Маданият назарияси



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/52
tarix15.05.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#87052
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52
madaniyatshunoslik

 
 
7-mavzu 
TEXNOGEN MADANIYAT (XVI-XX ASRLAR) 
 
Ma’ruza rejasi: 
1.
 
Texnogen madaniyatning shakllanishi jarayonlari. 
2.
 
Zamonaviy madaniyatda texnikaning ahamiyati. 
3.
 
Ommaviy madaniyat. 
 
Hozirgi  davr  taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  madaniyatni  texnikaviy,  texnika 
hukmronligi,  dunyoviy-elektron  yoki  axborot  madaniyati  deb  ataydilar.  Bu 
zamonaviy  madaniyatda  fan  va  texnikaning  o‘rni  muhimligini  ko‘rsatadi. 
«Zamonaviy»  yoki  «YAngi»  fan  antik  yoki  o‘rta  asrlardagi  fandan  tubdan  farq 
qiladi. Agar, ilgarilari fan dunyoni asl holida, unga dahlsiz holda o‘rgangan bo‘lsa, 
endilikda  fan  bilish,  yaratish,  ixtiro,  loyiha  tuzish  kabi  jarayonlarni 
mujassamlashtirib «inson idroki yordamida hal bo‘ladigan muammolarga e’tiborni 
jalb  qilmoqda».  Hozirgi  fanning    qiyofasida    haqiqatni  anglashga  urinish  o‘rniga 
insonning qiziqish va ehtiyojlariga mos keluvchi aniq imkoniyatlar izlab topish va 
maqsad sari yo‘naltirish harakati ustun bo‘lmoqda.  
Fan va madaniyatdagi yangi yo‘nalishning boshlanishi Uyg‘onish davri (XIV-
XVI  asrlar)  bilan  bog‘liqdir.  O‘rta  asrlarni  o‘z  ichiga  olgan  bu  davr  Evropa 
madaniy  taraqqiyotidagi  muhim  o‘rin  tutadi.    U  Evropada  mutlaqo  yangi 
madaniyat  bosqichini  yaratdi.  SHaharlar  ko‘payishi,  ichki  va  tashqi  savdoning 
vujudga  kelishi,  hunarmandchilikning  rivojlanishi  Evropa  madaniyatida  yangi 
yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi.  Qisqa vaqt ichida  jamiyatda moddiy 
va  madaniy  texnologiyalar  o‘zgarib,  ko‘plab  muhim  ilmiy  kashfiyotlar  qilindi. 
Buyuk  geografik  kashfiyotlar  diniy  «dunyo  qiyofasini»  o‘zgartirdi,  aqliy  va 
iqtisodiy  xududni  kengaytirib,  jahon  savdosini  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ldi. 
Antik  davr  merosini  o‘rganish  yangi  falsafiy  yo‘nalishlar  paydo  bo‘lishiga  turtki 
bo‘ldi.  Inson  va  tabiatning  o‘zaro  munosabatlarida  mutlaqo  yangicha  andoza 
shakllandi. 
Jamiyatda          «gumanizm»  deb  nomlanuvchi  yangi  g‘oya  shakllandi.  Inson 
haqidagi  yangi  dunyoviy  fandan  (studia  humanitatis)  kelib  chiqqan  bu  g‘oya 
ilgarigi  «ilohiyat  haqidagi  fanni»  (studio  divinnnus)  asta-sekin  siqib  chiqara 
boshladi. 
 Insonparvarlik g‘oyasi quydagi xususiyatlarga ega: 
1.
 
Tabiat  qonunlarini  –  «tabiiy-muvofiqlik»  tamoyili  asosida  tushuntirishga 
asoslanish; 
2.
 
Insonni  muammolar  markazi  qilib  olish  (antropotsentrizm)  –  insonga 
tabiatning toji sifatida qarash; 
3.
 
Aqliy  tafakkur  (ratsionalizm)  –  inson    idrok  va  zakovat  orqali  atrof 
muhitni, o‘z-o‘zini biladi deb hisoblash; 
   Isnonparvarlik  g‘oyasining  rivojlanishi    insonlarning      diniy  konsepsiyasi  
buzilishiga,      XVIII  asrda  inson  shaxsining  o‘zini  qadrlash  haqidagi  ta’limoti 


 
 
 
50 
paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Gumanistlar  empirik-tajriba  va  ratsionallikni  o‘z 
ta’limotlarining  ishonch  mezoni  deb  qabul  qildilar.  Bu  xulosa  ularni  cherkovni 
reformatsiya qilish (M.Lyuter, J.Kalvin), utopik sotsializm (T.Mor, T.Kampanella) 
va ijtimoiy pragmatizm (N.Makkiavelli) kabi g‘oyalarni nazariy asoslashga zamin 
yaratdi.  
Uyg‘onish  davri  gumanistlari  dunyo  va  inson  paydo  bo‘lishidagi  ilohiy 
g‘oyalarni butunlay inkor qilmadilar. Ayni paytda inson doimiy va qat’iy qonunlar 
asosida  vujudga    kelishini  tushuntirishga  harakat  qildilar.  Idrok  insonga  shuning 
uchun  berilganki,  uning  yordamida  insonlar  tabiat  va  jamiyat  qonunlari  asosida 
mukammallashgan jamiyat tuzishlari mumkin.   

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə