5-mavzu «DINIY MADANIYAT» (IV-XVI ASRLARDA XRISTIAN
EVROPASI VA MUSULMON SHARQI).
Ma’ruza rejasi:
1.
SHarq va g‘arb mamlakatlarining o‘rta asrlar madaniyatida dinning
ustivorligi.
2.
SHarq va g‘arb diniy madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Diniy madaniyatlardagi yutuqlar va ularning jahon madaniyatidagi o‘rni.
41
VI-XVI asrlar tarix fanida o‘rta asrlar deyilib, qadimgi va an’anaviy
madaniyatlar o‘rtasidagi davrni ifodalaydi. Bu davr madaniyatida mifologik
tasavvur va diniy an’analarning kuchli ta’siri hamda yangi davrning texnogen
madaniyatidagi aqliy-mantiqiy tafakkur, ilmning amaliy xususiyatlari ta’siri
seziladi. Arab halifalari va Evropa mamlakatlari o‘rta asrlar madaniyatida islom va
xristianlik dinlari xususiyatlari etakchi o‘rin tutadi. SHu bilan birga, o‘rta asrlar
madaniyati mustaqil mifologik tushunchalar asosida shakllanib, an’anaviy
madaniyatning ko‘plab jihatlarini o‘zlashtirdi. Natijada o‘rta asrlar madaniyati
negizida keyingi davrlar madaniyatining shakllanishi uchun yangi madaniyat
kurtaklari va yangicha tafakkur tarzi vujudga keldi. Bu o‘z navbatida, o‘rta asrlar
tafakkur tarzi va dunyoqarashi jihatidan o‘zidan oldingi davrlardan keskin farq
qiluvchi madaniyat turlarini yaratdi.
Diniy madaniyat ko‘p mazmunli bo‘lib, u turli xalqlar (arab, turkiy, forsiy,
german, slavyan)larning arxaik (ibtidoiy) madaniyatini, antik meros va qadimgi
sharq sivilizatsiyasi meroslarini ijodiy qayta ishlab o‘zlashtirdi. SHu bilan birga,
g‘arb SHarqning o‘rta asrlar madaniyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazishga urinib ko‘rdi.
Bunda salib yurishlari davri juda shiddatli kechdi (XI-XII asrlar).
Diniy madaniyatning tarkibida ko‘plab submadaniyatlarning mavjudligi
(qishloq madaniyati, shahar, dunyoviy, monastir va so‘fiylik madaniyatlari) uning
ko‘p qirraliligini bildiradi. Din o‘sha davrdagi madaniyat va submadaniyatlarning
barcha sohalarini qamrab oladi.
O‘rta asrlarda yakka xudolikka asoslargan jahon dinlari-xristianlik va islom
Evropa, Osiyo va Afrikada ko‘plab kishilar uchun dunyoqarashning ustivor shakli
bo‘lib, inson va butun jamiyatning tafakkuri va turmush tarzini belgiladi Insoniyat
tafakkuri davrlarning o‘zgarib turishi, o‘rin almashishi jarayonida shakllandi,
jamiyatni tarbiyalash va boshqarish uchun payg‘ambarlarning kelishi sodir etildi.
Payg‘ambar jamiyatda buzg‘unchilik va gunohlarni tuzatishda «ilohiy
aralashuvchi»
ning
timsoli
hisoblanib,
«xudoning elchilari» bo‘lgan
payg‘ambarlarga ishonch bildirildi.
Xristianlikka ko‘ra, «elchilarning» so‘nggisi «xudoning o‘g‘li» Iisus
Xristosning erga tushishi, uning chormix qilinishi bilan Erda Xudoning
xukumronligi boshlanadi. Islom dini bo‘yicha Iisus faqat payg‘ambarlardan biri
xolos, oxirgi payg‘ambar “payg‘ambarlik tamg‘asi» bo‘lgan Muhammaddir.
Kishilarga payg‘ambarlar orqali oliy haqiqat ma’lum qilingan. Bunda erdagi oliy
hilqat inson ruhi bo‘lib, u Xudo bilan birlashishiga harakat qilishi lozim. Din inson
uchun namuna-mo‘minlik, jafokashlik, ruhoniyat, gunohlarni yuvish ishtiyoqi,
qutilishdir. Har kim har doim nazorat ostidaligiga, o‘zining Olamda zarradek
ekanini his qilishi, bu ulkan olamning o‘ziga xos markazida sezilarli kuch
harakatda bo‘lishi, idrok qilib xudoning (Ollohning) e’tiborida ekanligiga iqror
bo‘lishi lozim deyiladi.
Din har xil e’tiqod va an’analarga ega bo‘lgan SHarq va g‘arbda joylashgan
turli xalqlarga kuchli bir sivilizatsiya yaratishlari uchun birlashtiruvchi ibtido
bo‘ldi. Din madaniyatning siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, badiiy va boshqa barcha
sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xristianlik Rim imperiyasiga IV asrlarda, uning
g‘arbiy qismi gullagan paytga kelib, 476 yillarda to‘la shakllangan cherkov tizimi
42
va qattiq intizomga asoslangan davlat dini tarzida qaror topdi. Bu paytda butun
Evropada keng tarqalgan va xristianlikni o‘z dini sifatida qabul qilgan «yovvoyi»
xalqlar (jumladan: gotlar, gallar, irlandlar va b.) cherkovning tayanchiga aylandi.
Evropa bo‘ylab tarqalgan german, slavyan, turk qabilalari antik sivilizatsiyani
barbod etib, yangi hayot tarzini qabul qildilar.
O‘rta asr Evropasi - bu agrar sivilizatsiya gullab yashnagan, natural xo‘jalik
hukmronlik qilgan tarixiy davr bo‘lib, bu davrda dehqonlar bir-biridan ajralgan,
uncha katta bo‘lmagan jamoalar shaklida yashar, ularning istak va manfaatlari har
yili takrorlanadigan qishloq xo‘jaligi hayoti bilan bog‘liq edi. Bunday hayot tarzida
odamlarning tafakkur doirasi tor-manfaati doirasida o‘ralashib qolgan. Bunday
holda Evropada davlatchilikning tarkib topishiga hech qanday zamin yo‘q edi.
Keyinroq xristian cherkovi jamiyatni siyosiy tashkilot shaklida boshqarishning
namunaviy asosini tashkil etdi. Natijada, feodal tabaqachilik va tobelik
munosabatlari
asosida
qurilgan
cherkov
ierarxiyasi(ruhoniylar-episkoplar-
kardinallar-rim papasi) vujudga keldi. Bunda qirol xudoning vassali, saroy
ayonlari-qirolning vassali, dehqon saroy ayonining, ayol erkakning, uy hayvoni
ayolning, tosh va o‘simliklar uy hayvonining vassali kabi e’tiqodlar shakllandi.
Toshdan Xudogacha keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi g‘oya ham
CHerkov manfaatlariga moslashtirilgan.
V-VI asrlarda Arabistonda yangi dunyoqarash shakllana boshladi. Etnik va
madaniy uyushish, integratsiya jarayoni kuchayib, yagona din, umumiy ong
elementlari vujudga keldi. Bu avvalgi xudolaridan ko‘ngillari sovigan arablarning
ma’naviy-ruhiy izlanishlariga turtki bo‘ldi. Muhammadning payg‘ambarlik
faoliyati yagona ma’naviy-mafkuraviy va sotsial birlikka intilish yo‘lida qonuniy
jarayon bo‘ldi. Musulmon SHarqida islom ta’limoti paydo bo‘lishi bilan barobar
teokratik boshqaruv shakli qaror topdi, bunda diniy va dunyoviy hokimiyat
payg‘ambar, keyin uning «o‘rinbosarlari-xalifalar» qo‘lida birldi.
Islomiy e’tiqod 5 asosiy talab, ya’ni yagona Ollohni tan olish va
Muhammadni payg‘ambar deb bilish, nomoz o‘qish, ro‘za tutish, beva-bechoralar
uchun zakot berish, haj ziyoratiga asoslanadi. Islomning ushbu 5 ahkomidan 4 tasi
axloqiy-udum tabiatiga ega. Xususan payg‘ambar shaxsi u haqidagi ma’lumotlar
nufuzi islom diniga betakror o‘ziga xoslik, ma’naviy-ruhiy qudrat baxsh etdi. Uni
jahon tarixidagi muhim voqea, o‘zida ilohiy va dunyoviy hokimiyatini
mujassamlashtirgan musulmon davlatchiligining qaror topishiga zamin yaratdi.
Din tarixiy tajribalar asosida hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi
g‘oyalarni yaratdi. Natijada, falsafada – teologiya, adabiyotda-ilohiy, didaktik
janrlar, evropa musiqasida cherkov gimnlari-liturgiya, tasviriy san’atda xristianlik
syujetlari asosiy o‘rin tutdi. Asosiy fanlar ilohiyot va sxolastika (o‘rta asr
falsafasida yunoncha bu atama fikr so‘qish, dogma, mazmunsiz, formal bilimni
anglatgan). Ilohiyot olam va inson haqidagi o‘z «ilmiy» manzarasini yaratdi.
Koinot xususidagi ilmda Er Olamning, Ierusalim dunyoning markazi degan qarash
hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos- tana er, qon-suv, nafas-
havo, harorat-olov, ya’ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat deb qaraldi.
Asosiy mavzu-xudoni kuylash, Injil asotirlari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy
poklanish, gunohdan forig‘ bo‘lish aqidalari edi. Musiqaviy madaniyat negizini
43
cherkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), musiqa, she’riyat va dramaturgiyani o‘zida
uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari tashkil etdi. Me’morchilik va tasviriy san’at
ilohiyatni unsiz targ‘ib shakli tarzida namoyon bo‘ldi. Xristianlik ehromlarini
(Sobor) «savodsizlar Injili» deb bejiz aytmaganlar. Uning butun ifoda shakli-bino
ichining xoch shaklidaligi, atrofning bezak-hashami, oddiy bandalariga munosib
ko‘rilmagan mehrob qism, turli xaykalchalar, mo‘l bo‘yoqli tasvirlarda aslida
xristian ramzlari va xristianlik aqidalari ifodalangan. Bosh janr ikona bo‘lib, u
savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy-hissiy bog‘lanish- aloqa shakli sanalgan.
Tasvirda xudoni bandalarining gunoh kechmishlari, ularni bu gunohlardan forig‘
etishga qaratilgan motamsaro ko‘rinishi ifodalangan.
Islomda san’atga nisbatan qat’iy biryoqlama, diniy aqidalar timsoli ifodasini
ko‘ramiz. Bunda cherkov tizimini yo‘qligi, har bir insonning Olloh bilan tanho
muloqot qilishi uchun masjidlar bino etilishi bo‘lib, uning dastlabki namunasi
Muhammad payg‘ambar tomonidan Madina shahrida solingan masjiddir.
Musulmonlar orasida Evropa mamlakatlaridagi universitetlardan ilgariroq oliy
ta’lim maktab-madrasalari keng tarqalishi kuzatiladi.
Musulmon adabiyotida ustivorlik qilgan she’riyatni rivojlanishida sufiylik
katta rol o‘ynadi. Sufiylar o‘zlarining chuqur hissiy-ruhiy holatlari, yaratuvchiga
bo‘lgan e’tiqodini tinglovchilariga etkazish, individual ta’sir etish mahoratini
namoyish
etganlar.
Islom
tadqiqotchilardan
bo‘lgan. G.Gryunbaumning
ta’kidlashicha, tahliliy, ma’joziy boy ifoda vositalariga ega bo‘lgan mukammal
ifoda shakli, chuqur mazmun uyg‘unligini o‘zida mujassam etgan takbir
imkoniyatlarini musulmon madaniyati doirasidan tashqarida topish mumkin emas.
SHarqning barcha yirik allomalari-Sanoiy, Jomiy, Rumiy, Sa’diy, Hofiz, Nizomiy,
Navoiy singari ijodkorlari sufiylikka u yoki bu tarzda aloqador bo‘lganlar.
Ilohiy haqiqat olamning aldamchi ko‘rinishi tarzda tahlil etilganligi tufayli
ham islom san’atda asl tasvir-ifodani inkor etgan (kitobiy miniatyura bundan
mustasno). Ayni paytda Islomda olamning mohiyati, asl hayot haqiqatni
naqshlarda muhrlangan belgilarida ifodalashga e’tibor qaratilgan. Mahobatli
me’morchilik yodgorliklarini betakror go‘zallik timsollariga aylantirgan,
ixlosmandlarning nafaqat ko‘zini, qalbini ham quvontiradigan murakkab geometrik
shakllar (girh), o‘simliklar shakli ifodasi (islimiy), qo‘lyozma, amaliy bezak,
san’ati naqshlari asosida islomiy ramz tasvirlari yotadi. Jumladan, uchburchak
Ollohning nazari, to‘rtburchak musulmonlarni Muqaddas manzilgohi-Ka’ba,
beshburchak – dinning 5 asosiy arkoni, jimjimador o‘simliksimon shakl va gullar-
jannat bog‘i-Bo‘ston timsollaridir. Musulmon SHarqi san’atida diniy aqidalar o‘ta
izchillik bilan qo‘llangan. San’atda kalligrafik miniatyurani istisno qilgan holda
deyarli voqelikni tasvirlash ta’qiqlangan, tasvir ramziy shakllarda, naqsh sifatida
ifodalangan.
Umuman, g‘arb va SHarqda borliq Ilohiy «Oliy hukmdor»ning aksi sifatida
idrok qilingan. Xudo (Olloh) borliqni yaratuvchi sifatida va narsalarda uning
qudratli namoyon bo‘lishi tarzida tushuniladi. Narsalarning mohiyatini bilish
Xudoni (Ollohni) tanishdir deb talqin qilingan. Jamiyatning ilg‘or a’zolari barcha
narsalardagi yashirin mazmunni topishga va fahmlashga urinishgan. SHundan
boshlab o‘rta asrlarda nafaqat alximiya va astrologiya, balki an’anaviy, majoziy
44
matematika, jug‘rofiya, filologiya va boshqa fanlar ham rivojlanib, muqaddas
joylar bilan bog‘liq (jannat, do‘zax, arosat) sanalar, so‘zlarning ramziy ma’nosini
tushunishga harakat qilingan.
O‘rta asrlarning ilohiyatga oid muammolaridan biri idrok va e’tiqod masalasi
hisoblanadi. g‘arbda bu bir tomondan, e’tiqodni idrokdan mustaqil, mutloq ustun
deb biluvchilar (Bernar Klervosskiy, Anselm Kenterberiyskiy) va ikkinchi
tomondan diniy aqidalarni asoslashda idrokning rolini e’tirof etuvchilar (Boetsiy,
Abelyar, Siger Brabantskiy) o‘rtasidagi munozaralarda ifodalanadi. Agar –
birinchilar Avgustinning «Anglash uchun ishonaman» degan iborasini shior qilib,
e’tiqodni zakovatdan ustun ekanligini asoslashga uringan bo‘lsalar, ularning
muholiflari Per Abelyarning «Ishonish uchun anglayman» so‘zini shior deb
bilganlar. XIII asrda Foma Akvinskiy «Oltin oraliq»ni topish – zakovat orqali
e’tiqodni qisman asoslashga urinib, aslida arab SHarqining «Ikki haqiqat»
to‘g‘risidagi (dualizm) nazariyasini e’tirof etdi. Ikki haqiqat g‘oyasini falsafa olami
haqida o‘z haqiqatini, din Xudo haqida o‘z haqiqatini beradi, deb S.Brabantskiy
asoslangan edi. Binobarin haqiqatning diniy va falsafiy talqini qiyoslanib
anglanmog‘i lozim.
SHuningdek, musulmon SHarqida ham islom e’tiqodidagilar va sufizm
vakillari o‘rtasida murosasiz to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Haqiqatni bilishni inkor
qiluvchilar va haqiqatga muroqaba yo‘li bilan yaqinlashish mumkin deyuvchilar
(Al-Ashiriy, g‘azzoliy, Junaydiy, Bistomiy) hamda aqliy bilishni ustun qo‘yuvchi
mashhur faylasuflar Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) ta’limoti vujudga keldi. Evropa
madaniyatida bu munozaralar natijasida idrok va e’tiqodning ajralishi sodir bo‘ldi.
Uilyam Okkam (XVI asr) – e’tiqod va idrok, falsafa va din o‘rtasida hech qanday
umumiylik yo‘q, bo‘lishi ham mumkin emas, demakki, ular mutlaqo bir-biridan
mustaqil tushunchalar ekan, bir-birini nazorat qilmasligi kerak deydi. Bu g‘arbda
oliy qudrat sifatida ayniqsa, «XVII asr ilmiy inqilobi» davrida tabiiy inson idrokini
o‘stirishning katta g‘alabasi uchun turtki bo‘ldi. Musulmon SHarqida
boshqacharoq yo‘nalish ustunligi qildi. Bunda ilm va idrok har doim faqat
ma’naviy yuksalish yo‘lidagi bosqich sifatida qaralgan, idrok va ilm boshqa
maqsadiga qaratilishi mumkin emas. SHuning uchun ham IX-XVI asrlardagi arab
tiliga asoslangan tajriba fanlari va falsafa taraqqiyotidagi katta yutuqlarning
barchasi dindan ajralmagan holda sodir bo‘ldi, ilmning bosh vazifasi hayot uchun
zarur hisoblangan ma’naviy asosni qidirishda davom etgan.
g‘arb va SHarq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarli farqlar ham
mavjud. O‘rta asr Evropasida cherkovning ahamiyati alohida ko‘rsatilib, unda
cherkov xudo va inson o‘rtasidagi vositachi, faqat ugina insonning ruhini ilohiy
«mo‘‘jiza» yordamida xalos qilishi mumkin (cho‘qintirish, tavba, nigoh
udumlarida) deyiladi. CHerkov, o‘zining yozma an’analariga ega bo‘lmagan
Evropadagi qabilalar uchun bilimlarni to‘plovchi va saqlovchi joy bo‘lib, ta’lim
tizimi, huquqiy va axloqiy mezonlarning shakllanishi, jamiyatning ijtimoiy
tuzilishida muhim rol o‘ynadi.
Islomiy an’analarning asosiy o‘ziga xosligi shundaki, uning negizi diniy va
dunyoviy, ilohiy va oddiy tafovut asosiga qurilmasdan, mutloq «sof diniy»
mazmunga egadir. Islomda hech qachon xristianlikdagi singari diniy aqidalarni
45
qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo‘lmagan. Islomdagi teokratik
ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi alohida diniy institut (cherkov) g‘oyalari
bilan muvofiq kelmagan. Islomda e’tiqod aqidalarini ishlab chiqish va sharhlash
davlat yoki diniy muassasaning, xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan.
Jamoatchilik fikrining shakllanishi xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar)
zimmasida bo‘lib, ularning obro‘yi diniy bilimlarga asoslangan. Har bir musulmon
Qur’on va hadisga zid bo‘lmagan diniy masalalari bo‘yicha o‘z fikrini bildirish
huquqiga ega bo‘lgan.
Xristianlik shaxsning bir qadar maishiy mustaqilligini ta’minladi. Diniy va
dunyoviy ibtidoning bir qadar mustaqilligi xususida Injilda: «Qaysarga
hokimiyatni, taqvodorga esa Xudoni bering» deyilgan. Islomda kishi faqat va
so‘zsiz Xudoga tegishlidir. Musulmon kishi islom buyurganicha fikr yuritadi,
shunga muvofiq «din» va «mentalitet» tushunchalarini ajratish mumkin emas.
Xristian uchun injilga madaniyat yodgorligi sifatida munosabat bildirishi mumkin,
musulmon uchun Qur’on biron-bir madaniyatga qiyos qilib bo‘lmaydigan, ilohning
beqiyos timsolidir. Xristianlikda «qism» va «butun» (dindor va cherkovning,
individ va umum)ning maqsadi o‘zaro munosabatda bir-birini taqozo qiladi,
cherkovdan tashqarida shaxsiy najod mumkin emas. Islomda alohida individning
taqvodorligini uning qanchalik shaxsiy zohidligi emas, umma (musulmonlar
qavmi) ishlarida shunchalik qat’iy yo‘l-yo‘riq asosida ishtiroki belgilaydi, busiz
najot topishi mumkin emas, ya’ni islomda ayrim butunga qo‘shilgan kabi seziladi.
Diniy va dunyoviy asosdagi bir qadar avtonomiya oqibatda dunyoviy
hokimiyat va cherkov o‘rtasida kurashni keltirib chiqardi. Evropada butun o‘rta
asrda davom etgan bu kurash Reformatsiyani vujudga keltirdi. Reformatsiya
jarayonida (XVI asr) Evropada ruhoniylar guruhi (ilohiyat xizmatchilari)siz yangi
cherkovlar vujudga keldi. Bu davrda dindorlar o‘z oralaridan va’zchilarni
belgiladilar, hashamatli an’analardan voz kechdilar, o‘z ibodatlarida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xudoga murojaat qildilar. Dunyoviy alomatlarga ega islohiy cherkovlar
siyosiy hokimiyat izmida bo‘ldilar. Reformatsiya Evropa xalqlarining milliy
madaniyatlari rivojiga, milliy tillarni qaror topishiga sharoit yaratdi. Martin Metor
Injilni lotinchadan nemischaga tarjima qildi.
Islom siyosiy madaniyati «maslahatli demokratiya» shaklini yaratdi. Xalifalik
tamoyili Qur’ondagi uchta qoidaga binoan yaratildi. Ulardan birinchisi hukmdorni
o‘z fuqarolari bilan «maslahatlashishini» va umumning fikrini inobatga olib qaror
qabul qilishni talab qiladi, boshqasi boshqarishni va munozaralarni adolat bilan hal
qilishga chaqiradi, uchinchi qoida esa «Ollohning elchisiga» dindorning
bo‘ysinishini talab qiladi. Xalifa monarx ham, despot ham emas, uning boshqa
musulmonlardan farqi, faqat e’tiqodni avaylash va shariat me’yorlarini bajarish
uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganligidir.
Xalifa hokimiyatni meros tarzda olishi va qoldirilishi mumkin emas.
Xalifalikka da’vogar va jamoat o‘rtasida kelishuv-mubayi asosida xalifa
hokimiyatini olishi mumkin. U barcha musulmonlar jamoasidan yoki ularning
taniqli vakillari bo‘lgan- mujohidlar tomonidan saylanadi. Har bir musulmon
singari xalifa ham musulmon huquqi me’yorlariga to‘la bo‘ysunushi va har qanday
nojo‘ya hatti-harakati uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Islom tadqiqotchilari
46
ta’kidlashicha, xalifa haqidagi shartnoma – mubayi ko‘p asrlar davomida «jamiyat
shartnomasi» (J.J.Russo) g‘oyasini ifoda etib keldi.
Evropada CHerkov qadimgi yozuv sirlarini saqlab kelgani uchun uzoq vaqt
ta’lim sohasida monopoliyaga aylanib qoldi. O‘rta asrlarda Evropaning ko‘p
aholisi, shu jumladan yuqori tabaqalari ham savodsiz edi. Ko‘p ritsarlar o‘zlarining
savodsizligidan faxrlanib, o‘qish va yozishga mirzo va monahlar bajaradi deb
hisoblanganlar. Evropada shaharlarning qayta tiklanib, rivojlanishi CHerkovning
ta’lim va ilm sohalaridagi monopoliyasiga chek qo‘ydi. X asrlarda boshlab
savdogar va hunarmandlar bolalari uchun dastlab dunyoviy maktablar, keyin
universitetlar paydo bo‘ldi.
Musulmon SHarqida bu jarayon bir oz boshqacha kechdi. Har bir e’tiqodli
mo‘min-musulmon arab tilini bilishi va Qur’onni o‘qiy olishi farz bo‘lgan.
Qur’onning yozilishi jarayonida arab tilining ham taraqqiyoti boshlanadi. VIII
asrda As-Sibavayxiy arab grammatikasiga oid asar yozadi, XIII asrda arab tilining
ikkinchi lug‘ati yaratildi, bu As-Sag‘aniyning lug‘ati va Ibn-Manzuriyning
«Arablar tili» lug‘atlaridir. VIII-XI asrlarda qadimgi YUnon olimlarining deyarli
barcha asarlari, shuningdek hind, shom va fors mualliflari asarlari ham arab tiliga
tarjima qilingan. Falsafa, astronomiya, matematika, tibbiyotga oid ilmiy atamalar
deyarli ishlab chiqildi. Arab tili o‘rta asrlardagi eng taraqqiy etgan tillardan biri
bo‘lishi bilan birga, Hindistondan to Ispaniyagacha bo‘lgan xalqlarni
birlashtiruvchi xalqaro til bo‘lib hisoblangan.
Musulmon madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ilm va kitobga
muhabbatdir. YAngi arabiy janr-adabning shakllanishi bilan ilmga bo‘lgan
ishtiyoqni qondirib, turli fanlarning mazmunini ommabop shaklda ifodalash
imkoni yaratildi. Ta’lim olish xuddi qadimgi Xitoydagi kabi nufuzga ega bo‘ldi.
Musulmon SHarqida ma’lumotli kishi hokimiyatning eng yuqori pog‘onasiga
chiqishida oqsuyaklar bilan teng turgan. Ko‘pincha SHarq hukmdorlari saroyida
shoirlar, faylasuflar, ilohiyotchilar, tarixchilar, qonunshunoslar, tabiblar, mirzolar,
munajjimlar saroy xizmatchisi sifatida ma’lumotli kishilarga katta ehtiyoj bo‘lgan.
Ma’lumotli kishi grammatikani, ritorikani, geografiyani, tarixni yaxshi bilishi,
kiyinishni farqlash, she’r yozish qobiliyatiga ega bo‘lishi, o‘z joyida askiya, hikoya
ayta bilishi zarur bo‘lgan. Turli xil ta’lim tizimi: diniy ta’lim beruvchi maktab va
madrasalar, shuningdek, dunyoviy ta’lim-xususiy maktablar rivojlandi.
Diniy madaniyat umuminsoniy madaniyat taraqqiyotining eng muhim davri
hisoblanadi. O‘rta asrlar davrida davlatchilik, millatlarning yangi shakllari vujudga
keldi, hozirda muomalada bo‘lgan tillar shakllanib, ta’lim va fan tizimi yanada
taraqqiy etdi. Fanning turlari va uslublari zamonaviylik kasb etib bordi.
A.Gumbold aytgani kabi, arablar «tabiiy fanlar ijodkori» bo‘lib, ular tajriba va
mezon yo‘liga asos soldilar. IX asrda musulmon SHarqida rasadxona qurildi;
yulduzlarning aniq joyi belgilangan katalog tuzildi; geometriya, triganometriya,
optika, alximiya, mexanika, tibbiyot, jug‘rofiya sohalari bo‘yicha ko‘plab asarlar
yozildi. Ulug‘ alloma Al-Xorazmiy matematikaning yangi tarmog‘i bo‘lgan
algebraga asos soldi. Buyuk SHarq olimlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn
Rushdiy kabi ko‘plab alloma asarlaridan Evropaning yangi avlod olimlari ta’lim
oldi. Tabiatni ratsional anglash an’analarni o‘zlashtirib va yanada takomillashtirib,
47
XIII asrda R.Bekon induktiv mantiq usulini yaratdi hamda ilmiy idrokning bosh
usuli sifatida malaka va tajribani ta’kidladi.
VI-XVI asrlarda badiiy qadriyati yuksak yodgorliklar yaratildi: Al-Hamrodagi
Saroy, Qurdoba, Jazoir, Sammadra, Dehlidagi masjidlar, Reyms, Parijdagi gotika
uslubidagi soborlar, Istambuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi; ajoyib ikona va
haykaltaroshlik asarlari, kalligrafiya va kitob miniatyurasi, ayniqsa SHarqda
she’riyat yuksak darajada taraqqiy etadi. Bu sohalarda asosiy g‘oya yaratuvchilik,
hayotbaxshlik bo‘lib, Muhabbat va Idrok ijtimoiy taraqqiyotning bosh
harakatlantiruvchi kuchi sifatida e’tirof qilinadi. Ilohiy ishq, she’riy san’at
shoirlarning asosiy mavzui bo‘lib qoldi. Bu janrlar aniq badiiy shakl kasb etib,
keyingi asrlar badiiy madaniyatining mazmunini boyitdi.
Bu davrning muhim badiiy yutuqlari qatoriga aholining barcha qatlamlari
e’tirof etgan madaniyat qadriyatlarni qo‘yish mumkin. Xristian va islom dinlari
boy va qambag‘alni, kuchli va ojizni turli irqdagi va turli ijtimoiy guruhlarni bir-
biridan ajratmaydi. Barcha e’tiqod qiluvchilar uchun umumiy ahloq mezonlari
talablari: mo‘minlik, tavba, yaxshilik qilish va rahm shafqatli bo‘lish, gunoh
qilmaslik kabilar qo‘yildi. O‘rta asrlarda umum e’tirof qilgan axloqiy
me’yorlarning mustahkamlanishi umuminsoniy xulq va axloq mezonlarini ishlab
chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘rta asrlar madaniyatini yaratish jarayonida aholining barcha tabaqalari
ishtirok etib, har bir qatlam o‘zining madaniyatini yaratdi va o‘z navbatida
an’anaviy madaniyat sifatida jamiyatning ma’lumotli, yuqori qatlamining
madaniyatigina namoyon bo‘ldi. Ruhoniylar inson ruhiyati, ritsarlar davlat ishlari
bilan mashg‘ul bo‘ldilar. Agar birinchilarning ideali bu dunyo farog‘atlaridan
batamon foriq bo‘lib mangu haqiqatga erishish istagi bo‘lsa, ikkinchilarining ideali
kelib chiqish nufuzi, sobit so‘z, burch haqida qayg‘urish, dunyoviy jasoratlarga
hamisha tayyorlikdir. Ayni ana shunday ritsarlik fazilatlari «Nibullinglar
qo‘shig‘i» (Germaniya), «Roland haqida qo‘shiq» (Fransiya), «Sid haqidagi
qo‘shiq» (Ispaniya) dostonlari va turbadurlar lirikasida kuylangan. Oddiy xalq-
dehqonlar va shaharliklar yuqoridagilarga muxolifatda edi. Dehqonlar orasida
xristianlik qarashlarning ta’siri o‘taboshlagan qadimgi dinlarga xos tasavvur,
an’ana va rasm-rusumlar saqlanib qoldi. Dehqonlar ongida xalqona madaniyatning
konservatizmi tufayli dastlabki dinlarning xudolari, afsonaviy qahramonlari haqida
hikoya qiluvchi (Islandlarning «Kukilinlar haqida Saga», inglizlarning «sovular»i,
skandinaviyaliklarning «Edda»si) singari qadimgi ertaklar, asotirlar, qo‘shiq, odat
va udumlar saqlanib keldi. SHahar hayoti odamlarda faollik, hisob-kitobda aniqlik,
ishbilarmonlik, ratsional tafakkur tarzini shakllanishiga turtki berdi. SHaharliklar
orasida ilm, ma’rifatga intilish boshqa tabaqalar mezonlariga tanqidiy yondoshish
ruhiyati uyg‘ondi. Yirik asarlar (Ai haqida roman), ixcham hikoyalar (novella,
fabio, shvanklar)da ruhoniylar va ritsarlarning takabburligi, dangasaligi,
nafsibuzuqligi hajv etildi, shaharliklarning sahovati va mehnatsevarligi ulug‘landi.
O‘rta asr SHarqi madaniyatida tabaqaviy submadaniyatlar emas, balki ikki
yirik madaniyat-shahar va ko‘chmanchilar madaniyati ajralib turadi. SHahar
sharoitida «YUsuf va zulayxo», «Layli va Majnun», «Lubna va Kays» singari
dostonlar turli poetik shakl va janrdagi adabiy asarlar (qasida, masnaviy, g‘azal,
48
madxiya, ruboiy makom), hikoya va ertaklar (1001 kecha ertaklari, Kalila va
Dimna), latifa va rivoyatlar yaratildi. Miniatyura bezagiga boy kitoblar, musiqa
san’ati va raqs janrlari xalq orasida keng tarqaldi.
Ko‘chmanchi orasida turli musiqa asboblarida kuyga solib aytiladigan (baxshi
va oqinlar tomonidan) xalq og‘zaki ijodining yirik badiiy shakllari-epos, dostonlar
yaratish ustivorlik qildi. SHahar, ritsarlik, dunyoviy, monaxlik va so‘fiylik kabi
submadaniyatlarning paydo bo‘lishi madaniyatni sezilarli boyitdi, yanada
rivojlanishida ko‘plab yo‘nalishlar yaratdi hamda Renessans (Uyg‘onish) deb
atalgan yuksak taraqqiyotga zamin tug‘dirdi.
Uyg‘onish davri tadqiqotchilar asarlarida turlicha baholanib, turlicha
yondashuvlarga sabab bo‘ldi. Xususan, Uyg‘onish yo‘nalishi umumjahon jarayoni
sifatida Xitoyda VII-VIII asrlarda boshlanib, IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo va
YAqin SHarqni qamrab oldi, XIV-XVI asrlarda Evropada takomiliga etdi.
SHuningdeek, tadqiqotchilar Uyg‘onish davrining bosh maslakdoshi haqiqiy
gumanizm bo‘lganligini bir ovozdan e’tirof qiladilar. Uyg‘onish davri madaniyati
– diniy madaniyat taraqqiyotining va yangi texnika madaniyati rivojining
bog‘lovchisidir.
Dostları ilə paylaş: |