Reja: Taqdimot mohiyati va turlari



Yüklə 74,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü74,05 Kb.
#182172
2- MA’RUZA



2- MA’RUZA. TAQDIMOT YARATISHNING ZAMONAVIY VOSITALARI VA TA’LIM
JARAYONIDA QOʻLLANILISHI
Reja:
1. Taqdimot mohiyati va turlari.
2.
Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ularning imkoniyatlari.
3.
Interfaol multimedia taqdimoti.
4. Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi
taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’yektlarni joylashtirish
5.
Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
6.


Prezi taqdimoti muharriri oynasi
7.
Taqdimotni saqlash muloqot oynasi
Kalit so’zlar: Taqdimot, Prezi dasturi, ZUI, taqdimot, Prezi public, Prezi pro, Prezi enjoy,
canvas, maydon, New Prezi, shablon, elementlarni, sarlavha, matn, rasm, menyu, Frames 
and Arrows,
Insert, Theme, hujjatni saqlash.
Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib
ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga
umumlashgan
kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi.
Odatda taqdimot
ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi,


axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni
tashkillashtirish va
faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy
shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz
bilan
boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot
bo’lishi
mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi
ularning
mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga
moyilligi va
foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari
orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan
samarali
foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda
ishlashiga


yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda 
namoyish
etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib,
multimediali
texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot
ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi.
Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan
qismlaridan
foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma’lumot taqdim
etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab 
sahifa matn,
minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar,
animatsiya va uch
o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining
kamligini va
saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.


Taqdimot turlari:
Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigatsiya
tizimiga ega bo’lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo’ljallanishiga ko’ra shartli
ravishda
quyidagi shakllarga bo’linadi:
stend shaklidagi multimedia taqdimoti;
elektron doklad yoki jo’rlikdagi taqdimot;
sales-taqdimot;
promo-rolik;
intro-rolik;
14
ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).


Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus
foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami.
Foydalanish
maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
korporativ multimediali taqdimot;
multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
o’rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig’i;
elektron nashr yoki multimedali kitob.
Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda
ishlab chiqishning eng ko’p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko’rgazmali,
samarali bo’lishda
taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo’lishi nafaqat
ilg’or
goyalaringizga balki taqdimotning ko’rinishiga ham bogliq boladi.


Tinglovchilar bilan vizual aloqa o’rnatishda taqdimotning tashqi ko’rinish muhim
ahamiyat
kasb etadi.
O’quv taqdimotiga qo’yilgan talablar.
Dars jarayonida taqdimotlar ko’rgazmali qo’llanma sifatida foydalaniladi. Taqdimotga
qo’yilgan asosiy talablarni ko’rib chiqamiz.
Multimediyali taqdimot mazmuniga qo’yilgan talablar:
taqdimot mazmuni darsning maqsadi va vazifalariga mos kelishi;
qabul qilingan imlo, tinish belgilari, qisqatirish va matnni kiritish qoidalariga amal qilish;
ma’lumotlarni taqdim etishda aniq va ishonchli faktlarga asoslangan bo’lishi va bu
borada
xatolarga yo’l qo’ymaslik;
slayddagi matnni qisqa va aniq bo’lishi;
slayddagi har bir matnli ma’limot qismi mazmuni mantiqan tugallangan bo’lishi;
bayoning qisqaligi va matnning axboriyligining yuqoriligi;


ma’lumotning slaydda joylashuvi (ma’lumtolarning gorizatal joylashishi afzaldir,
ma’lumotlarning muhim qismi slaydning o’rta qismida joylashuvi muhim; agar slaydda surat 
bo’lsa u
holda matn uning pastki qismida joylashish maqul bo’ladi, matn chekka qismlarini tekislash 
zarur)
ma’lumotni jalb qiluvchi va o’zgacha bo’lishi o’quvchi e’tiborini tortadi.
Taqdimotning ko’rinishi va ovoz effektlariga qo’yilgan talablar:
tasvirlarning optimal ko’rinishlarini tanlash;
taqdimot mazmuniga tasvirlarni mos kelishi;
tasvirlarni o’quvchilar yoshiga mos kelishi;
tasvirning sifatli bo’lishi (slayd foniga nisbatan tasvirning yorqinligi; tasvirlardagi
keraksiz
elemantllarning bo’lmasligi; tasvirning yorqin va mos bo’lishi; fayllar formatining bir xil 
bo’lish)
ovozning bir qator sifatlari (musiqaning sifatli bo’lishi, tashqi shovqinlarning bo’lmasligi);
qo’llanilayotga grafik ob’yeklarning asosli va maqsadga muvofiq bo’lishi;


Matnga qo’yilgan talablar:
taqdimot slaydidagi fonga nisbatan matnning o’qish imkoniyatining yuqori bo’lishi
(matnni
fonda aniq k’orinishi, matn va fonning uchun bir biridan farq qiladigan rangda bo’lishi);
harflarning o’lchami o’quvchi yosh xususiyalarini hisobga olgan holda bo’lish 24punkt
dan
kam bo’lmasligi kerak;
matn Shriftlarini o’qilishi oson qilib qo’llash va 3 xil Shrift variantidan ko’p bo’lmasligi
lozim;
Qator uzunligi 36 belgidan oshmasligi;
Matnlarning tagiga chizish holati faqat gipermurojaatlarda bo’lishi.
Dizayndagi talablar:
Taqdimotlar uchun yagona dezaynni qo’llash;
Taqdimotning bezash uslubi (grafik, ovoz, animasiya) taqdimot mazmuniga mos bo’lishi .


slayd fonini bezashda psixologik jihatdan badastur va qulay bo’lishini ta’minlash;
15
slayd foni orqada joylashgan bo’lishi lozim: slaydda joylashgan ma’lumotni ajratib, yaqqol va
alohida ko’rsatishi, uni to’sib qo’ymasligi zarur;
bir slaydda uchtadan ortiq ranglardan foydalanmaslik (birinchisi fon uchun, ikkinchisi
sarlovha uchun, uchunchisi matn uchun)
tanlanayotga shablonlarning mavzuga mos kelishi (ba’zan esa neytral bo’lish mumkin);
animasion effektlardan maqsadli foydalanish.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi,
axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks ettirilishi o’qituvchiga darsni
tashkillashtirish va
faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Taqdimotlarni ishlab chiqishning turlari va vositalari juda ko’p bo’lib,bugungi kunda


taqdimot yaratishning yangi –yangi zamonaviy vositalari, turlari va ko’rinishlari taqdim
etib
borilmoqda.
Taqdimot yaratishning bir necha dasturlari bilan tanishtiramiz.
PowerPoint
PowerPoint taqdimoti grafikli dasturlar sirasiga kiradi. Bunday dasturlar o’zida matnlar,
rasmlar, sxemalar, grafiklar, animatsion effektlar, ovoz, videokliplar va hokazolardan
iborat slaydlar
hosil qilish imkonini beradi.
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo’lgan taqdimotni kompyuter ekranida, videomonitorlar
va
katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Taqdimot yaratish – bu slaydlar ketma-
ketligini qurish va
bezagini berishdir. Quyidagi rasmda siz POWERPOINT dasturining ekrani va uning
asosiy
elementlarini ko’rib turibsiz:


Google Prezentatsii
Google Diskda bepul virtual ofis taqdimotni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Google Diskda
taqdimotlarni ishlab chiqish Power Point dasturidek bo’lib, onlayn tarzda ko’pgina vido
o’zgarishlar
ega interfeyz bir oz qisqartirilgandir. Bunda Power Point dasturining onlayn
versiyasidan ko’proq
imkoniyatlariga egadir.
Taqdimotni tekin ofis Google diskda ham yaratish mumkin. Google diskda taqdimot
yaratish
Power Point dasturida taqdimot yaratish bilan bir-hil, lekin Google diskda onlayn tarzda
yaratiladi va
vide o’zgarishlar bilan farq qiladi. Power POintning funksiyalaridan tubdan farq qiladi.
Agar sizda
16


litsensiyali Power Point 2013 bo'lsa, siz bilasizki boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda
ishlash mumkin
va Google diskda ham boshqa hujjatlar bilan hamkorlikda ishlash oson va funksiyalari mavjud.
Google taqdimot tekin va chegarasiz imkoniyatlarga ega, lekin foydalanuvchi taqdimot
yaratishda bazaviy topshiriqlarni hal qiladi.
Prezi dasturi imkoniyatlari. Prezi.com da ro‘yxatdan o‘tish. Prezi dasturida yangi
taqdimot yaratish. Taqdimotga ob’ektlarni joylashtirish
Flesh taqdimotlarning zamonaviy vositalaridan biri bu - Prezi dasturidir. Prezi
dasturining
o`ziga xosligi shundan iborat-ki, bu dasturda taqdimotlar ketma-ket namoyish etiladi.
Power Point bilan Prezi dasturlari orasidagi eng katta farq shundaki, Prezi asosan
linyali
formatga urg’u beradi. Prezi g’oya, fikr va rejalar tarmog’ini qurush uchun ishlatiladi.


ZUI – (zooming user interface) ob’yektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib
yoki
uzoqlashtirib ko’rsatadi. ZUI foydalanuvchilarga turli xil hujjatlarni o’zaro, to’gridan
to’g’ri ko’rib,
o’rganib chiqishga imkon beradi.
Umuman olganda, Prezi Windows operatsion tizimida ishlash uchun mo’ljallangan
dastur.
Prezi murakkab taqdimot yaratishda Adobe Flashning oxirgi versiyalaridan foydalanadi.
Prezi
dasturining uchta shakli mavjud:
Prezi public
Prezi enjoy
Prezi pro.


Prezi public barcha foydalanuvchilar uchun bepul bo’lsa, Prezi pro va Prezi enjoy esa ma’lum
bir to’lovlarni talab qiladi.
Canvas – (“mustahkam va dag’al mato” ma’nosini anglatadi) prezentatsiya tayyorlash 
uchun
maydon. Prezi ZUI texnologiyasidan foydalanganligi sababli har qanday berilgan canvas,
ya’ni
maydon ko’rinib turgan hududiga nisbatan kattaroq bo’ladi. ZUI texnologiyasi
foydalanuvchilarga
maydon bo’ylab erkin harakatlanish va ma’lumot qo’shish imkonyatlarini beradi.
Prezi dasturi kompyuter kabi, planshet, mobil telefonlarda ham ishlaydi. Dasturni oson
va
qulay shaklda o’rganish mumkin. Zoom yordamida Prezi taqdimoti slaydma-slayd
ko’chmaydi, balki
yangi joyga izma-iz keladigan yo’lak (Pathwaypoint) dan foydalanib yaqinlashtiriladi.
Prezi – onlayn chiroyli taqdimotlar yaratishga moljallangan ilovalar. Bunda chiziqli
bo`lmagan taqdimotlar tayyorlanadi, xohlagan bir fragmentni kattalashtirish va
kichiklashtirish


mumkin.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda
servis
ishga tushirilgan.
Dasturda ishlashdan avval tayyor taqdimotlarning namunasini ko’rib chiqish mumkin.
//prezi.com saytida ro`yxatdan o`tish oddiy bo`lib, avvalo dastur versiyasi tanlanadi, so`ng
ro`yxat shakli to`ldiriladi. Shaklni to’ldirishda elektron manzilni kiritish talab etiladi.
Yangi taqdimotni yaratish uchun New Prezi tanlanadi. Shundan so’ng bir necha
shablonlardan iborat yangi oyna paydo bo’ladi. Toza varaqda ish boshlash uchun Start blank 
prezi
varianti tanlanadi.
17


Taqdimot shablonini tanlash muloqot oynasi
Taqdimot uchun shablonlarni tanlash orqali taqdimot asosi quriladi va u kerakli
ma’lumotlar
bilan to’ldiriladi. Buning uchun taqdimot muharriridan foydalaniladi. Ish stoli
elementlarini
sichqoncha tugmasini bosish orqali tanlash mumkin. Demak, shablondagi barcha
elementlarni,
sarlavha, matn, rasmlarni tahrirlash va o’zgartirish mumkin.
Prezi taqdimoti muharriri oynasi
Taqdimot bilan ishlaganda zarur bo’ladigan asosiy uskunalar oynaning yuqori qismida
joylashgan va ular uchta menyu guruhiga bo’lingan:
• Frames and Arrows: formaning turli sohalarini belgilash va taqdimotga yangi slayd
ko’rinishlarini qo’shish.
• Insert: kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun tasvirlar, video va boshqa fayllarni


qo’shish. KlipArt galeriyasidan foydalanish mumkin. Taqdimotga musiqa jo’rligini ham
joylashtirish mumkin.

Yüklə 74,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə