Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
madaniyatshunoslik

uchinchi  sohasi 
(ishlab  chiqaruvchi  va  qayta  ishlab 
chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu sohasi nafaqat 
insoniyatni  shunchaki  biomavjudligi  muammolarini  tadqiq  qilmasdan,  balki 
avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi. 
Inson ulg‘ayishi va o‘zi  yashab turgan jamoaga  mansubligi mezonidan boshqa 
jamiyat madaniyati a’zosi sifatida shakllanishi mumkin. Insonning ikki xil, ba’zan 
undan  ham    ko‘proq  madaniyatga  mansubligi  uni  ko‘p  tomonlama,  turli  madaniy 
olamga  moslashtiradi.  Ammo,  bunda  ma’lum  xavf  ham  yashirin  bo‘ladi.  YA’ni, 
ulg‘ayuvchi  avlod  jamiyatga  begona  madaniyatlarning  aralashuvi      jarayonida 
yoshlarning  o‘z  madaniyat  manbaidan  ayrilishiga,  o‘z  etnik  an’analarini 
tushunmasligiga  olib  keladi.  O‘z  milliy  madaniyatidan  mahrum  bo‘lgan  kishi 
manqurtga aylanadi va har qanday madaniyatga ham befarq munosabatda bo‘ladi. 
SHuning  uchun  yoshlar  ongiga  moddiy  va  ma’naviy  merosni  singdirish, 
madaniyatning  uzluksiz  an’anaviy  yangilanish  jarayonini  ta’minlash  o‘ta 
muhimdir. 
Moddiy  madaniyatning  uchinchi  sohasiga  inson  hayot  faoliyatining  genetik 
(irsiy),  jismoniy  (somatik),  tibbiy-biologik  xususiyatlari  haqidagi,  jamiyatda 
yuzaga  keladigan  va  tarixiy  taraqqiyotning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  aks 
etdiruvchi madaniy an’analar va sog‘lom   turmush tarzi haqidagi bilimlar majmui 
bo‘lgan inson ekologiyasi muammolari ham mansubdir. 
Umuman,  moddiy  madaniyatga  mehnat  madaniyati,  ishlab  chiqarish 
madaniyati,  turmush  madaniyati,  ekologik  madaniyatlar  kiradi.  Ishlab  chiqarish  
vositalari  moddiy  madaniyatning  muhim  qismidir.  Zamonaviy  texnika  yutuqlari 
jamiyat  moddiy  madaniyatining  asosini  belgilovchi  jihatdir.  Maishiy  turmushdagi 
iste’mol buyumlari ham har bir xalqning moddiy hayot darajasini belgilaydi. SHu 
o‘rinda  moddiy  madaniyat  ishlab  chiqarish  va  iste’mol  buyumlarining  oddiy 
majmuidangina  iborat  bo‘lmay,  ularni  ijodiy  o‘zlashtirish,  yangidan  yaratish, 
ulardan mukammal foydalanish usullari hamdir. Bunda ijodiy salohiyat, malaka va 
g‘oya  yangidan  moddiylashib,  shaxs,  jamiyat,  millat,  xalq,  davlat  umuminsoniy 
mazmun  ham  kasb  etadi.  Moddiy  madaniyat  muayyan  tarixiy  davrda  jamiyatda 
mavjud  bo‘lgan  buyumlarni  moddiy  ishlab  chiqarish  faoliyatining  barcha 
sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. 
Tarixiy  davrlarda  madaniyatning  keng  ko‘lamdagi  rivoji  sivilizatsiya 
tushunchasida  ham  ifodalanadi.  Sivilizatsiya  ijtimoiy  va  moddiy  madaniyat 
taraqqiyoti  bosqichini  belgilovchi,  moddiy  madaniyatning  turdosh  nomidir. 
Hozirgi  davrda  sivilizatsiya  insoniyatga  begona  bo‘lgan  ob’ektlarni  qayta 
o‘zgartirishni anglatadi, u madaniyat va insonning fazilati, holati, tashqi dunyoga 
bog‘liqligi  yoki  erkinligining  mezonidir.  Nemis  olimi  O.SHpengler,  sivilizatsiya 
tafakkurni  bir  qolipga  solib  qo‘yadi,  umum  qabul  qilgan  haqiqatlarni 
mutloqlashtiradi,  deb  hisoblaydi.  Bundan  tashqari,  sivilizatsiya  urbanizatsiyaga, 
hatto  olamni  noinsonlashtirishga  olib  keladi,  sivilizatsiya  va  fan  o‘zligicha 
ma’naviy  taraqqiyotni  ta’minlay  olmaydi,  bu  erda  aqliy,  ahloqiy  va  estetik 
yutuqlarni mujassam qilgan ma’naviy tuzilma zarur degan fikrlar ham mavjud.  


 
 
 
14 
Ma’naviy  madaniyat  ancha  ilgaridan  o‘rganila  boshlangan.  Insoniyat 
tarixining  boshlaridan  kishilar  ma’naviy  madaniyatni  belgilashga,  uning 
shakllanish  sabablarini  aniqlanishga,  ma’naviy  boylik  ijodkori  va  yaratuvchilari 
qanday  sifatlarga  ega  bo‘lishlari  kerakligi  va  ma’naviy  ijodkorlik  jarayonini 
tushuntirishga  uringanlar.  Ilgari  mavjud  bo‘lmagan  madaniyat  hodisasini  vujudga 
keltirishga  xizmat  qiluvchi  ijodiy  kuchlar  hayolat,  fantastik  tadqiqotlarga 
e’tiborlarini  qaratadi.  Insondagi  barcha  qobiliyat  tabiatan  mavjud  bo‘lib,  uning 
shakllanishi  insonning  paydo  bo‘lish  davridan  boshlangan.  Insondagi  ajdodlardan 
qolgan  yovvoyilik  xususiyatlari  tabiat  bilan  doimiy  o‘zaro  hamkorlikda  saqlanib 
qoladi.  Tabiatni  o‘zlashtirilishi  jarayonida  insonlardagi  yovvoyilik  xususiyatlari 
yo‘qolib  ularning  bilimi  rivojlandi.  Ulardagi  jismoniy  va  ruhiy  jihatlar 
takomillashib, intellektual va hissiy imkoniyatlari kuchayib bordi. Inson jismoniy, 
fikriy va his qiluvchi mavjudot sifatidagi dastlabki davridanoq o‘ziga xos dunyoni 
yarata boshladi. Moddiy va ideal dunyo taraqqiyotining har bir davrida fikrlash va 
his  qilish  tarzining  maxsus  aqliy  tasavvur  tizimi  to‘plandi.  Bunda  barcha 
umuminsoniy  madaniyat  singari  turli  xalqlar  tomonidan  yaratilgan  mustaqil 
madaniyatlar  manbai  ham  mavjud  bo‘ladi.  Insonning  ideal  dunyosi-bu  uzluksiz 
harakat  shaklining  benihoya  rang-barangligi,  murakkab  me’yor,  munosabatlar 
darajasiga  ega  bo‘lgan  obrazlar  rivoji  va  vazifasi,  tiplarning  voqelik  bilan 
aloqasidir. 
Ma’naviy  faoliyatning  turli  shakllari  mavjud  bo‘lib,    fan,  din,  falsafa,  san’at, 
ahloq,  huquq,  siyosat,  mafkura,  milliy  o‘zlikni  anglash  ma’naviy  madaniyatning 
aniq shakllari hisoblanadi.   Ma’naviy madaniyatning ayrim shakllari (fan, san’at) 
«chegaralanganlikda»  farqlanadi,  ya’ni  ma’naviy  madaniyatning  aniq  sohasiga 
aylanadi,  boshqa  shakllarida  (axloqiy,  estetik)  faoliyatning  barcha  turlari  qorishib  
ketadi.  Madaniyatdagi  hayratlanarli  funksional  haqqoniylik  shuki,  unda  hech  bir 
ortiqcha, shunchaki narsa yo‘q, barcha madaniyat hodisasi o‘zaro foydali umumiy 
aloqadorlikda  kechadi.  Tadqiqotchilar  madaniyatning  turli  funksiyalarini 
ko‘rsatiladilar. Jumladan:  

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə