M. S. Qosimov



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

 
 
 


183 
Ilova 6 
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini 
shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish 
to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Mamlakatda 
yirik 
infratuzilma 
loyihalarini 
amalga 
oshirish, 
zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish obyektlarini barpo 
etish 
maqsadida 
iqtisodiyotni 
jadal 
rivojlantirish, 
chet 
el 
investitsiyalarini faol jalb qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi faoliyatning samaradorligiga, eng 
avvalo, mavjud resurslardan nooqilona foydalanish, investitsiya 
dasturiga kiritilgan loyihalarning iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi va rentabelligi yuzaki o‘rganilganligi bilan bog‘liq qator 
kamchiliklar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Amaldagi resurslarni, 
shuningdek, investitsiyalar, eng avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishning real imkoniyatlarini inobatga olgan holda iqtisodiyot 
tarmoqlari va hududlarni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyasi 
mavjud emas. Buning oqibatida iqtisodiy jihatdan istiqbolli bo‘lmagan 
loyihalarni tashabbus qilish, moliyaviy mablag‘larni samarasiz sarflash 
holatlari mavjud bo‘lib, bu oxir-oqibatda, umuman, mamlakatning 
investitsiyaviy 
jozibadorligini 
pasaytirishga 
olib 
keladi.
Mazkur holatlar investitsiya dasturlarini shakllantirish tartibi, uni 
moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, amalga 
oshirishga taklif etilgan loyihalarni tanlab olishning shaffofligi va 
samaradorligini oshirishni talab qiladi. Rivojlanish davlat dasturlarini 
shakllantirish 
tartibini 
yanada 
takomillashtirish, 
loyihalarni 
moliyalashtirish va tanlab olishning samaradorligi va shaffofligini 
ta’minlash, shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respubli-
kasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining: markaz-
lashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu 
jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha 


184 
loyihalarni 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
tomonidan 
tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat 
dasturlari (keyingi o‘rinlarda rivojlanish davlat dasturlari deb 
yuritiladi) asosida amalga oshirish tartibini joriy etish; O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
huzuridagi 
O‘zbekiston 
Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish 
jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) tashkil 
etish haqidagi takliflari qabul qilinsin. 
2. Belgilab qo‘yilsinki: rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, 
moliyalashtirishning 
markazlashtirilgan 
manbalari 
belgilangan 
loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamg‘arma orqali amalga oshiriladi;
Jamg‘arma mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankidagi hisobvaraqlarda jamlanadi; Jamg‘armaning ijro etuvchi 
organi va mablag‘larining tasarruf etuvchisi Jamg‘armaning ijro 
etuvchi direksiyasi hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin 
iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm 
masalalari kompleksi rahbari Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori 
hisoblanadi;
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktori va uning xodimlari mehnatiga 
haq to‘lash shartlari Jamg‘arma Kuzatuv kengashi tomonidan 
belgilanadi.
3. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib 
belgilansin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat budjetdan tashqari 
jamg‘armalarning rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni 
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan mablag‘lari; 
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 
rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratil-
gan mablag‘lari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati bilan jalb etiladigan 
chet el kreditlari;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan belgila-
nadigan boshqa manbalar.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakl-
lantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; Jamg‘arma 


185 
Kuzatuv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
rivojlanish davlat dasturlari tegishli rivojlanish konsepsiyasini 
hisobga olgan holda tasdiqlanadigan, uzoq muddatli istiqbolda, qoida 
tariqasida, 10-15 yilda O‘zbekiston Respublikasining tarmoq, hududiy 
va maqsadli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini 
amalga oshirish bo‘yicha kompleks ko‘rinishni va strategik vazifalarni 
jamlagan tarmoq, hududiy va maqsadli loyihalar portfeli asosida 
shakllantiriladi;
rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va realizatsiya qilish 
bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish Investitsiyalar bo‘yicha davlat 
qo‘mitasi tomonidan Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston 
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion 
rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini 
muvofiqlashtirish, 
turizm 
masalalari 
kompleksi 
rahbarining 
boshchiligida amalga oshiriladi; rivojlanish davlat dasturlarini 
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan nomarkazlashtirilgan inves-
titsiyalar 
Jamg‘armada 
hisobga 
olinadi;
rivojlanish davlat dasturlarini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ular 
bo‘yicha ijobiy xulosasi bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi;
markazlashtirilgan 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
loyihalarni rivojlanish davlat dasturlariga kiritish Jamg‘arma Kuzatuv 
kengashining ijobiy qarori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi;
rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun tijorat 
banklarining kreditlari loyihalarning loyiha-smeta hujjatlari va biznes-
rejalari puxta va har tomonlama o‘rganilgandan so‘ng, shuningdek, 
tijorat banki kredit qo‘mitasining ijobiy qarori mavjud bo‘lgan 
hollarda taqdim etiladi.
6.Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ikki hafta muddatda 
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga rivojlanish 
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni 
tashkil etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bazalari va boshqa 
axborotlar taqdim etilishi ta’minlansin.
7.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqa-
ruvi milliy agentligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi 


186 
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va 
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Jamg‘arma faoli-
yatini 
tashkil 
etish 
to‘g‘risida 
Hukumat 
qarori 
loyihasini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga rivojlanish davlat 
dasturlariga kiritiladigan loyihalarning loyihaoldi, loyiha va tender 
hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashni, 
shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlarning vazifa va shtat 
birliklarini optimallashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
denti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tizimida mazkur 
hujjatlar va import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga 
oshirish uchun mas’ul bo‘lgan maxsus tuzilmani tashkil etishni 
nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini 
kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘armaning ijro 
etuvchi direksiyasi faoliyatini moliyalashtirishga mablag‘larni 2018-yil 
1-yanvardan asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha ajratsin hamda har 
yili O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti xarajatlarida nazarda 
tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-
sentyabrdagi “Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 395-son qarorida:
3-bandning 
to‘rtinchi 
xatboshisi 
chiqarib 
tashlansin;
4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan 
o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11.Mazkur 
qarorning 
ijrosini 
nazorat 
qilish 
O‘zbekiston 
Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh vazirining o‘rinbosari S.R.Xolmurodov va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi 
direktori Sh.M.Sadikov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə