2. Sotsializatsiya
– (umumlashtirish)- jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy a’zosi
sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqdordagi shartlarni o‘zlashtirishdan borat
bo‘lib, bu funksiya idrok, tafakkur, nutq, so‘zlarni qo‘llanilishi, ohangi, imo-ishora
va shama, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat
yo‘nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustahkamlanishi
bilan bog‘liqdir.
3. Inkulturatsiya
– avvalo o‘z xalqi, keyin umuminsoniy madaniy meroslariga
(aralashish) munosabatda bo‘lishdir (bu jarayonni o‘rganishga alohida mavzu
bag‘ishlanadi).
4. Individualizatsiya
– madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyati, iqtidori,
xususiyatini o‘ta rivojlantirishga mo‘ljallangan. SHaxs madaniyati qolgan barcha
madaniyatlar doirasida (jamiyat, insoniyat) asosiy bo‘g‘in bo‘lib, bu har bir shaxs
madaniyatining barkamollik darajasi jamiyat yoki butun insoniyat madaniyatiga
bog‘liq bo‘lishini bildiradi.
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, u
insonning qanday yashashi va harakat qilishini, jamiyatdagi o‘rnini belgilashga
yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun alohida mohiyat va mazmun kasb
etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o‘rnatadi.
SHaxsni jamiyatdan, ijtimoiy munosabatlardan ajratib bo‘lmaganidek, jamiyat
taraqqiyoti ham insonning amaliy faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir. Jamiyat bilan
shaxs o‘rtasidagi munosabat bir-biriga bog‘liq, bir-birini taqozo qiladigan
munosabatlardir.
SHaxsning shakllanishida jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Har bir shaxsda u mansub bo‘lgan jamoaga, millatga, elatga, jamiyatga
xos ja’mi xususiyatlar va belgilar bo‘ladi. SHaxs o‘z hayotining butun mazmunini
jamiyatdan, kishilar jamoasidan oladi. Har qanday shaxs ob’ektiv shart-sharoitlar
va sub’ektiv omillarning uzviy birligi, ta’siri ostida shakllanadi. SHaxs kamolotida
ob’ektiv shart-sharoitlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Oila, o‘quv dargohlari, ijtimoiy-
siyosiy tashkilotlar, matbuot, mahalla, ko‘cha singari omillar ham shaxsni
tarbiyalashda muhimdir. Ob’ektiv shart-sharoitlarning shaxsga ta’siri sub’ektiv
omillar orqali o‘tadi.
Jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizim shaklini ifoda
etadi. SHaxs va jamiyatning o‘zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha
bo‘lib, shaxs madaniyati jamiyat madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham
o‘z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakllanadi. Har bir jamiyat
shaxs madaniyatini kamol topishida o‘zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va
shaxsning ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlaydi.
Inson tabiatning oliy mahsuli bo‘lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy
munosabatlar yig‘indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixiy
17
taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’ektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni
ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Inson ishlab chiqarish
jarayonida faqat narsalar yaratibgina qolmay, balki o‘zini, o‘z shaxsiyatini ham
qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o‘zini takror ijod qiladi va shu jihatdan u
ijtimoiy mavjudotdir.
Inson ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga
egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi. Individ shaxsga aylanishi uchun bir
qancha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi lozim. SHaxs deyilganda demokratik
haq-huquqlarga ega bo‘lgan insonlar tushuniladi.
SHaxs ijtimoiy mavjudot sifatida muayyan erkinlikka ham egadir. Uning
erkinlik darajasi jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga, mulkiy munosabatlarga ham
bog‘liq. Erkinlik har bir shaxsning tabiiy huquqidir. SHaxslarning insoniy
huquqlari va erkinliklarni chegaralab qo‘yish, paymol qilish; milliy, diniy
kamsitishlar; meroslari, milliy qadriyatlarga bepisand qarash, ularning huquq va
manfatlarini kamsitishdir.
SHaxsning huquq va erkinliklaridan tashqari uning jamiyat va umuinsoniyat
oldidagi burchi va ma’suliyati ham bor. Inson o‘zi yashab turgan jamiyatning
qonun-qoidalari, tartiblari, ahloqiy, huquqiy normalariga amal qilmasligi, uning
muammolari, qiyinchiliklariga befarq qarashi mumkin emas. Har bir
mamlakatning konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan qonunlarga amal qilish, boshqa
fuqarolarning milliy qadr-qiymatlarini hurmatlash, jamiyat manfaatlariga, turmush
tarziga, odob-ahloq va madaniyatga zid va nojo‘ya harakatlarga murosasiz bo‘lish,
Vatanni himoya qilish va shu kabi boshqa xususiyatlar shaxsning burchi va
ma’suliyatidan iboratdir.
Har bir shaxsning umumxalq manfaatlariga to‘la taalluqli bo‘lgan burch va
ma’suliyatlari ham bo‘ladi. Bular tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklarini
qo‘riqlash, madaniy-tarixiy yodgorliklarni saqlash haqida g‘amxo‘rlik qilish,
boshqa xalqlar va mamlakatlar bilan do‘stlik, tinchlikni saqlash singarilardir.
Barcha sivilizatsiyali jamiyatlarda shaxsning erkini bo‘g‘ib qo‘yish, uning
huquqlarini cheklash qonun yo‘li bilan ta’qiqlanadi.
Barcha madaniyatli jamiyatning xususiyatini, uning mezon va mazmunini
ziyolilar belgilaydi. Ziyolilik bu nafaqat keng bilimga ega bo‘lishni, balki
tashabbuskorlikni, javobgarlikni, ahloqiy-estetik jur’at va tug‘ma iste’dodni
bildiradi. Ziyolilik ahliy kamolat egasi bo‘lish, nazariy masalalarni anglashga,
ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga tayyor bo‘lgan keng bilimli, yuksak madaniyatli
intelligentni anglatadi. Ziyolilar-aqliy mehnatning turli sohalari bilan
shug‘ullanuvchi (fan va madaniyat xodimlari, o‘qituvchilar, muhandislar,
shifokorlar va b.) qatlamidir.
Madaniyatlilik deganda kamtarlik, halollik, rostgo‘ylik, sahovatpeshalik,
insonparvarlik, sahiylik kabi fazilatlarga ega bo‘lish, axloqiy qoidalarga to‘la
amal qilish, o‘z millati hamda boshqa xalqlarni ham hurmat qilish xislatlari
anglashiladi. Madaniyatli kishi o‘z fikrini obrazli, ifodali va chiroyli nutq orqali
bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
18
Etarli bilimga ega bo‘lmagan holda dunyodagi barcha narsalar to‘g‘risida fikr
bildiruvchi kishi diletantdir. Diletantlik madaniyat kamligining belgisi bo‘lib,
chinakam madaniyat va ziyolilikka aloqasi yo‘qdir.
Ziyolining estetik didi baland bo‘ladi, ya’ni san’at asarlarining go‘zalligi
to‘g‘risidagina emas, balki kishilarning, tabiatning va jamiyatning go‘zalligi
haqida fikr yuritishga, qo‘pollik va adolatsizlikka qarshilik ko‘rsatish, uni bartaraf
qilishga qodir bo‘ladi. Hamma narsada me’yor va uyg‘unlik tuyg‘usi ziyolilikning
yuksak xususiyatidir.
Ziyolilik bilim, ilm va tarbiya bilan kamol topadi. Ziyolilik tushunchasiga
umumiy madaniyatdan tashqari qalb nozikligi, umuman, hayotga munosabatda
yuksak ong, ijtimoiy faollik ham kiradi. Demak, «ziyolilik» tushunchasi faqat aqliy
mehnat kishisiga taalluqli emas. Ziyoli deb chuqur intelegentlikka, intuitiv
oliyjanoblikka ega bo‘lgan, ma’naviy ehtiyojlari keng har bir kishini atash
mumkin. Madaniyatshunoslikni o‘rganishdan maqsad ziyolilikni tarbiyalashdir.
Ziyoli – intellektual shaxs bo‘lib, uning madaniyatli kishidan farqi, jamiyat va
millat taqdiriga ma’naviy javobgarligidadir. Intellektual shaxs individual holatlarda
o‘z fikridan qanoatlanmaydigan, o‘ziga o‘zi qarshi boruvchi, o‘zini-o‘zi inkor
qiluvchi ichki xususiyatlarga ega bo‘lgan ziyolidir. Ziyolining shu xususiyatlarida
komillik belgilari namoyon bo‘ladi.
SHaxs madaniyatining shakllanishida jamiyat madaniyatining quyidagi
tizimlari ahamiyatlidir:
Dostları ilə paylaş: |