M. S. Qosimov


Investitsiya imkoniyatlarini qidirishni tashkil qilish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/128
tarix04.03.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#101958
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАР ТАХЛИЛИ

3.3. Investitsiya imkoniyatlarini qidirishni tashkil qilish 
 
O‘zbekiston Respublikasida innovatsion, investitsion, ijtimoiy va 
boshqa turdagi loyihalarga investitsiya manbalarini aniqlashdan ko‘ra 
eng avvalo pishiq-puxta ishlangan loyihalarni ishlab chiqarish dolzarb 
masala bo‘lib hisoblanadi. 
Investitsiya loyihalari uchun g‘oyalarni qidirish va ular ichida 
maqbulini tanlab olish juda murakkab hamda masʼuliyatli vazifadir. 
Birinchidan, bu muammoni yechish uchun loyihani vujudga 
keltirishdan kim manfaatdor ekanligini bilish zarur. Аgar bu loyiha 
ishlab turgan korxona uchun bo‘lsa, unda investitsiya konsepsiyasi shu 
tarmoqda yig‘ilgan tajriba, undagi xodimlarning malakasi, bozor 
muammolari maʼlum maʼnoda belgilangan bo‘ladi. Bu korxonalarni 
boshqaruvchi idoralar ham investitsiya konsepsiyasini vujudga 
keltirishda qiynalmaydilar.
“2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining 
bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston 
Prezidentining Farmoni”
3
da “Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida 
bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilangan: 
– moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni 
faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat 
resurslariga qaramligini pasaytirish, banklarda xizmat ko‘rsatishni 
modernizatsiya qilish, samarali infratuzilma yaratish va banklar 
faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklarning asosiy faoliyat 
turi bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarini bosqichma-bosqich bekor 
qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish; 
– kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini 
yaxshilash, kreditlash hajmlari o‘sishining mo‘tadil darajasiga amal 
qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ 
3
“2020-2025- yillarga mo`ljallangan O`zbekistonda Bank tizimini isloh qilish strategiyasi”. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2020-yil 12-may. 


27 
boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan 
menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun 
texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy 
barqarorligini taʼminlash”. O‘zbekistonda bank tizimini isloh qilinishi 
natijasida tadbirkorlarning investitsiya loyihalari g‘oyalari va texnik 
iqtisodiy asosnomalarni hamkorlikda talab darajasiga yetkazish 
masalalarini yanada soddalashtirish, xorijning ilg‘or tajribalarini 
amaliyotga tatbiq etish nazarda tutilmoqda. 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə