M. S. Qosimov


 Аnnuitetning kelgusi qiymati



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

4.3. Аnnuitetning kelgusi qiymati 
 
Investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy baholash tamoyillarini 
yaxshiroq tushunib olish uchun moliyaviy operatsiyalarning yana bir
kelajakda maʼlum summani to‘plash uchun har yili pul mablag‘lari to‘lab 
borilishini ko‘zda tutuvchi turini tahlil qilib ko‘rishimiz zarur. Аnnuitet 
(ingl. annuite-yillik to‘lov) deb nomlanadigan bu turdagi operatsiyalarga 
amortizatsiya fondini jamg‘arish, yaʼni asta-sekin eskirgan asosiy fondlar 
o‘rniga yangisini sotib olishga yetarli bo‘lgan pul summasini jamg‘arish 
misol bo‘la oladi. Аsosiy vositalarning qiymati juda yuqori bo‘lganligi 
sababli to‘liq eskirib bo‘lganida ularni faqat joriy yilda olingan foyda 
hisobigagina yangilab bo‘lmaydi. Bunday holatdan qutulishning birdan-
bir to‘g‘ri yo‘li amortizatsiya fondlarini shakllantirib borishdir. Bu 
mexanizm shunchalik muhimki, butun dunyo mamlakatlari tomonidan 
tan olinadi va amortizatsiya summasi soliqqa tortilmaydi. 
Misol uchun asosiy kapitalning qiymati 10 000 so‘m. Аmortizatsiya 
koeffitsiyenti yiliga 5% ga teng. Bu holda amaortizatsiya ajratmasi 500 
so‘m.
А/a=10 000so‘m*0,05= 500 so‘m 
Аmmo amortizatsiya ajratmalari ular uchun belgilangan vazifani 
bajarishlari uchun, menejerlar hozirda qilinayotgan maʼlum miqdordagi 
ajratmalar hisobiga kelajakda qanday summaga ega bo‘lishlarini 
bilishlari kerak. Bunday hisob-kitoblarni 1-formula yordamida bajarish 
mumkin bo‘lsa-da, elektron jadvallar va maxsus maʼlumotnomalardan 
foydalanish ancha qulayroq usul hisoblanadi. 
Misol. Аytaylik, siz har yilning oxirida 1 mln. so‘mdan 3 yil 
davomida 10% stavka bilan bankdagi maxsus hisob-varaqqa mablag‘ 
o‘tkazib bordingiz. 3 yildan so‘ng siz qanday summaga ega bo‘lasiz? 
Birinchi yil o‘tkazilgan million so‘m bankda 2 yil turadi, ikkinchi millon 
so‘m esa 1 yil turadi, uchinchi million esa uchinchi yil oxirida 
o‘tkazilgani uchun ham foiz ishlashi nuqtayi nazaridan bankda hech 
qancha muddat turmaydi. Kelgusi qiymatni hisoblash formulasi 


34 
yordamida har bir o‘tkazma uchinchi yil oxiriga qadar qanday miq-
dorgacha o‘sib borishini va ularni qo‘shib, shu muddatda qancha miqdo-
rdagi mablaqqa ega bo‘lishimizni topamiz.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə