Mavzu: singapur davlat ta`lim tizimi



Yüklə 40,91 Mb.
tarix22.12.2023
ölçüsü40,91 Mb.
#154242
4-mavzu.Сингапур

MAVZU: SINGAPUR DAVLAT TA`LIM TIZIMI

REJA:

  • 1. Singapur - davlati tarixi.
  • 2. Singapur - davlatida ijtimoiy hayot.
  • 3. Singapur - davlati ta`lim tizimi.

Singapur Bayrog`i

Singapur - davlati tarixi.

  • Singapur XX asrgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lib, 1959-yildagina mustaqilligini qo‘lga kiritdi. O‘sha kezlari aholining 95 foizini xitoy, hind va malay xalqlari tashkil etgani bois darslar ular­ning ona tilida o‘tilgan. Ingliz tilida esa faqat yevropaliklar so‘zlashgan. Bunday vaziyatda yangi jamiyatni shakllantirish uchun, avvalo, yangi ta’lim tizimini joriy etish zarur edi. Natijada Singapur ta’limi bugungi kunga qadar 3 bosqichni bosib o‘tdi. Birinchi bosqich — 1959–1979-yillarda barcha ta’lim dasturlari standartlashtirildi. Maktablarda o‘qitish uchun asosiy til etib ingliz tili tanlandi. Shu yillari ta’limni rivojlantirish dasturi doirasida 83 ta maktab qurilib, davlat tomonidan moliyalashtirildi. Oliy ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Xorijda tahsil olish istagidagi yoshlarning ko‘pi Yevropa davlatlaridan birida o‘qishni orzu qiladi. Ammo sifatli ta’lim olish uchun Osiyo mamlakatlarini tanlaydiganlar ham oz emas. Ayniqsa, o‘qitish darajasi bo‘yicha dunyoda yetakchilar qatorida turadigan Singapurdagi ta’lim muassasalari xorijlik talabalarni hamisha o‘ziga chorlab kelgan. Boisi, u nafaqat to‘kis, farovon hayot kechirish, balki sifatli va arzon ta’lim olish uchun ham eng qulay mamlakatlardan biri sanaladi.


Mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun o‘z fondlarini ochishga qulay shart-sharoitlar yaratilgani bois osonroq bo‘ladi. Kelajak iqtisodiyoti bo‘yicha qo‘mita chet el sarmoyasini jalb qilish usullarini imkon qadar soddalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada qulaylashtirish fikrini ilgari surmoqda.
Singapurning deyarli barcha yutuqlari bir kishi — islohotchilar asoschisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu nomi bilan bog‘liq.

Mustaqillikka erishgan vaqtda Singapurda korrupsiya nihoyatda avj olgan edi. Li Kuan Yu bu davrni shunday ifodalaydi: “Korrupsiya – Osiyo hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Odamlar “mukofot”ni ochiqdan-ochiq qabul qilishadi, bu ular hayotining bir qismi edi. Uni yo‘qotishda o‘z do‘stlaringizdan uchtasini panjara ortiga o‘tqazishdan ishni boshlang. Nima uchunligini siz ham, ular ham yaxshi bilasizlar. Jazoning muqarrarligi korrupsiyani jilovlab turuvchi birinchi omildir. Ikkinchi omil – bozor darajasiga mos keluvchi maoshdir. Biz eng ko‘p maosh to‘lanadigan o‘n foiz kishilarning daromadiga diqqatimizni yo‘naltirganmiz. Modomiki, mansabdorlarimiz eng ko‘p haq olmas ekan, ularning hukumatga nima keragi bor?”

Singapur - davlati ta`lim tizimi. Singapur ta’limining o‘ziga xosliklari bisyor. Ulardan biri — mamlakatda o‘qitish jara­yoni xitoy tili bilan birga, ingliz tilida olib boriladi. Bir paytlar Singapur sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyala­shishi oson kechishi uchun kundalik muloqotda ingliz tilidan keng foydalanishni taklif etgan.


1997-yildan ta’lim tizi­midagi mavjud imkoniyatlarni “pullash” bosqichi boshlandi. Ko‘proq mablag‘ evaziga yaxshiroq ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Shuningdek, 2008-yildan maktablardagi ommaviy ta’lim bekor qilinib, fuqarolar butun hayoti davomida olishi mumkin bo‘lgan individual ta’lim dasturlariga yo‘l ochildi. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun o‘qish pulini to‘liq qoplaydigan “Edusave” ta’lim grantlari tizimi joriy etildi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatda do‘stona ta’lim (ingliz va xitoy tillarida o‘qitish), yosh avlodga puxta bilim berish, aholining barcha qatlami uchun davlat tomonidan kafolatlangan ta’limni joriy etish hamda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor qaratish kabi omillar asosida Singapurda zamonaviy ta’lim tizimi shakllantirildi.

Singapurda davlat maktablariga katta e’tibor qaratilgani bois ular ta’lim sifati va zamonaviylik borasida xususiy maktablardan sira qolishmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat budjetining 20 foizi ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Shu bois mahalliy aholi xususiy maktablarga ko‘p ham qiziqavermaydi, aksincha, farzandini barcha sharoitlarga ega davlat maktablarida o‘qitishni afzal ko‘radi.

  • Singapurda davlat maktablariga katta e’tibor qaratilgani bois ular ta’lim sifati va zamonaviylik borasida xususiy maktablardan sira qolishmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat budjetining 20 foizi ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Shu bois mahalliy aholi xususiy maktablarga ko‘p ham qiziqavermaydi, aksincha, farzandini barcha sharoitlarga ega davlat maktablarida o‘qitishni afzal ko‘radi.

Ayni paytda Singapur ta’lim tizimi uch bosqich — maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’limdan iborat. Bog‘chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o‘qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o‘rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog‘chalar yo‘q. Maktabgacha ta’lim muassasalarining barchasi xususiy bo‘lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg‘armalar tomonidan boshqariladi.

E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!


Yüklə 40,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə