Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
madaniyatshunoslik

Siyosiy  madaniyat 
–  kishilarning  siyosiy  ongi,  manfaatlari,  e’tiqodlari, 
maqsadlarini  ifodaluvchi  siyosiy-huquqiy  g‘oyalar  majmui  bo‘lib,  ma’naviy 
qadriyatlarning  maxsus  tizimini  tashkil  qiladi.  Bu  madaniyat  tarixiy  taraqqiyot 
bosqichlarida  jamiyatning  ijtimoiy  tabaqalari  manfaatlari  bilan  bog‘liq  holda 
vujudga  keladi.  Siyosiy  madaniyat  siyosiy  faoliyat  sifatida,  ya’ni  insonlar 
faoliyatidagi  jamiyatni  qayta  qurish  jarayonlarini  qamrab  olib,  «siyosiy  ishlab 
chiqarishni»  aks ettiradi.  Bunda siyosiy  faoliyat  amaliy  jihatdan ijtimoiy  guruhlar 
(sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo‘lgan harakatlarini ifodalaydi, ma’naviy-
nazariy  jihatdan  esa  ijtimoiy  munosabatlarni  tabaqaviy  dunyoqarash  ruhida 
anglash,  muayyan  siyosiy  g‘oyalar,  dasturlar  ishlab  chiqarish  va  targ‘ib  qilishni 
nazarda tutadi. Umuman, siyosiy madaniyat kishilar faoliyatining manfaatli  o‘ziga 
xos  shakli  bo‘lib,  siyosiy  munosabatlarni  tabaqalar,  shaxslar  tomonidan  faol 
o‘zlashtirish  jarayonini  bildiradi.  Siyosiy  madaniyat  tarkibiga  mafkura,  siyosiy 
tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi.  
  Siyosiy-madaniyatni  ijtimoiy  namoyon  bo‘lish  shakli  jihatidan    sotsial 
guruhlar  va  shaxs  siyosiy  madaniyatiga  ajratish  mumkin.      SHaxs  siyosiy 
madaniyati    individ  tomonidan  jamiyatning  siyosiy,  mafkuraviy  va  ijtimoiy-ruhiy 
qadriyatlari  va  usullarini  o‘zlashtirilishi  hamda  amalga  oshirishi  tizimidir.  SHaxs 
siyosiy  faoliyatida  siyosiy  madaniyatni  bilish  va  amaliy  faoliyatda  qo‘llash 
darajasining o‘zaro bog‘liqligi, yaxlit birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi. 
Siyosiy madaniyat taraqqiyoti huquqiy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, bu faqat 
qonunlarni  bilish,  huquqiy  saviyadangina  iborat  bo‘lmay,  qonunlarga  amal  qilish 
va  ularga  bo‘ysunish  madaniyati  demakdir.  Umuman,  huquqiy  madaniyat  – 


 
 
 
19 
huquqiy  ong,  huquqiy  munosabatlar,  huquqiy  faollikning  birlikda  namoyon 
bo‘luvchi qadriyatlar tizimidir. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə