M. S. Qosimov


IV BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

IV BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYAVIY-
IQTISODIY BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI 
 
4.1. Investitsiya loyihalarini tanlashda moliyaviy-iqtisodiy 
baholashning roli 
 
Har qanday turkumdagi loyihalarni baholashda loyihadan 
olinadan naf aniqlanadi. Ular pul va pul bo`lmagan manfaatdorlik 
bo‘lishi mumkin. Аvvalo pul ko‘rinishidagi manfaatlarni hisoblash 
uslublarini ko‘rib o‘taylik. Buning uchun investitsiya loyihalariga 
murojaat etamiz. 
Real aktivlarga mablag‘ sarf qilishning maqbul variantlarini 
tanlash va asoslab berish jarayonida investitsiya loyihalarini iqtisodiy - 
moliyaviy baholashning ahamiyati juda katta. Boshqa barcha jihatlari 
ijobiy bo‘lgani holda ham quyidagi shartlarni taʼminlamagan loyiha 
amalga oshirish uchun qabul qilinmaydi: 
1.tovarlarning realizatsiya qilinishidan kelgan daromadlar sarf 
etilgan xarajatlarni qoplamasa; 
2.loyihani mablag‘ bilan taʼminlaydigan investor o‘rtacha foyda 
meʼyoridan kam bo‘lmagan rentabelikka erishmasa; 
3.investor uchun maʼqul keladigan davr ichida xarajatlar 
qoplanmasa. 
Mana shu shartlarning bajarilishi real ekanligini aniqlash 
investitsiya loyihalarini moliyaviy - iqtisodiy baholashning eng muhim 
vazifasi hisoblanadi. Bunday baholashni o‘tkazish bir qancha 
sabablarga ko‘ra, ancha qiyin. Bu sabablar quyidagilardir: 

birinchidan, investitsiya xarajatlari bir marta qilinishi yoki uzoq 
muddat ichida bir necha marta takrorlanishi mumkin; 

ikkinchidan, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan natija 
olish jarayoni ham uzoq davom etishi mumkin; 

uchinchidan, uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish 
investitsiya loyihalarining barcha jihatlarini baholashda noaniqlik 
darajasi oshishiga, turli xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga olib keladi. 
Аynan ana shu omillarning mavjudligi investitsiya loyihalarini 
baholashning maxsus, xatolik darajasi minimal bo‘lgan, yetarlicha 
asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini beradigan uslublarini 
vujudga keltirishni taqozo etdi. 


30 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə