10-Mavzu. TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI MADANIYATI
(XIV ASRNING IKKINCHI YARMI – XV ASR)
Ma’ruza rejasi:
1.
Amir Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
taraqqiyoti.
2.
Me’morchilik, tasviriy san’at va amliy san’at.
3.
Ilm-fan, adabiyot, falsafa va din.
4.
San’at, falsafa va din.
Temur va temuriylar davri O‘rta Osiyo madaniyatida alohida davrni tashkil
qiladi. Madaniyat tarixida klassik davr hisoblangan bu davr xususan, o‘zbek
madaniyatining bugungi darajada shakllanishida asoslardan biri bo‘lib xizmat
qiladi. Avvalo, bu davr madaniyati Temur asos solgan kuchli davlatchilik
tamoyillari asosida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liqdir.
Amir Temur davrida O‘rta Osiyoning qudratli bir davlat ostida birlashtirilishi
mamlakatning siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Ilm-
fan, adabiyot va san’at, hunarmandchilik va me’morchilik ravnaq topdi. Mamlakat
va poytaxt Samarqandning obodonchiligi yo‘lida mahalliy va chet mamlakatlardan
ko‘plab fan va san’at ahllari, hunarmand me’morlar va musavvirlar to‘plandi.
Temur markazlashgan davlat tuzish jarayonida ishlab chiqarishga, xususan
qishloq xo‘jaligiga alohida e’tibor berdi. O‘rta Osiyo qishloq xo‘jaligi sun’iy
sug‘orishga bog‘liqligini yaxshi tushungan Temur Angor kanalini qazdirdi va
Murg‘ob vodiysida sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Samarqand va SHahrisabz
shaharlari oqar suvlar bilan ta’minlandi. Lalmikor erlarda ariqlar qazildi.
Dehqonchilikda donli ekinlar, paxta, zig‘ir, bo‘yoq uchun ro‘yan o‘simligi,
shuningdek pillachilikda tutlar ko‘p ekilgan. Uzum, olma va boshqa mevalar
ko‘plab etishtirilgan.
Temur Samarqand atrofida Bag‘dod, Sultoniya va SHeroz nomli qishloqlar
qurdirgan. Temur va Ulug‘bek davrida chorvachilikka alohida e’tibor berilgan.
Ulug‘bek davrida Bog‘i maydonda turli o‘simliklar ekilib, Bog‘cha nomli bog‘
barpo etilgan.
Obodonchilik va sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy hayotda
muhim soha-hunarmandchilik, savdo va tovar pul munosabatlarining taraqqiyotiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilik tarmoqlarining ko‘payishi tufayli
shaharlarda hunarmandchilik mahallalarining soni ortib, yangi bozor rastalari, tim
va toqlar qurildi. Tog‘-kon ishlariga e’tibor kuchaytirilgan. Bu davrda turli
ma’danlar qazib olinishi tufayli hunarmandchilik rivojlangan. To‘qimachilik,
kulolchilik, chilangarlik, temirchilik va binokorlik sohalari asosiy o‘rin tutgan.
64
Samarqand, Buxoro, Toshkent, SHohruhiya, Termiz, SHahrisabz, Qarshi
shaharlarida yangi hunarmandchilik mahallalari bunyod etilib, ular savdo
markazlariga aylandi. Ip, jun, kanop tolasidan gazmollar to‘qilgan. Ipakdan shoyi
gazlamalar atlas, kimxob, banoras, duhoba, xoro, debo kabi gazmollar to‘qilgan.
XV asrda metall buyumlar – uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbob-uskunalar, qurol-
yarog‘lar ko‘plab ishlab chiqarilgan. Samarqand qurolsozlik markaziga aylanib,
sovutsozlar mahallasi qurilgan SHaharlarda mis va jezdan buyumlar va mis
chaqalar zarb qilingan. Temur farmoni bilan Usta Izzoddin Isfahoniy yasagan jez
qozon va shamdon hozirgacha saqlanib qolgan. Misgar va chilangarlar metallarni
toblash, quyish, sirtiga naqsh solish, oltin va kumush suvi yuritish kabi murakkab
ishlarni bajarganlar.
Masalan, Bibixonim masjidi eshiklari etti xil ma’dan qotishmadan
tayyorlangan. Zargarlar oltin, kumush va jez qotishmalaridan nafis zeb-ziynat
buyumlari yasaganlar. Oltin va kumush gardishli, qimmatbaho toshlar qadalgan
idishlar sirtiga naqsh va yozuvlar ishlangan.
Kulolchilik eng sertarmoq soha bo‘lgan. XIV-XV asrlarda sirli sopol badiiy
rang-baranglikda turli sohalarda ishlatilgan va turli buyumlar yasalgan.
Toshtaroshlikda naqsh, hattotlik keng qo‘llanila boshlangan. Binokorlikda g‘isht
teruvchilar «Banno», peshtoq, ravoq hamda toqlarga parchin va chiroq qoplovchi
pardozchilar «Ustoz» deyilgan. Samarqandda shishasozlik rivojlanib turli idish va
buyumlar yasalgan. Qurilishda rangli oynalardan foydalanilgan. YOg‘och
o‘ymakorligi naqshin binolar qurilgan va buyum jihozlar yasalgan. Samarqand
qog‘ozi hatto chet o‘lkalarda mashhur bo‘lgan.
Bu davrda hunarmandchilik mollari ishlab chiqaradigan korxona boshlig‘i
«Usta» shogirdlar «Xalfa»lar bo‘lgan. Hunarmandlar shaharning madaniyatli
tabaqasiga mansub bo‘lgan.
Temuriylar davlati Xitoy, Hindiston, Eron, Rusiya, Volga bo‘yi, Sibir bilan
muntazam savdo-sotiq aloqalari olib borilgan. CHet davlatlar bilan savdo
aloqalarini kengaytirishda temuriylarning elchilik aloqalari muhim ahamiyat kasb
etgan. Temur savdo rastalari, bozorlar va yo‘llar qurdirgan, karvonsaroylarni
ko‘paytirgan. Ayniqsa, Samarqand va Buxoroda bozor, chorsu, tim, toq, kappon
kabi savdo hunarmandchilik inshoatlari qad rostladi. SHahar bo‘ylab o‘tgan keng
ko‘chaning ikki tomoniga do‘konlar joylashtirilgan. Samarqand va Buxoro savdo
maydonlarining kengligi va ixtisoslashtirilgan bozorlarga egaligi bilan ajralib
turgan. Bozor savdo markazi va hunarmandchilik ishlab chiqarish joyi edi.
SHuningdek, bozorlarda qo‘lyozmalar kitoblar, yozuv qog‘ozi sotilgan, ariza yoki
maktub yozuvchi mirzalar ham o‘tirgan. Savdo rastasi unda sotiluvchi tovar nomi
bilan atalgan. Bozorlarda adabiyot, she’riyat, ilm-fan haqida suhbatlar bo‘lgan,
farmonlar e’lon qilingan va aybdorlar jazolangan. Turli tomoshalar shu joyda
ko‘rsatilgan, masjid, madrasa, hammom bozorga yaqin joyga qurilgan.
Temuriylar davrida karvon yo‘llarida elchilar, choparlar va savdo karvonlari
uchun dam olish, otlar almashtirish joylari qurilgan.
XIV-XV asr ohirlarida Movarounnahrni ko‘p mamlakatlar bilan ijtimoiy-
iqtisodiy ba’zan siyosiy va harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan karvon yo‘llari
bog‘lagan edi. Bu yo‘llar bir-biridan iqtisodi, xalq turmush tarzi, dini, ma’naviy va
65
moddiy madaniyati jihatidan farqlanuvchi mamlakatlarning o‘zaro aloqasini
rivojlantirishga imkon yaratdi. Karvon yo‘llari savdo, diplomatik aloqalarning
amaliy vazifasini, ayni vaqtda mamlakat va xalqlarning o‘zaro iqtisodiy va
madaniy ta’sirini mustahkamlashga xizmat qildi.
2. O‘rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san’at sohalarida
kamolot
bosqichiga
ko‘tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa
me’morchilikda namoyon bo‘ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni
ko‘rmoq istasang binolarimizga boq» degan yozuv Temur davlatining ma’naviy
qudratini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida
istehkomlar, shoh ko‘chalar, me’moriy majmualar keng ko‘lam kasb etadi. Ilk o‘rta
asrlardagi shaharlarning asosiy qismi bo‘lgan «shahriston»dan ko‘lam va mazmuni
bilan farq qiluvchi «hisor» qurilishini Samarqand va SHahrisabzda kuzatish
mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-
g‘arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog‘-rog‘lar qurildi.
Temur saltanat poytaxti Samarqandni bezatishga alohida e’tibor berdi.
SHaharda «Hisori», qal’a, ulug‘vor inshoatlar va tillakor saroylar bunyod ettirdi.
Samarqandga kiraverishdagi Ko‘hak tepaligi CHo‘pon ota maqbarasi Ulug‘bek
davrida qurilgan bo‘lib, bu inshootda mutanosiblik, umumiy shaklning nafisligi,
bezaklarda ulug‘vorlik uyg‘unlashib ketgan. Temur davrda Samarqand
Afrosiyobdan janubda mo‘g‘ullar davridagi ichki va tashqi shahar o‘rnida qurila
boshladi hamda bu maydon qal’a devori va handak bilan o‘ralib (1371 y) Hisor deb
ataldi. Hisor 500 gektar bo‘lib devor bilan o‘ralgan. SHaharga oltita darvozadan
kirilgan.
SHahar mahallalardan iborat bo‘lib, guzarlarga birlashgan. SHaharda
me’moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i
bo‘ldi. Me’morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarildi, inshootlar ko‘lami
bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me’morlar va
naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo‘ydi. Temur davrida gumbazlar
tuzilishida qirralar oralig‘i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan
yoysimon qovurg‘alarga tayangan tashqi gumbazni ko‘tarib turuvchi poy
gumbazning balandligi oshdi. Ulug‘bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi
xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlarda erishilgan yutuqlar me’morchilik
yodgorliklarida aniq ko‘rinadi (SHohizinda, Ahmad YAssaviy, Go‘ri Amir
maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi). Ularning old tomoni va
ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini
belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o‘zaro nisbati bor. Bezak va sayqal
ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.
Temuriylar davrgacha va unidan keyin ham Movarounnahr va Huroson
me’morchiligida bezak va naqsh bu qadar yuksalmagan. Temur va Ulug‘bek davri
me’morchiligida bezakda ko‘p ranglilik va naqshlar xilma-xillligi kuzatiladi.
Epigrafik bitiklarni binoning maxsus joylariga, xattotlik san’atini mukammal
egallagan ustalar olti xil yozuvda ishlagan.
Koshin qatlamlarida tasvir mavzui kam uchraydi. Oqsaroy peshtoqlarida SHer
bilan Quyoshning juft tasviri uchraydiki, bu ramziy ma’noga ega. Temur va
Ulug‘bek davrida bino ichining bezagi ham xilma-xil bo‘lgan. Devor va shift, hatto
66
gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Temur davrida qurilgan binolarda ko‘k va
zarhal ustun bo‘lib, dabdabali naqshlar ishlangan, Ulug‘bek davrida Xitoy
chinnisiga o‘xshash oq fondagi ko‘k naqshlar ko‘p uchraydi.
Bu davrda diniy inshootlar, hukmdor saroylari, aslzodalarning qarorgohlari
ko‘plab qurilgan. Temur Hindiston yurishidan so‘ng (1399 y.) Samarqandda jome
masjidi qurdiradi. Uning ro‘parasida Bibixonim madrasasi va maqbara bunyod
ettirdi. Ulug‘bek Buxoro Jome masjidini kengaytirib, qayta qurish ishlarini
boshlagan, biroq u XVI asrda qurib bitkazdi.
Temur davrida Saroy Mulk xonim Go‘ri Amir majmuasida madrasalar
qurilgan. Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va g‘ijduvonda madrasalar bunyod etirdi.
XV asrda madrasa me’morchiligi o‘zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo‘ldi.
Madrasa qurilishi yagona tizim bo‘yicha rejalashtirilsa ham, asosiy shakllari,
ularning o‘zaro nisbatlari va bezaklariga ko‘ra har biri o‘z qiyofasiga ega edi.
Temuriylarning ikki san’at durdonasi – Samarqanddagi Ulug‘bek va Hirotdagi
Gavharshodbegim madrasalari yagona tizim rejasi bo‘yicha qurilganiga qaramay,
bir-biridan farq qiladi.
Temuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o‘z
ichiga oluvchi to‘siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil
qiladi. Samarqandda Temur davrida shayx Burxoniddin Sag‘orjiy xilxonasi –
Ruhobod maqbarasi va Temuriylar xilxonasi – Go‘ri Amir. SHuningdek,
SHohizinda majmuida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug‘bek davrida
ijobiy izlanishlar samarasi dahmalarning me’moriy ko‘rinishiga ham ta’sir
o‘tkazadi. SHohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda
Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli
noma’lum) maqbara qurilgan. Ulug‘bek Buxoro, g‘ijduvon, SHahrisabz, Termiz,
Toshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar
bo‘yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi
va SHayxontoxur majmuasi bo‘lib, Qaldirg‘ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi
yarmiga mansub.
Temur davrida ulkan inshoot – Turkiston shahrida Ahmad YAssaviy
maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon SHarqining me’moriy
yodgorliklari orasida eng noyobidir.
Qadamjolar me’morchiligi ham o‘ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda
CHashmai Ayub (1380 y.) yodgorligini qurdiradi. SHuningdek, Temur
SHahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «Hazira», «Dor us-Siyozat»
(1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O‘g‘li Jahongir vafot etgach SHahrisabzda
maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me’morchiligi an’analarini
ko‘rish mumkin.
Samarqanddagi
Ulug‘bek rasdaxonasi me’moriy san’atning noyob
yodgorligidir. Rasdaxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo‘lib, uch qavatlidir.
Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo‘lgan. Birinchisi-ma’muriy-
siyosiy maqsadda bo‘lib, qal’a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar
tashqarisidagi bog‘larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar
o‘tkazilgan va xordiq chiqarilgan. SHahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri
22 metr bo‘lib, toq va ravoqlari beqiyos bo‘lgan. Temur va Ulug‘bekning asosiy
67
qarorgohi Samarqanddagi Ko‘ksaroy va Bo‘stonsaroy deyiladi. SHuningdek,
shahar tashqarisida Temur o‘n ikkita bog‘ va saroylar bunyod ettirgan.
Ulug‘bek davrida Samarqandning Registon maydoni shakllandi, «Masjidi
Muqatta’», 210 gumbazli Ko‘kaldosh jom’e masjidi qad ko‘tardi. SHohizindada
ayrim maqbaralar, SHahrisabzda Ko‘kgumbaz masjidi, «CHilustun» va
«CHinnixona» saroylari uning davrida qurildi.
XV asrning ikkinchi yarmida Samarqandda Xo‘ja Ahror madrasasi,
Ishratxona, Oqsaroy maqbaralari bunyod qilindi.
Amir Temur va Ulug‘bek davrida tasviriy san’at turli yo‘nalish bo‘yicha
yuksaldi. Islomda jonli narsalar tasviriga sig‘inmaslik tasviriy san’atda naqshning
ravnaqiga sabab bo‘ldi. O‘rta Osiyoda arablar bosqini tufayli to‘xtab qolgan
devoriy suratlar va umuman tasviriy san’at Temur davrida yangi shakl va
mazmunda tiklandi. Hattotlik - qo‘lyozma adabiyotning ajralmas bir qismi
hisoblangan. Miniatyura – tasviriy san’atga ham avvalo naqsh sifatida qaralgan.
Temuriylar davrida tiklangan devoriy suratlar esa XVI asrda yana to‘xtab qoldi.
Samarqanddagi Temuriylarning saroy-qarorgohlarida qabul marosimlari, jang
voqealari, ov manzaralari, xalq bayramlari tasviri tushirilgan devoriy suratlar
bo‘lgan. Temur, o‘g‘illari, nabiralari, ayollari va kanizaklari tasviri bu devoriy
suratlarda aks ettirilgan Ulug‘bek devorida ham devoriy suratlar mavzu jihatdan
rang-barang bo‘lib, uslubiy jihatdan miniatyura janriga yaqin bo‘lgan. Bu davrda
qayta ko‘rilgan Abdurahmon as-So‘fiyning (X asr) falakiyotga oid asariga
ishlangan bir suratda Andromeda yulduzlar turkumi chochlik ayol qiyofasida
tasvirlanadi. Samarqand rasadxonasida esa to‘qqiz falak ko‘rinishi, etti gardish, etti
yulduz-yoritqich daraja, vaqt bo‘limlari, Er yuzining etti iqlimi tasvirlangan.
Temur davrida qurilgan SHirinbeka opa, Bibixonim, Tuman opa obidalarida
naqqoshlik va xattotlik bilan birga tasviriy lavhalar ham mavjuddir. SHirinbeka
opa maqbarasida tasvir ko‘p ranglarda, qolgan ichki bino devorlarida oq va moviy
rangdagi tabiat manzaralari tasvirlanadi.
Xattotlik san’ati taraqqiyotiga XV asrda an’anaviy nasxi, kufiy, devoriy
xatlari bilan birga peshtoqlarni bezovchi suls va tezkor-nasta’liq noyob qo‘lyozma
asarlar ko‘chiriladigan maxsus ustaxonalar kitobchilikning ravnaqiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatdi.
Amir Temur davrida Samarqandda miniatyura rassomchilik maktabi tashkil
topdi. Hozir Turkiya va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan ko‘chirma-xomaki
miniatyura nusxalari XIV-XV asrlarga oid bo‘lib, ularda alohida shaxslar,
daraxtlar, gullar, kichik kompozitsiyalar, naqshlarda chiziqlar uyg‘unligi,
harakatlar aniqligi, qiyofalarning o‘z o‘rnida joylashtirilishi bilan ajralib turadi.
Tarixiy shaxslarning qiyofalari ham miniatyuralarda aks etgan. Amir Temur
qiyofasi tiriklik vaqtida aks etgan miniatyuralar hali topilmagan. Asl holatiga yaqin
suratlar «Zafarnoma»ning dastlabki ko‘chirilgan nusxalarida uchraydi. Uning bir
muncha yorqinroq qiyofasi Hirotda (1467 y.) ko‘chirilgan «Zafarnoma»da
keltiriladi. Dastlab Mirak Naqqosh boshlagan va Behzod yakunlagan ushbu
miniatyurada boy kompozitsiya va serjilo bo‘yoqlar uyg‘unligi bilan ajralib turadi.
Miniatyura rassomchiligining taraqqiyoti adabiyotning rivoji bilan bog‘liq
bo‘lgan. Musavvirlar Firdavsiy, Nizomiy, Dehlaviy, so‘ngra Jomiy va Navoiy
68
asarlariga rasmlar ishlagan. XIV asrda «Jome’ ut-tavorix», «Tarixi Rashidiy» kabi
tarixiy asarlarga ham miniatyuralar ishlangan. Bu an’ana Temuriylar davrida ham
davom ettirilib, «Zafarnoma» va «Temurnoma» asarlarida jang lavhalari
tasvirlanadi. Ayrim hollarda diniy asarlarga ham Makka va Madina tasviri
tushirilgan. Badiiy asarlarning ba’zilarida Muhammad payg‘ambarning ( niqobda)
odamlar orasida turgan holati va me’rojga chiqishlariga oid lavhalar uchraydi.
XV asr miniatyuralarining aksariyatida sharq she’riyatining qahramonlari
Layli va Majnun, Xusrav va SHirin, Rustam, jang lavhalari tasvirlanadi. Umuman
miniatyura san’ati bu davrda Iroq, Eron, Xuroson, Movarounnahr va
Hindistongacha bo‘lgan hududda badiiy-estetik hodisa edi. Bu hodisa Temuriylar
bilan bog‘liq bo‘lib, temuriylarning Bag‘dod, SHeroz, Tabriz, Hirot, Samarqand,
Dehli kabi markazlarida bir necha miniatyura maktablari vujudga keldi.
Samarqand miniatyura maktabi XIV-XV asrning birinchi yarmida qaror
topgan bo‘lib, turli turkumda yaratilgan bu miniatyuralarda SHarqiy Turkiston
san’atiga xos bo‘lgan turkiy obrazlarda Xitoy rassomchiligi ta’siri sezilib turadi.
Samarqanddagi saroy musavvirlari Abu Xayya va uning shogirdlari SHay
Mahmud Taliliy, Pir Ahmad Bog‘i SHamoliy, Muhammad bin Mahmudshoh,
Darvesh Mansurlar ishlagan rasmlarda nozik, bo‘yoqlar ustalik bilan qo‘llangan.
Ularning miniatyuralari temuriylar davriga xos ov-shikor mavzuida yaratilgan.
1420 yildan keyin Boysunqur Mirzo Hirotda hattotlik va naqqoshlik ustaxonasi
tashkil qilgach, bu rassomlarning ayrimlari Hirotga ko‘chirilgan. Abul Hayya
asarlariga ishlagan miniatyuralarda Amir Temur va temuriylarning qiyofalari aks
etsa, badiiy asarlarga ishlagan rasmlarida ham ular turli holatlarda tasvirlanadi.
Xalil Sulton davrida ishlangan ayrim miniatyuralar grafik tarzda, badiiy jihatdan
o‘ziga xos «siyohi qalam» uslubida ishlangan. Temur hayotlik davrida uning saroy
devorlariga shoh va shahzodalar bor bo‘yida tasvirlanib, haqiqiy portret janrini
Kamoliddin Behzod shakllantirdi. Umuman, Temur va temuriylarning qiyofalari
tasvirlangan ko‘plab miniatyuralar dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda.
Ularning aksariyatida rasm chizilgan davr yoki rassom, joy, maktab
ko‘rsatilmagan. Biroq, bu miniatyuralarda nur sochib turgan quyoshsimon sherning
boshi tasvirlangan tug‘-Temurning gerbi-uning saroyi peshtoqida, Xalil Sulton va
Ulug‘bek zarb qilgan tangalarda uchraydi. SHuningdek, tabiat tasvirida to‘q yashil
va jigarrang ko‘pligi, kiyimlar turkiy millatga xos bo‘lganligidan bu miniatyuralar
Samarqand miniatyurachilik maktabiga mansub deyish mumkin. CHunki, Hirot va
SHeroz miniatyuralari qahramonlarining kiyimlari boshqacharoqdir. Samarqand
maktabi miniatyurachilari vakillari kompozitsiya yaratish va manzara tasvirida
mahoratlidirlar.
Ulug‘bek davrida mashhur bo‘lgan xattot va musavvir asli Obivardlik Sulton
Ali Boverdiy miniatyuralari chiziqlarning keskinligi, ranglarning yorqinligi bilan
o‘ziga xosdir. Samarqand maktabiga xos bo‘lgan 18 ta miniatyura Nizomiyning
«Hamsa» asariga va 49 ta miniatyura «SHohnoma» asariga ishlangan bo‘lib, ular
hozir Turkiya kutubxonasida saqlanadi. Ulug‘bek davrida as-So‘fiyning «Siljimas
yulduzlar ro‘yxati» asariga ishlangan miniatyuralarda xaritalar qizil va qora
doiralar bilan katta va kichik yulduzlarning joylashishi ko‘rsatilgan bo‘lib, grafik
tarzida rang bermay, qora siyohda chizilgan. SHarq miniatyurachiligida oddiy
69
xalq hayoti mavzui temuriylar davrida paydo bo‘lgan. Masalan, «Samarqand
masjidi qurish», «Iskandar devorini bunyod etish», «Ko‘chmanchilar turmushi»,
«Jamshidning oddiy xalqqa hunar o‘rgatishi» mavuzidagi miniatyuralar bunga
misoldir.
Temuriylar davrida madaniyatning yuksalishi badiiy hunarmandchilikning
turli shakllarida namoyon bo‘ldi. Badiiy hunarmandchilik asosan me’morchilik
bilan bog‘liq bo‘lmay, koshinkorlik kulolchiligi, yog‘och va tosh o‘ymakorligi
bilan ham bog‘liq edi. Qabr toshlariga qisman o‘simliksimon, asosan geometrik
nazmlarda hattotlik namunalari bilan so‘zlar bitilgan. Bu yozuvlar chuqur
o‘yiqlarda bitilgan. Qabrtoshlar sag‘ana yoki supa shaklida bo‘lib, bo‘z rangli
marmardan, ayrim hollarda o‘ta noyob toshlardan tantana idishlari ishlangan.
YOg‘och o‘ymakorligi Go‘ri Amirda, SHohi Zinda, YAssaviy maqbaralari
eshiklarida keng qo‘llanilgan. SHuningdek, XV asrga oid ustunlar naqshlar bilan
ishlangan. Temur va Ulug‘bek davrlarida metall o‘ymakorligi taraqqiy etadi.
Idishlar oltinsimon bronza, latun, qizil misdan ishlangan. Naqshlar o‘yib, bo‘rtma
usulda, qimmatbaho toshlar qadalib tayyorlangan. YAssaviy maqbarasi ulkan-
shamdonlar, ayniqsa ikki tonnali qozon bronza qo‘yish san’atining yuksak
namunasidir.
Amaliy san’atning kulolchilik idishlariga yashil, zangori tusdagi yorqin, sodda
o‘simliknoma naqshlari qora bo‘yoqlar bilan tushirilgan. Bu davrda paydo bo‘lgan
oppoq idishlarga sir ustidan kobalt yordamida naqsh berilishi yangilik edi. Sopol
buyumlardagi naqshlar mo‘yqalamda chizilgan. Oldingi asrlarda sopol
buyumlariga chiziq naqshlar chizilgan, temuriylar davrida mansub sopol
buyumlarda kulol-rassom turli uslubda och havo rangdan to lojuvardga qadar
ranglarni qo‘llagan. Temur va temuriylar davrining amaliy san’at turlaridan
to‘qimachilik, gilamdo‘zlik, kashtalik yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi.
Amir Temur ilm-fan rivoji uchun g‘amho‘rlik qilishi tufayli Samarqand
dunyoning ma’rifiy markaziga aylandi. Mashhur olimlar Samarqandga keldi.
Masalan, Qozizoda Rumiy, tabib Xusomiddin Kermoniy, falaqiyotshunos Mavlono
Ahmad, Ulug‘bek davrida turli mamlakatlardan kelgan 100 dan ortiq olimlar ilmiy
va ijodiy faoliyat ko‘rsatgan. Temur va temuriylar zamonida tabiy va gumanitar
fanlar sohasida buyuk olimlar etishib chiqdi hamda jahon faniga munosib hissa
qo‘shdi. Falokiyoshunoslik fanida Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, g‘iyosiddin
Jamshid va Ali Qushchilar yangi kashfiyotlar qildi. Tarix ilmida SHarofiddin Ali
YAzdiy, Hofizi Abro‘, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Zayniddin
Vosifiy va boshqalar qimmatli asarlar yaaratdi. Badiiy ijod va tilshunoslikda
Jomiy, Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy , koshifiy singari
ijodkorlar yuksak san’at asarlari bilan mashhur bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqandda birinchi Akademiyaga asos solindi, Er
kurrasini o‘lchash va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzish ishlari amalga oshirildi.
Samarqand rasdaxonasining qurilishi ulkan madaniy voqea bo‘lib, jihozli va ilmiy
yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasdaxona yo‘q edi. Rasdaxonada Ulug‘bek
matematika, geometriya, falakitshunoslikda chuqur bilimlar sohibi edi. Ali
kushchi, muhammad Xavofiylar uning sevimli shogirdlari bo‘lgan.
70
Mirzo Ulug‘bek «Zij» asarida VIII-XI asrlarda boshlangan falakiyot ilmiga
oid an’anani davom ettirib, yuqori darajaga ko‘taradi. Matematikaga doir «Bir
daraja sinusni aniqlash haqida risola», Falakiyotshunoslikka oid «Risolai
Ulug‘bek» va musiqa haqida «Musiqa ilmi haqida risola» kabi asarlar yozdi.
Ulug‘bek Samarqand, Buxoro va g‘ijduvonda madrasalar qurdirib, ta’lim ishlariga
rahbarlik qildi.
Temur va temuriylar davrida xalq og‘zaki ijodi namunalari yaratildi. Adabiyot
badiiy uslub jihatidan takomillashdi, adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid ilmiy
asarlar yaratildi. O‘zbek tarjima adabiyoti vujudga keldi.
Bu davrda etuk ijodkorlar Qutb, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, durbek,
Amiriy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur, Muhammad Solih va boshqalar yashab
ijod qildi. Ayniqsa o‘zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko‘lamini Alisher
Navoiyning ijodi kamolot bosqichiga ko‘tardi.
Movarounnahr va Xurosonda o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatining mavqei
orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari Samarqand,
Buxoro, Turkiston va boshqa shaharlardagi olimlar shoirlar va san’atkorlar bilan
o‘zaro juda yaqin munosabatda bo‘la boshladilar. Qaysi ijodkor o‘ziga qaysi
mamlakat yoki shaharni qulay deb bilsa, yosha erda yashab ijod qildi.
Masalan, xorazmlik shoirlar Haydar va Hofiz Xorazmiylar SHerozga, Ismoil
Ota avlodlaridan bo‘lgan shoir SHayx Atoiy Turbatdan (Toshkent yaqinidan)
Balxga, Mavlono Lutfiy ham asli Toshkentdan bo‘lib, Hirot yaqiniga borib yashab
qolganlar.
Temur va uning avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin kishilar edi.
Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir bo‘lib, ular o‘zlari she’r yozish bilan birga
ijodkorlarga xomiylik ham qilgan. Xalil Sulton, Husayn Boyqaro kabilar o‘z
she’rlaridan devon tuzganlar.
Xuroson va Movarounnahrda forsiy va turkiyda ham ikkala tilda ijod qiluvchi
shoirlar ko‘p bo‘lib, adabiy hayot yuksaladi. SHarq klassik adabiyoti tarjimalariga
ham e’tibor kuchayadi. «CHahor manoli» kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlar
yaratilgan. Badiiy ijodning g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi turlari rivoj topgan. Adabiy
jarayonda shohlar ham, oddiy kosib va hunarmandlar ham, olim va fozillar ham
qatnashgan.
Xurosondagi adabiy hayotning rivojida Boysung‘ur Mirzo (SHohruhning
o‘g‘li)ning o‘rni beqiyos bo‘lib, u o‘z tashabbusi bilan fanlarning barcha sohalariga
va san’at rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning rahbarligida Firdavsiy
«SHohnomasi»ning ko‘p qo‘lyozmalarni qiyoslash asosida ishonchli ilmiy matni
yaratildi. Boysung‘urning o‘zi ham forsiy va turkiyda she’rlar yozgan. Xullas, XV
asr o‘rtalarida Xurosonda o‘zbek adabiyotining yangi maktabi yuzaga keldi.
Movarounnahrda Ulug‘bek davrida ko‘plab forsiy va turkiy ijodkorlar
to‘plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug‘bekning o‘zi boshqarar Samarqandda
o‘sha davrning yaxshi shoirlari yig‘ilgan edilar. SHoirlarning sardori («Malik ul-
kalom») qilib Mavlono Kamol Baraxshiy tayinlangan edi. Sakkokiy o‘z
qasidalaridan birida Ulug‘bekning she’r yozishini va uning she’r haqidagi
tushunchasi yuqori bo‘lganligi ta’kidlab o‘tgan. Ulug‘bek Xurosondagi ijodkorlar
bilan ham do‘stona munosabatda bo‘lgan. U Lutfiy she’rlarini XV asrning mashhur
71
shoiri Salmon Sovajiy she’rlari bilan teng ko‘rgan. Mumtoz shoir bilan
tenglashtirish Lutfiy uchun katta sharaf edi.
Navoiy «Majolisun-nafois» tazkirasida ko‘proq xurosonlik shoirlar haqida
ma’lumotlar bersa Davlotshoh Samarqandiy «Tazkirat ush-shuaro» asarida
o‘tmishda o‘tgan ijodkorlariga to‘xtaladi. YAqinda ma’lum bo‘lgan SHayx Ahmad
ibn Xudoydod Taroziyning «Fukukul-balog‘a» (1437 y.) asari temuriylar davri
Movarounnahrdagi adabiy hayotni o‘rganish imkoniyatlarini ochdi.
SHayx Ahmad Taroziy asarida she’r nazariyasiga doir ilmiy masalalarni
yoritish bilan birga shu paytgacha noma’lum bo‘lgan o‘zbek va forsiyzabon
shoirlarning she’rlaridan misollar keltiradi. SHayx Taroziy o‘z asarida bizga
ma’lum bo‘lgan mashhur shoirlardan tashqari bizga noma’lum bo‘lgan
Muhammad Temur Buzoning tuyuqlarini SHams Qisoriyning «al-Maqlubul-ba’z»
she’riy san’ati namunalarini Jaloliy degan shoirning ishqiy mazmundagi baytlarini,
«mutasalsal» san’atiga oid o‘zining g‘azalidan namunalar keltiradi.
«Mutasalsal» san’ati qofiya bo‘lib kelgan so‘zlarning yoki uning bir
bo‘lganining keyingi bayt boshlanishida takrorlanishi bilan baytlarni bir-biriga
bog‘lanishi anglatadi. Taroziyning «Fukukul-balog‘a»asari o‘sha davr o‘zbek
adabiyoti tarixini yanada chuqurroq o‘rganishda qimmatlidir.
XV asrning ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyotining eng rivojlangan davri bo‘lib,
bu yuksalish Temuriy Boyqaro va o‘zbek adabiyotining porloq quyoshi Navoiy
nomlari bilan bog‘liq. Boyqaro hukmdorligi davrida adabiyot, san’at va fanning
ko‘p sohalari rivojiga katta ahamiyat bergan. «Husayniy» taxallusi bilan she’rlar
yozgan, bu ulug‘ zot o‘z xukmronligi davomida Navoiyga «muqarrabi hazrati
sultoniy» mansablarini berib birgalikda madaniyatning rivojlanishga homiylik
qilishgan. Navoiy ustoz Jomiy bilan hamkorlikda ma’naviyat taraqqiyotiga
rahnamolik qildi. Ular timsolida badiiy adabiyot eng buyuk yutuqlarga erishdi.
Navoiyning «Hamsa» va «Hazoyinul-maoniy» devoni, Jomiyning «hasht avrang»
va she’riy devonlari shu davr adabiyotining eng buyuk namunalari bo‘ldi. Husayn
Boyqaro o‘z «risolasida» uning hukmronligi davrida shunday asarlar
yaratilganidan cheksiz faxrlangani bejiz emas.
Bu boy adabiy meros o‘zbek adabiyotining keyingi taraqqiyotiga ham
o‘zining chuqur ta’sirini ko‘rsatdi. Boburning «Boburnoma» asari shu davr o‘zbek
adabiyoti va ilmining hayotbaxsh an’analari asosida yuzaga kelgan edi.
XV asrda o‘zbek adabiyoti, ayniqsa Navoiy ijodi misolida adabiy janrlar rang-
barangligi nuqtai nazaridan ham eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. O‘zbek adabiy
tili shakllandi. O‘zbek nazmi va nasridagi adabiy uslubning xususiyatlaridan biri
adabiy so‘z va iboralardan, atamalardan, forsiy tilga xos jumla tuzilish
qoidalaridan keng foydalandilar.
Temuriylarning adabiyot va madniyat sohasidagi an’analari keyinchalik
boburiylar tomonidan Afg‘oniston va Hindistonda, XVIII-XIX asrlarda Xorazm
va Qo‘qon xonligida rivojlantirildi
22
.
22
Щайитметов А. Темурийлар даври Ызбек адабиёти. Т., 1996 й. 8-10 бетлар.
72
Temuriylar davrida yaratilgan adabiyot tasavvufning adabiyoti darajasini
belgiladi. Adabiyot tasavvufning g‘oyaviy mazmunida ilohiy masalalarni qamrab
olib umuminsoniy tafakkurni ifodaladi.
Temur va temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillarini
aniqlash shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zaro uzviy bog‘langan va yaxlit bir butun
holdagina qisqa vaqt ichidagi madaniy-ma’naviy yuksakligini yuzaga keltira olgan.
Bulardan birinchi navbatda
Dostları ilə paylaş: |