M. S. Qosimov


 foizini tashkil qiluvchi qismini  to‘laydi.  10. Belgilab qo‘yilsinki,  2023-yil 31-dekabrga qadar



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

10 foizini
tashkil qiluvchi qismini 
to‘laydi. 
10. Belgilab qo‘yilsinki, 
2023-yil 31-dekabrga qadar
Yoshlar 
sanoat 
zonalari 
hududida 
amalga 
oshiriladigan 
investitsiya 
loyihalarining ta’minoti bilan bog‘liq quyidagilarni nazarda tutuvchi 
tartib joriy etiladi: 
a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi 
tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 
50 
foizigacha miqdorida
, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda 
kafilliklar beradi; 
b) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 
50 foiz
va undan ziyod 
bo‘lgan sug‘urta tashkilotlari tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 
kreditlarning 
50 foizigacha miqdorida
, biroq 
500 mln
so‘mdan 
oshmagan miqdorda, yillik 
2 foiz
stavkasida sug‘urta polisini taqdim 
etadi. 
Ushbu bandda nazarda tutilgan tartib soliqlar hamda oldingi tuzilgan 
kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi 
mavjud bo‘lgan yosh tadbirkorlik subyektlariga tatbiq etilmaydi. 
11. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yoshlar sanoat va 
tadbirkorlik zonasi hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash 
jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlasin. 
12. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy 
muddatda yosh tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini 
tanlab olish, amalga oshirishni moliyalashtirishni tashkillashtirish va 
yer 
maydonlarini 
ajratish 
jarayonlarining 
avtomatlashtirilishini 
ta’minlash maqsadida tegishli veb-sayt ishlab chiqilishi va joriy 
etilishini ta’minlasin. 
13. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yoshlar sanoat 
zonalarini tashkil qilish, rivojlantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish 
bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin, uning hududiy 


180 
boshqarmalari zimmasiga joylarda Yoshlar sanoat zonalari faoliyatini 
muvofiqlashtirib borish vazifasi yuklatilsin. 
14. Quyidagilar: 
Bosh vazirning o‘rinbosari S.U.Umurzakovga – vazirliklar, idoralar 
va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Yoshlar sanoat 
zonalari rivojlanishi va samarali faoliyat yuritishi, shuningdek, ularning 
hududida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish 
hamda Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish 
bilan bog‘liq jarayonlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining 
o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimlarining investitsiyalar va tashqi savdo 
masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlariga – ishchi guruhlari tomonidan 
Yoshlar sanoat zonalari hududida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomalarining 
o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, yosh tadbirkorlik subyektlariga yer 
maydonlari va bo‘sh binolar o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlash hamda 
investitsiya loyihalarini Yoshlar sanoat zonalari hududida joylashtirish 
bo‘yicha qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish; 
energetika vaziri A.S.Sultanovga, uy-joy kommunal xizmat 
ko‘rsatish vaziri Sh.S.Hidoyatovga, axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M.Sadikovga, transport 
vaziri I.R.Mahkamovga – Yoshlar sanoat zonalari hududidagi 
investitsiya loyihalarining obyektlari foydalanishga topshirilgunga 
qadar zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini 
hamda mavjud resurs va texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, ularga 
talab etiladigan ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi yetkazib 
berilishini ta’minlash; 
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari 
A.M.Boboyevga – Manzilli dasturda belgilangan mablag‘larning o‘z 
vaqtida va to‘liq hajmda ajratilishi ustidan nazorat qilish yuzasidan 
shaxsiy javobgarlik yuklansin. 
15. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har chorakda Yoshlar 
sanoat zonalarini tashkil qilish hamda Jamg‘arma mablag‘laridan 
samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarning 
natijadorligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritsin. 


181 
16. Vazirlar Mahkamasi har chorakda yoshlarning tadbirkorlik 
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
bo‘yicha 
amalga 
oshirilgan 
ishlarni 
Vazirlar 
Mahkamasi Rayosati majlislarida tanqidiy muhokama qilsin hamda o‘z 
vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan mas’ul vazirlik va 
idoralar rahbarlariga nisbatan tegishli choralarni ko‘rsin. 
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va 
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga 
ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy 
javobgar etib investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi 
o‘rinbosari A.B.Voitov belgilansin. 
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar 
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining o‘rinbosari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə