral suvni zo ‘r xohish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv unga
birinchi stakan suvday naf bermaydi, uchinchisi - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf
beradi va hokazo. Bu oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bolguncha davom
etadi. Bu yerda umumiy (yig
4
indi) naf oshib boradi, lekin har bir keyingi stakan
suvdan oladigan naf kamayib boradi, natijada chekli naflikning kamayishi kuzatiladi.
Iste'molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflik funktsiyasidan foy-
dalanamiz. Naflik funktsiyasi - iste'molchining iste'mol qiladigan ne’matlar hajmi bilan,
u ushbu ne’matlami iste'mol qilish natijasida oladigan naflik darajasini ifodalaydi.
Bizda qancha ko'p ne’mat b olsa, qo'shimcha bir birlik ne’mat qimmati, biz uchun
shuncha past b oiadi. Demak, ne’matning narxi, uning umumiy nafligiga emas, balki
chekli nafliligi bilan belgilanadi. Demak, naflik funktsiyasi, naflik darajasini iste'mol
qilingan ne’matlar hajmiga bogliqligini ifodalaydi:
U = f ( .
.,*„)>
bu yerda U - naflik darajasi;
1
» 
2
, ..., n - ne'matlar hajmi.
Naflik funktsiyasi orqali nafaqat umumiy naflikni ifodalash mumkin, balki ketma-
ket ne’matdan qo'shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo'shimcha

Yüklə 4,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə