Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
madaniyatshunoslik

 Qadriyatlar
  deganda  insonlar  uchun  ahamiyatli  bo‘lgan,  millat,  elat  va 
ijtimoiy  guruhlarning  manfaatlariga  xizmat  qiladigan  tabiat  va  jamiyat  hodisalari 
majmui  tushuniladi.  Qadriyatlar    muayyan  jamiyat  yoki  sinfga  mansub  kishilar 
turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal ne’matlari bo‘lgan tabiat va jamiyat 
hodisalarning mohiyatidir.      
Qadriyatlarning  hayotidagi  o‘rni  va  ahamiyati  baholash  tufayli  belgilanadi. 
Baholash  esa  insonlarning  ehtiyojlari,  manfaatlari,  maqsadlari,  qiziqishlaridan 
kelib chiqadi. Ayrim hollarda ehtiyoj va manfaatlar bir-biriga zid kelishi mumkin. 
Muayyan ijtimoiy guruh, millat, sinflar uchun  oliy qadriyat hisoblangan hodisalar 
boshqalar  uchun  qadriyat  bo‘lmasligi  mumkin.  Tabiat  va  jamiyat  hodisalarini 
qadriyat  turkumiga  kiritish  yoki  kiritmaslik  kishilarning  ehtiyojlari,  manfaatlari, 
orzu-istaklari, maqsadlaridan kelib chiqadi. 
Qadriyatlar  ijtimoiy  xususiyatga  ega  bo‘lib,  kishilarning  amaliy  faoliyati 
jarayonida  shakllanadi  va  rivojlanadi.  Ular  mohiyatiga  ko‘ra  turlarga  bo‘linadi. 
Avvalo,  inson  va  uning  hayoti  eng  oliy  qadriyat  hisoblanadi.  Inson  ehtiyojlarini 
qondirishda tabiiy qadriyatlar: er va er osti boyliklari boshqa tabiat ne’matlari katta 
ahamiyat kasb etadi.  
Inson  mehnati,  aqli  bilan  yaratilgan  moddiy  boyliklar  moddiy  qadriyatlar 
hisoblanadi.  Madaniy-ma’naviy  qadriyatlarga  ilmiy-texnikaviy  va  intellektual 
imkoniyatlar yaratgan boyliklar mansub. SHuningdek, jamiyat taraqqiyotida, inson 
hayotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: erkinlik, tenglik, birodarlik kabilar ham o‘rin 
tutadi.  Ijtimoiy-siyosiy  qadriyatlar  ichida  istiqlol  tufayli  qo‘lga  kiritilgan 
barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyatga ega. 
Qadriyatlar  amal  qilish  doirasiga  ko‘ra  milliy,  mintaqaviy  va  umuminsoniy 
turlarga  bo‘linadi.  Milliy  qadriyatlar  murakkab  ijtimoiy-ruhiy  hodisa  bo‘lib,  u 
millatning  tili,  madaniyati,  tarixi,  urf-odatlari,  an’analarini  jamiki  moddiy  va 
ma’naviy  boyliklarini,  iqtisodiy,  ijtimoiy-siyosiy  hayotining  barcha  tomonlarini 
qamrab oladi. Mintaqaviy qadriyatlar iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-
odat va an’analari mushtarak bo‘lgan xalqlar manfaatlariga xizmat qiladigan tabiiy 
va ijtimoiy hodisalar majmuasini tashkil etadi. 
Umuminsoniy  qadriyatlar  mazmuni  jihatdan  chuqur  va  keng  bo‘lib, 
umumbashariy  ahamiyat  kasb  etadi.  Umuminsoniy  qadriyatlar  barcha  millatlar, 
elatlar  va  xalqlarning  maqsad  va  intilishiga  muvofiq  keladi.  Milliy  qadriyatlar 
umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  qancha  ko‘p  uyg‘unlashgan  bo‘lsa,  ularning 
taraqqiy etishiga shu qadar keng imkoniyat ochiladi. 
Umuminsoniy  qadriyatlar  turkumiga  insoniyat  sivilizatsiyasining  taraqqiyoti 
bilan  bog‘liq  bo‘lgan  umumbashariy  muammolar  kiradi.  Bular:  Er  yuzidan  ilm-
fanni  taraqqiy  ettirish,  tinchlikni  saqlash,  qirg‘in  qurollarini  to‘xtatish,  tabiatni 
muhofaza qilish va hokazolardir
7
.
 
 
 
                                           
7
 
Ж.Тыленов. +адриятлар фалсафаси.-Т., 1998, 10-20 бетлар. 
 


 
 
 
21 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə