Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
madaniyatshunoslik

Iqtisodiy madaniyat 
– tushunchasida iqtisodiy bilimlar bilan  ishlab chiqarish, 
iqtisodiy  faoliyat  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqadorlik  omillari  namoyon  bo‘ladi. 
Iqtisodiy  madaniyat  mazmunida  madaniyat  va  iqtisodning  o‘zaro  ta’siri 
xususiyatlari  mavjud  bo‘lib,  tarkibiga  iqtisodiy  ong,  iqtisodiy  faoliyat,  iqtisodiy 
munosabatlar kiradi. 
Iqtisodiy  ong    avvalo,  kishilarning  ijtimoiy  ishlab  chiqarishda  o‘z  o‘rnini 
anglashini  bildirib,  ratsional  bilimlarni,  emotsional  tuyg‘ularni  o‘zida  ifodalaydi. 
Iqtisodiy  faoliyat  tarkibiga  moddiy  va  nomoddiy  ishlab  chiqarish  hamda  mehnat 
mahsulini o‘zlashtirish  kiradi. Iqtisodiy faoliyat sub’ekti insondir. Mukammal fikr 
va  yuksak  ong  faoliyatida  moddiylashsagina  iqtisodiy  madaniyat  hodisasiga 
aylanadi. Iqtisodiy tafakkur va ong iqtisodiy odobning mezoni bo‘lib iqtisodiy ong 
faoliyatning fikriy obrazidir. 
Ijtimoiy  munosabatlar  iqtisodiy  madaniyatning  asosini  tashkil  qilib,  ijtimoiy-
iqtisodiy  ongni  belgilaydi  va  ularda  o‘z  ifodasini  topadi.  SHuningdek,  ijtimoiy 
munosabatlar ishlab chiqarish darajasini emas, balki mulk, taqsimot, iste’mol bilan 
bog‘liq munosabatlarni aks ettiradi. Iqtisodiy munosabatlar nomoddiy sohalarning 
bir  qismi  sifatida  faoliyat  jarayonida  vujudga  keladi  va  jamiyat  iqtisodiy 
madaniyatini  ifodalaydi.  Iqtisodiy  madaniyatning  mazmunini  kishilarning  turli 
sohalarda mehnat faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi.  
 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə